Qarori arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari



Download 88,9 Kb.
bet4/38
Sana23.04.2022
Hajmi88,9 Kb.
#577286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Qonunlar-arxivshunoslik

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari
RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining Davlat geologiya fondi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazining davlat standartlari tarmoq fondi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasining kartografiya-geodeziya fondi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muzeylari va kutubxonalari

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
TARTIBI
UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ularni davlat tomonidan hisobga olish va saqlashni nazorat qilishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga belgilangan tartibda o‘tkazilgan barcha hujjatlar, ular saqlanish joyi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) va u vakolat bergan arxiv muassasalari amalga oshiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari egasiga (keyingi o‘rinlarda — egasiga deyiladi) hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yagona namunadagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasi beriladi (1-ilova). Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomalari blanklarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanganlik to‘g‘risida hisobot berish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ham alohida hujjatga, ham hujjatlar majmuiga (saqlash birligiga (yig‘majild), kolleksiya, fond, fondlar guruhi, arxiv va boshqalar)ga rasmiylashtirilishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish daftariga yozib qo‘yiladi (2-ilova). Ushbu daftarni yuritish tartibi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
5. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berish uchun asos hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogida davlat hisobida turishi;
— qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan ekspert-tekshirish komissiyasi qarori;
— hujjatlarni idoraviy saqlashni tashkil etish to‘g‘risidagi ro‘yxatdan o‘tkazish yilining 1-yanvarigacha bo‘lgan statistika hisobotining mavjudligi;
— hujjatlarga mulkka egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tkazilishida ularning sobiq egasida ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi mavjudligi.
6. Quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bekor qilinadi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
— ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning egasi ularga berilgan mulkka egalik huquqini boshqa shaxsga bersa yoki sud qaroriga ko‘ra ushbu hujjatlarga mulkka egalik huquqidan mahrum etilsa;
— “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari ekspert-tekshirish komissiyalari qaroriga ko‘ra fuqaroning mulki hisoblanadigan hujjatlar yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondidan chiqarilsa va davlat hisobidan olib tashlansa.


Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish