„O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy
qismlar va o‘quv muassasalari to‘g‘risida“
gi qarori asosida
O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy qismlar, harbiy
o‘quv yurtlari respublika tasar-rufiga olindi. O‘zbekistonning o‘z
Qurolli Kuchlari tashkil etildi. 1993- yilda esa
14- yanvar —
Vatan himoyachilari kuni
, deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlar, har-
biy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, max-
sus va muhandislik-qurilish qo‘shinlari hamda Milliy gvardiya-
dan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga
muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
Qo‘mondoni hisoblanadi.
O‘zbekistonda yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash
tizimi yaratildi. Òoshkent umumqo‘shin komandirlari, Samar-
qand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi
komandir-muhandislar, Jizzax harbiy-aviatsiya oliy bilim
yurtlari, Òoshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil
etilgan maxsus fakultet Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxas-
sisliklar bo‘yicha yuqori malakali komandirlar tayyorlab yetish-
tirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |