Qalb haqiqati



Download 39,7 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2022
Hajmi39,7 Kb.
#877808
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshodbek Sobirov

Muxrlangan kalb fojiasi
Qalb xam muxrlanishi mumkinmi? Mum­kin! Qur’oni karimning bir qancha oyatlari buni tasdiqlaydi. Tofir" surasi 35-oyatida, jumladan, bunday deyiladi: "Olloxning oyatlari xaqida biron xujjat-dalilsiz ta- lashib-tortishadigan kimsalar Ollox nazdida xam katta nafratga duchor bo’lurlar. Ollox xar bir mutakabbir va zo’ravonning qalbini mana shunday muxrlab qo’yar".
Demak, Olloxning oyatlari xaqida bi­ron bir xujjat-dalilsiz munozara qilish, o’zi bilmagani xolda boshqalar bilan talashib-tortishish — qalbning muxrlangani alomatidir. Sayyid Maxmud Taroziy — Oltinxonto’ra mazkur oyatni quyidagicha tafsir qilgan: "Ya’ni, xar kimda ushbu sifatlar bo’lsa, ul kishini Xudo xam, xalq xam yomon ko’rur va aning dilig’a shakovat muxri urilur". Shakovat — baxt- sizlik demakdir. Ayon bo’ladiki, qalbga muxr solinishi — og’ir musibat.
Muborak xadislardan birida quyidagilarni o’qiymiz: «Qalb ochiq kaftga uxshaydi. Xuddi barmoqlar bitta-bittadan bukilganda kaft yopilgani kabi, qalb xam xar gunox sodir etilganda yopilib boradi. Xatto oxirida butkul berkilib qoladi. Mana shu qalbning muxrlanishidir».
Bu xaqda Xasan Basriy aytgan quyidagi so’zlar xam insonni muloxazaga undaydi: "Banda va Ollox o’rtasida gunoxlardan iborat ma’lum chegara bor. Agar ban­da shu chegaraga yetsa, Ollox uning qalbi­ni muxrlab qo’yadi. Keyin u yaxshilikka muvaffaq bo’lolmaydi".
Ma’lum bo’ladiki, qalb muxrlanishining asosiy sababi — gunox amallarga ruju qo’yish. Gunoxga ilxomlantiruvchi kuch esa nafsi xavodir. «Josiya» surasining 23-oyatida xavoyi nafsni o’ziga «ilox» qilib olganlarning xoli quyidagicha bayon etilgan: "(Ey Muxammad alayxissalom), xavoyi nafsni o’ziga "ilox" qilib olgan va Ollox uni bilgan xolida yo’ldan ozdirib, quloq va ko’nglini muxrlab, ko’z oldiga parda tortib qo’ygan kimsani ko’rganmisiz? Bas, uni Ollox (yo’ldan ozdirgani)dan so’ng kim xidoyat qila olur?! Axir, eslatma ibrat olmaydilarmi?"
Qalb xastaligi jism xastaligidan ko’ra og’irroqdir. Imom G’azzoliy buning uch sababini ko’rsatadi. "Birinchi sababi shuki, — deb yozadi alloma, — bemor o’zining bemor ekanini bilmaydi. Ikkinchi sabab — qalb xastaligining oqibati, jism xastaligining oqibatiga teskari o’larok, bu olamda yuzaga chiqmaydi. Jismoniy xastalikning oqibati esa o’lim ekani va inson tabiati undan qochishi kunday ravshan. Ammo o’lim- dan keyingi narsalar insonga qorong’i.
Binobarin, gunoxlarning oqibati kalb­ning o’limi bilan natijalanadi. Lekin bu o’limni bu dunyoda bu ko’zlar bilan ko’rib bo’lmaydi. Qilmishlarining gunox ekani­ni bilsada, kamdan-kam odam gunoxdan tiyiladi. Shuning uchun ular qalb xastaligini Olloxga xavola etib, o’zlari faqat badan xastaligi muolajasi bilan band bo’lib qolayotganini ko’rasan...
