Xulosa o’rnida
Inson xayoti va faoliyatini qalbdan ayri tasavvur etib bo’lmaydi. Sharq falsafasi va adabiyotida bu mavzu yetakchi makomda kelgani sababi xam shunda. Shu bois Imom G’azzoliy bir emas, ikki — "Mukoshafat ul-qulub" ("Qalblarning ochilishi") va "Kitobu sharxi ajoyib al-qalb" ("Qalb ajoyibotlari sharxiga oid kitob") asarini ayni mavzuga bag’ishlagan. Shuning uchun xam ulug’ Navoiy "Maxbub ul- qulub" ("Ko’ngillarning sevgani") nomli maxsus asar yozgan.
"Ko’ngul badan mulkining podshoxidur, — deb yozadi xazrat Navoiy. — Anga sixxat — munga xam sixxat, anga taboxi — munga xam taboxi. Bas, ulkim — ko’ngul mulkining soxibi joxi bulg’ay — shoxlar shoxi bulg’ay. Badan salox (quvvati) va fasodi (zaifligi) ko’ngul salox va fasodig’a tobe’. Mulk obod va xaroblig’i shox adl va zulmig’a roje’. Podshox — mulk badanining jonidur va ko’ngul — badan mulkining sultoni" (Navoiy. Maxbub ul-qulub. 88-bet).
Ya’ni, badanni mamlakatga qiyoslasak, ko’ngil — bu xududning xukmdori. Agar ko’ngil sog’lom bo’lsa, badan xam sog’lom, ko’ngil xasta bo’lsa, badan xam xasta. Modomiki shunday ekan, ko’ngil mulkidagi boylikning chinakam egasi darajasiga kutarila olgan odamgina bu shoxni (ko’ngilni) o’ziga bo’ysundiradi — shoxlar shoxi bo’ladi. Badan quvvati yoki zaifligi ko’ngil xolatiga bog’lik. Ko’ngil quvvatli bo’lsa, badan xam quvvatli yoki aksincha, ko’ngil zaif bo’lsa, badan xam zaifdir. Bu bamisoli mamlakat obodligiyu xarobligi podshoxning adolati yoxud zulmiga bog’lik bo’lgani kabidir.
Mutafakkir bobomizning bu fikri Imom G’azzoliy qarashlariga to’liq mutanosibdir. "Qalb iztiroblari sharxiga oid kitob"da G’azzoliy a’zo va sezgilarning qalbga bo’ysunishini farishtalarning Olloxga itoat etishiga muqoyasa qiladi.
Nega insonning itoatiga qiyoslanmagan, degan tabiiy savol tug’ilishi mumkin. Chunki farishtalarning fitratida Xudoning amriga bo’ysunishdan o’zga xususiyat yuq. Inson tabiatida esa qay darajadadir isyon bo’ladi.
Imom G’azzoliy fikricha, g’azab va shaxvat badan mamlakatining dushmanlaridir. G’azab va shaxvatni qalbga bo’ysundirmoq zarur. Ularga yo’l berish bu mamlakat raiyatini muqarrar xalokatga eltadi. Ilm, xikmat va tafakkur bilan quvvatlansagina, bu mulk saodatga noil bo’ladi.
Muborak xadislardan birida qalb biyobondagi yaproqqa mengzaladi. Shamol qay tarafga essa, yaproq o’sha yoqqa egiladi. Bu — qalbning o’zgaruvchanligiga ishora. "Inqilob" so’zi bilan o’zakdosh ekani xam "qalb"ning o’zgaruvchanligini tasdiqlaydi. Qalbning ezgulikka xizmat qilishi, xazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, insonning "ko’ngul mulkining soxibi joxi" bo’la olishiga bog’lik. Zero, shundagina inson xayotida mazmun bo’ladi. Faqat shu xoldagina shaxs ma’naviyati, kamoloti xaqida orzu qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |