I B O B
Mustaqil O‘zbekiston davlatining
tashkil topishi
1-
§
. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon
qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi
1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq
respublika Oliy Kengashining ikkinchi
sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi
bilan O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilish
masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy
komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar to-
monidan ishlab chiqilgan Mustaqillik Deklaratsiyasi matni sessi-
yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasida xalqimizning xohish-irodasiga
to‘la mos keladigan oliy maqsad 12 moddadan iborat bo‘lib,
ularda quyidagicha muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |