Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari



Download 1,29 Mb.
bet13/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Kommunikativ o‘yinlar. Bu tipdagi o‘yinlar tilga bog‘liq yoki bog‘liq emasligiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Ular o‘rtasidagi tafovvut shundan iboratki, til bilan bog‘liq kommunikativ o‘yin bolaga ijodiy qobilyatini erkin holda namoyon etish imkonini beradi. Tilga bog‘liq bo‘lmagan o‘yin esa uning faoliyatini muayyan qoidalar bilan cheklab qo‘yadi. Bir necha qoidalarni o‘z ichiga oluvchi komunikativ o‘yinlar musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Odatda, muayyan qoidalar asosida amalga oshiriladigan o‘yin jarayoni tartibli kechadi.
Nokommunikativ o‘yinlar. Bunday o‘yinlarda qoidalar mavjud bo‘lmaydi1.
Ba’zan bolalarning tilga bog‘liq bo‘lmagan kammunikativ o‘yin faoliyatida ham spesifik xususiyatlar yuzaga chiqadi. Ular bolaning o‘yinga nom berish jarayonida yaqqol aks etadi: Xojimurod Erkinov (4 yosh-u 10 oy) o‘rtog‘iga: Drsh-drsh o‘ynimizmi? – deb murojat qiladi. Boladan “drsh-drsh” qanday o‘yin ekanligi so‘ralganida, u mazkur faoliyat turning boshni boshga urish orqali amalga oshirilishini harakat yordamida tushuntirmoqchi bo‘ladi.
Bola kattalarning turmush tarzi, his-tuyg‘ulari, o‘zaro muomala va muloqotga kirishish xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik sifatida aks ettirish maqsadida turli xil o‘yinchoqlar va ularning vazifasini o‘tovchi narsa-buyumlardan keng foydalanadi. U mustaqil holatda o‘ynayotganida, nutqiy faoliyat orqali muloqotga kirishish xususiyatini yuzaga chiqaradi. Muhlisa Mullajonova (3 yosh-u 9 oy) o‘yin chog‘ida doimo onasi tomonidan o‘ziga nisbatan aytilgan so‘zlar bilan o‘yinchoq quyonchasiga, qo‘g‘irchoqlariga murojaat qiladi.
Hilolaxon Erkinova (5 yosh-u 8 oy) esa qish faslida bog‘chaga ketishdan oldin uyda yasatilgan archaning oldiga borib, Xayr, archa! – deb u bilan xayrlashadi.
Sarvarbek Umarov ( 3 yosh-u 10 oy) nutqida ham yuqoridagi kabi misollarni ko‘plab kuzatish mumkin. U uxlashdan oldin “Mikki Maus” o‘yinchog‘iga: Xayr, yaxshi uxab tur! – deb xayrli tun tilaydi.
Albatta, bunday holatlarda bola jismlarga ijtimoiy mazmun ifoda etuvchi voqelik sifatida yondashadi. Ushbu fikrga dalil sifatida Sarvarbek Umarov (3 yosh-u 10 oy) nutqida uchragan quyidagi misolni keltiramiz. U o‘yin jarayonida velosiped minib yurib, oyog‘i bir oz toliqib qolganidan so‘ng shunday deydi: Velsapetim charchab ketti, garajga oborib qo‘yaman-de, charchab bo‘sa haydab ketaman1.
Bolalar nutqiy faoliyatining rivojlanishida leksik o‘yinlar2ning ahamiyati kattadir. Chunki bunday o‘yinlar bola nutqining o‘sishi, fikrlash qoblyatining rivojlanishi, bilim saviyasining kengayishi va xotirasining yanada mustahkamlanishiga yordam beradi. Ular intellektual-psixologik o‘yin turi sifatida tarbiyalanuvchilar tomonidan ona tili lug‘at tizimining o‘zlashtirilish jarayoni bilan bog‘liq masalalarni yoritishda muhim o‘rin tutadi.
Bolalar nutqiga oid leksik-semantik xususiyatlar 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar tarbiyalanuvchi o‘tasida o‘tkazilgan “Men nimani o‘yladim?” nomli topishmoq tarzidagi intelektual-psixologik o‘yin jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi3. Tajribada Urganch shahridagi 27-28-son MTTlarining tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
Sinov jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dastlab bolalarga o‘yin ishtirokchilaridan biri biror narsani o‘ylab, uning nomini emas, balki ta’rifini og‘zaki nutq orqali adabiy tilda ifodalashi, boshqa ishtirokchilar esa ta’riflangan so‘zni topib, yozma ravishda qayd etib borishlari kerakligi aytildi. Shundan so‘ng javoblar aynan takrorlanmasligi uchun har bir sinaluvchiga o‘zi ta’riflamoqchi bo‘lgan so‘zni boshqa ishtirokchilarga ko‘rsatmagan holda yozib borish vazifasi topshirildi. Mazkur leksik o‘yinning asosiy maqsadi bolalar tomonidan muayyan tushunchani ifodalovchi leksemaga berilgan ta’rif orqali ularning nutqni idrok etish darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, ushbu tajriba usuli tarbiyalanuvchilar nofaol lug‘atining faollashuvini ta’minlaydi, shu bian birga, bolalarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlari va mustaqil fikrlash qobilyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Tarbiyalanuvchilarning fikrlash qobilyatini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalardan biri ularning lisoniy ongida mantiqiy tafakkurning asosiy birliklari haqidagi tushunchalarni shakillantirish va rivojlantirish. Chunki bolaning tafakkurida shakillangan tushuncha narsa-hodisalarga oid umumiy va o‘ziga xos bo‘lgan belgilarni aks ettiradi. Ijodiy yondashuv asosida o‘tkazilgan ushbu o‘yin shartiga ko‘ra, barcha tarbiyalanuvchilar tomonidan berilgan ta’riflar ularning og‘zaki nutqida adabiy til meyyorlariga muvofiq holda ifodalangan.
Interaktiv o‘yin jarayonida uch nafar tarbiyalanuvchi boshqa ishtirokchilarga nisbatan so‘z boyligining ko‘pligi, fikrlash doirasining kengligi va berilgan ma’lumotlarni talab darajasida o‘zlashtirganligi bilan ajralib turdi. Jumladan, Hilolaxon Erkinova suv so‘zini yozib, quyidagicha ta’rifladi: U hayot manbayi, usiz odamlar yashay olmaydi. Kapalak so‘zini esa, o‘zi juda nozik, uzog‘i bilan ikki kun yashaydi tarzida ifodaladi.
Yuqorida ta’riflangan so‘zlar barcha tarbiyalanuvchilar tomonidan qiyinchiliklarsiz to‘g‘ri aniqlangan. Bu esa bolaning lisoniy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalangan holda o‘yin qatnashchilariga o‘z fikrlarini aniq tushuntira olganligidan dalolat beradi.
Tajriba davomida ayrim tarbiyalanuvchilar tomonidan muayyan tushunchaga ta’rif berish o‘rniga topishmoqlardan foydalanish holatlari ham kuzatiladi. Zulfiyaxon Yo‘ldoshyevaning (6 yosh) nutqida sabzi tushunchasini aks ettirish maqsadida qo‘llangan Yer tagida oltin qoziq topishmog‘i bunga misol bo‘la oladi. Ushbu dalil orqali bolaning topshiriqni bajarishda oson yo‘lni tanlashga intilganligi anglashildi. Bu holatda u barcha bolalarga xalq orasida keng tarqalgan topishmoq ostida yashiringan so‘zni topish uchun qulay vaziyatni yuzaga keltirgan.
Ko‘rinadiki, bolaning fikri nutq orqali to‘g‘ri ifodalangan bo‘lsa-da, o‘zbek tilidagi so‘z boyligining kamligi tufayli keltirilgan ta’rifning qisqa va nisbatan noaniqligi tarbiyalanuvchilarga vazifani bajarishda ma’lum darajada qiyinchilk tug‘dirgan. Shu sababli sinaluvchilardan olingan javob variantlarining aksariyat qismi ta’rifda nazarda tutilgan so‘zdan farq qiladi. O‘yin ishtirokchilari tomonidan u yoki bu tushunchaning ta’riflanish jarayonida ularning nutqiy faoliyatida yosh davri bilan bog‘liq psixalogik xususiyatlarga ko‘ra ayrim tafovvutlar mavjudligi aniqlandi.
Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari mulohaza yuritish ko‘lamining qamrovi, ta’rifning dalillarga boyligi bo‘yicha o‘rta guruh tarbiyalanuvchilaridan ustunligini ko‘rsatadi. Buning sababini ular turmush tajribasining kengligi va aqliy salohiyatining nisbatan yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin. Bolalar nutqida yuqoridagi singari xususiyatlarning aks etishi ularning perseptiv lug‘ati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur holat bir tomondan boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida ona tilidagi nutqni idrok etish malakasining shakillanishiga doir masalalarga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi.