Uchinchi sabab — qalb xastaligining mu­olajasi og’irdir. Bu xastalikni tabibsiz davolab bo’lmaydi. Tabiblar kim? Albatta, olimlardir. Afsuski, asrimiz olimlarining o’zlari xastalikka chalinib, o’zlari da- voga muxtoj bo’ldilar... Endi ular xalqni bu kasallikdan ogox etishga qodir emas edilar. Nega? Chunki o’zlariga nisbatan xaqli ravishda bunday gaplar aytilishidan cho’chir edilar: "Sizga nima bo’ldi? O’zingiz bu darddan qutulolmay turib, yana bizga undan qanday xalos bo’lish yo’lini o’rgatmoqchisiz?" (Abu Xomid G’azzoliy. Ixyou ulumid-din. Tavba kitobi. Tarjimon — Rashid Zoxid. T., Movarounnaxr, 2003, 118-119-betlar).Xastalangan qalb xaqiqatni anglash baxtidan benasibdir. Unga xaqiqatni ochiq-ravshan xujjat bilan bayon etsangiz xam faxmlamaydi. Bu xam yetmagandek, o’z G’aflatini — ogoxlik, jaxolatini — bilimdonlik deb gumon kiladi. Bunday bad-baxtlarning xoli "A’rof" surasining 179- oyatida ta’sirchan ifodalangan: "Aniqki, Biz jin va insdan ko’plarini jaxannam uchun yaratganmiz. Ularning dillari bor-u, anglay olmaydi, ko’zlari bor-u, ko’ra olmay-di, quloqlari bor-u, eshitmaydi. Ular chorva kabidir, yuk, ular (beaql, befaxmlikda chorvadan xam) adashganroqdir. Ana o’shalar g’aflatda qolgan kimsalardir".
G’aflatning ziddi — ogoxlik. Chinakam ma’rifat egalarining xatto zoxir ko’zi ko’r bulsa-da, qalb ko’zi ochiq bo’lishi mum­kin. Xazrat Navoiyning Adib Axmad Yugnakiy xaqidagi e’tirofi xam buni tas- diqlaydi: "...ko’zlari butov ermishki, aslo zoxir ermas ermish... Xaq subxanaxu va taolo agarchi zoxir ko’zin yopuq yaratkandur, ammo ko’ngli ko’zin bag’oyat yorug’ qilg’andur... Aksar turk ulusida xikmatu nuqtalari shoe’dur" (Navoiy. Nasoyim ul- muxabbat. — Mukammal asarlar to’plami, 17 tom. T., 2001, 426-bet).
Bu so’zlar qalb ko’zining axamiyati zoxiriy ko’z fazilatidan aslo kam emasligi dalilidir. Demak, "zoxir ko’zning butovligi inson kamolotiga zinxor to’siq bo’la olmaydi. Mavlono Jaloliddin Rumiy "ko’zni yumgil, ko’zga aylansin ko’ngil" degan mashxur xikmatida aslida zoxirparastlikni qoralaydi. Qalb ko’zi bag’oyat ravshan bo’lgani uchun xam Adib Axmadning xikmat va nuqtalari (xikmatga yo’g’rilgan so’zlari) "aksar turk ulusida shoe’" bo’ldi (shuxrat kozondi). Qalbi muxrlangan G’ofillarning zoxir ko’zi ochiq esada, qalbi ko’r bo’lishi mumkin. Bu xaqiqatni Qur’oni karim oyatlari xam tasdiqlaydi. Jumladan, "Xaj" surasining 46-oyatida ta’kidlanishicha: "...ko’zlar ko’r bo’lmas, balki, ko’kraklaridagi ko’ngillar ko’r bo’lur".
Savol tug’iladi: qalb xastaligining davosi bormi? Bu xaqda mo’tabar manbalarda nima deyilgan? Bundan qanday xulosalar chikarish kerak?



Download 39,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish