Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/457
Sana12.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#337497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   457
Bog'liq
O'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)

Qat’iy buyurtma — 2007
U
0503020904 — 57
353(04) — 2007
        ©
„O‘qituvchi“ 2003.
ISBN 978-9943-02-047-4
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Aziz o‘quvchi!
Qo‘lingizdagi darslik Vatanimizning milliy istiqlol davri tari-
xini yoritishga bag‘ishlangan. O‘zbekiston xalqi XX asrning
so‘nggi o‘n yilligi boshlarida sovet tuzumiga  qaramlikdan ozod
bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘lga kiritdi. 1991-
yil 31- avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Kengashning
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekistonning davlat
mustaqilligini e’lon qildi.  Xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga
chiqib, siyosiy mutelik va zug‘umdan qutuldi. Dunyo xaritasida
yana bitta mustaqil davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo
bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik-huquqiy dav-
lat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadi-
gan bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida keng qamrovli
demokratik islohotlar amalga oshirildi. Mazkur darslikni o‘qish,
o‘rganish jarayonida Siz mustaqillik yillarida milliy-huquqiy dav-
lat qurilishi jarayonini — markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlari barpo etilishi va ularning faoliyatini, shuningdek,
ochiq fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi
va ularning faoliyatini bilib olasiz. Mazkur darslik mustaqillik yil-
larida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiy-
atini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jaray-
onini idrok etishda, ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
tabaqasining shakllanishini, yuksak texnologiyalar asosida
bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar va ularning faoliya-
tini, sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi sohasida
erishilgan yutuqlarni o‘rganishda Sizga yordam beradi. Shuning-
dek, Siz mamlakatimizning ma’naviy-madaniy hayotida sodir
bo‘lgan chuqur o‘zgarishlarni, bu sohada erishilgan yutuqlarni
bilib  olasiz.  Qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizga Yurtboshimiz Is-
lom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning
„o‘zbek modeli“ asos bo‘lib xizmat qilganini, bu yo‘lning maz-
mun-mohiyatini qalban anglab yetasiz, deb umid qilamiz.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


4
Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz — O‘zbekiston jahon
hamjamiyatiga qo‘shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamla-
katlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar
o‘rnatildi, o‘zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy siyosati
va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro‘-e’tibor qozon-
di. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallagan,
o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi.
Qo‘lingizdagi darslik O‘zbekiston tarixining bu sohadagi yorqin
sahifalarini bilib olishda Sizga ko‘maklashadi, albatta.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta max-
sus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
tomonidan tasdiqlangan „O‘zbekiston tarixi“ fani o‘quv dasturi
asosida tayyorlandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


5

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   457




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish