Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet20/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Sindirsam nima bo‘ladi?

  • Yomon bo‘ladi, ax bo‘ladi.

    Biz ushbu nutqiy vaziyatda bola tomonidan “ax” so‘zining ma’nosini qay tarzda izohlanishi bilan qiziqib, unga quyidagi savolni berdik:

    • “Ax” deganda nimani tushunasan?

    • Ax – tayoq yiysan dagani.

    Bolalar tomonida polisemantik so‘zlarning faqat bir ma’noda idrok etilishi ular bilan muloqot jarayonida o‘ziga xos nutqiy vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Mira’li Sultonov (6 yosh)ga ona tili fani bo‘yicha bilim darajasini belgilash maqsadida shunday vazifa beriladi:

    • “Men toqqa chiqdim” gapidagi egani aniqlagin-chi!

    Shu vaziyatda Hilolaxon Erkinova (5 yosh-u 4 oy) zudlik bilan suhbatga qo‘shilib:

    • Gappi egasi Mira’li akam, - deb javob berdi.

    Demak, ona tilidagi nutqni o‘zlashtirish va undan foydalanish jarayonida bola tomonidan bir nutqiy vaziyatda muayyan ma’noda qo‘llangan so‘z boshqa bir nutqiy vaziyatda ham aynan shu ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Irodaxon Erkinova (7 yosh) singlisi Hilolaxon Erkinova ( 6 yosh) ga qarab, shunday deydi:

    • Mani kallam hech qachon yorilmagan.

    • Kallangiz makkam akan.

    Bu o‘rinda bola tomonidan istifoda etilgan “makkam” so‘zi “qattiq” ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi. Bolada so‘zning ma’nolarini chuqur anglab yetish imkoniyati mavjud bo‘lmasa-da, u kundalik muloqot jarayonida mazkur leksemaning “qattiq” tushunchasini ifodalashi haqida amaliy ko‘nikma hosil qilgan.
    Kuzatishlar shuni ko‘rasatadiki, bolalar tafakkurining kengayib borishi ko‘p jihatdan ularning perseptiv qobilyati bilan bevosita bog‘liq. Bolalar tomonidan kattalar nutqining tushunilish darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri ularning yosh xususiyatlaridir. Buning sababi shundaki, bola 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan davrda kattalar nutqiga oid so‘zlarning ma’nolarini tushunishda qiyinchiliklarga duch kelsa, vaziyatdan chiqishning qulay yo‘llarini o‘ylab topishga harakat qiladi. Natijada bolaning kattalarga bergan javoblari til va tafakkur qonuniyatlariga nomuvofiq tarzda ifodalanadi. Aka-uka Sardor (7 yosh) va Sanjar (4 yosh-u 9 oy) Erkaboyevlarning yuz tuzilishi hamda xarakter-xususiyatlarini o‘zaro qiyoslagan holda, ularga quyidagicha savol berildi:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish