2 3 2
1998-yilda „O‘zbekmuzey“ Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aho-
lining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi
„Moziydan sado“
jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan
boshlab
o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999-
yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yo-
dgorliklar bilan boyidi.
O‘zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv m ni tashkil eta-
digan 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan
ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi
nodir buyumlar—eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish
etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta
shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy
obida, 2700
ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at
asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva
shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng
nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental
san’at asarlari saqlanib qolgan,
davlat muhofazasida yangidan
chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan.
Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo‘riqxona-
sining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim
me’moriy majmuasi, Amir Òemur maqbarasi, Afrosiyob mu-
zeyi,
Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va
masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi
Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xiva-
ning Ichan qal’asidagi Ko‘hna ark,
Muhammad Aminxon
madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Òoshhovli saroyi,
Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ust-tilovat
ansambllari, Amir Òemurning Oq saroyi, Òermizdagi Hakim
at-Òermiziy, Imom Òermiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’-
moriy yodgorlik majmualari qayta ta’mirlandi.
Samarqand, Bux-
oro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy yodgorliklar Ja-
hon xalqaro madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik yillarida xalqimizning me’moriy obidalari qatoriga
yangidan barpo etilgan Amir Òemur, Alisher Navoiy, Mirzo
Ulug‘bek, Ahmad al-Farg‘oniy, Alpomish, Jaloliddin Mangu-
berdi haykallari qo‘shildi. 2002-yilda Òermiz shahrining 2500
yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, me’morchilik
va hay-
kaltaroshlik san’ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro‘zg‘or
buyumlari, turli taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham
arxeologiya muzeyi barpo etildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 3 3
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq
amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni
namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti yo‘lida xizmat
qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-
qo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan
qolgan tarixiy
yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim
etmoqdalar. Fransiya, Òurkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xi-
toy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining eks-
ponatlari namoyish etildi.
Shu o‘rinda, Vatanimiz tarixini o‘rganayotgan Siz aziz o‘quv-
chilarni ajdodlarimiz tarixini, madaniy hayotini o‘zida yorqin aks
ettiruvchi ko‘pdan-ko‘p
muzeylarga tashrif buyurib, o‘z bilim-
laringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz.
Mustaqillik yillarida shaharsozlik va
arxitektura qurilishi misli ko‘ril-ma-
gan darajada avj oldi. O‘zbekiston
poytaxti — Òoshkent shahrining qiyofasi tubdan o‘zgardi, yu-
zlab zamonaviy, ko‘rkam, osmono‘par binolar bunyod etildi.
Oliy Majlis, Prezident qarorgohi—Oqsaroy, Òemuriylar tarixi
davlat muzeyi, Òoshkent shahar hokimligi, Òurkiston saroyi,
Respublika birja markazi,
Biznes markaz, Markaziy bank,
Do'stlaringiz bilan baham: