11- §. Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va
ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi
Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining
rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, harakatlar va
jamoat tashkilotlarining mavjudligi, jamiyatdagi o‘rni va faolligi
bilan belgilanadi.
Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz
tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy,
jamoat birlashmalari bo‘lmas ekan, davlat hokimiyatining
barcha bo‘g‘inlarida o‘zboshimchalik, valuntarizm,
?
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 1 2
avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi
singari illatlar paydo bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham
bo‘lmaydi.
Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat tashkilotlari,
ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxo-
lifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy mada-
niyatini o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukm-
ronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana
boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo‘q qilib
tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar
tuzish taqiqlandi.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiya-
larning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining Kons-
titutsiyasi va
„Jamoat tashkilotlari
to‘g‘risida“
gi Qonunida jamoat bir-
lashmalarining huquqiy maqomlari
belgilab berildi.
Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tka-
zilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning
jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijo-
diy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa
uyushmalari jamoa birlashmasi sifatida e’tirof etilgan.
O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish,ommaviy harakatlarda ishtirok etish
huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning
siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bi-
lan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda
ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Respublikasining
„Siyosiy partiyalar to‘g‘ri-
sida“
gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar fao-
liyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkam-
landi.
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
•
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z
g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
Siyosiy partiyalar, jamoat
birlashmalarini shakllan-
tirishning huquqiy asoslari
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 1 3
•
qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respubli-
kasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organ-
lari saylovlarida ishtirok etish;
•
Do'stlaringiz bilan baham: |