Leksik o‘yin davomida tarbiyalanuvchilarning nutqida kuzatilgan umumiy xususiyat shundaki, bolalar tomonidan tushunchalar mohiyatining yoritilishida aytilgan fikrlarni qayta takrorlamagan holda ularga nisbatan turlicha yondashilgan. Sinaluvchilar nutqida ifodalangan ta’riflar mazmundorligi MTTda ularning tabiatshunoslik faniga oid bilimlarni alohida qiziqish bilan o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatadi. Shu jihatdan so‘z o‘yinlari bolalar tomonidan ona tilidagi nutqning o‘zlashtirilish jarayoni bilan bog‘liq sotsiopsixolingvistik xususiyatlarni aniqlash va ularning perseptiv lug‘atini faollashtirishdagi yetakchi usullardan biri sanaladi. Chunki ontagenez jarayonida bola dastlab ona tiliga xos so‘zlar va ularning semantikasiga nisbatan obektiv munosabatda bo‘ladi.
Psixolingvistikada bolaning nutq voqeligiga nisbatan yondashuvi ikki nuqtayi nazardan farqlanadi. Bolaning pozisiyasi nutq birligi bo‘lgan so‘zga nisbatan amaliy ko‘rinishda bo‘lsa, kommunikasiya jarayonida leksik vositalar formal-funksianal jihatdan turlicha ifodalanishiga qaramay, uning lisoniy ongida semantik taraqqiyot bilan bog‘liq qonuniyatlar haqidagi tushuncha va tasavvurlar noaniqlik kasb etadi. Bolaning nutqqa nisbatan munosabati nazariy xususiyatga ega bo‘lsa, u ona tilini predmetli dunyoni aks ettiruvchi voqelik sifatida talqin qilad. Bunda bola tilining unsurlari, tuzilmalari va qonuniyatlarini muayyan darajada tushinishi mumkin. Tilning leksik-semantik sathiga doir qonuniyatlarni anglab yetgan bola nutq birligidan erkin va ongli ravishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi1.
Bola so‘zlar semantikasi haqidagi nazariy ma’lumotlarni asosan umumiy o‘rta ta’limning yuqori bosqichida, ya’ni 5-sinfdan boshlab chuqur o‘zlashtirib boradi. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari nutqi leksikasiga xos farqli xususiyatlar “Kim ko‘p va xo‘p biladi?”o‘yinidan ijodiy foydalangan holda 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar tarbiyalanuvchi o‘rtasida o‘tkazilgan sinov jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi1.Tajribada Urganch shahridagi 27-son MTT majmuasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. Ularga hayvonlar yoki mevalar, taomlar nomlarini kim ko‘p aytishi so‘raladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi turlisha effakt berdi. Bolalar ichida Qobulova Mas’uda boshqalaridan ko‘p so‘z ayta olishi aniqlandi. Buning sababini tahlil qilganda bolaning oilada tarbiyalovchilari ko‘pligi aniqlandi. Balki buning biologik sabablari ham bor bo‘lsa kerak. Lekin baribir, birinchi taxmin haqiqatga yaqindek ko‘rinadi. Oilada bu tarbiyalanuvchi bilan onasi, buvisi, otasi, bobosi nutqiy muloqotda ko‘proq bo‘lar ekan.
Yana bir o‘yim mazmunidagi tarqatmalarga e’tibor qaratamiz. Bolalarga turli rasmlar asosida mantiqiy topshiriqlar beriladi. Bu mantiqiy topshiriqlar bolaning nutqi(ichki nutqi) va tafakkurini baholashga katta yordam beradi. Bu mashg‘ulotni o‘yin tarzida tashkil etish bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini oshiradi. Bu rasmlar ketma-ketligida bolaga bir xil buyumlar orasiga boshqa bir begona buyum qo‘shib beriladi. Bola begona buyumni farqli va o‘xshash jihatlariga asosan farqlay olishi talab etiladi (1-rasm). Bilim-ko‘nikmaning ham asosi

1-rasm
narsa buyumlarni tushuncha va ta’riflarni tasninflashga asoslanadi. Shu borada aytish mumkinki, bolalarga shu kabi toshririqlarni bajartirish ularning nutqi va tafakkuri tez rivojlanishiga katta yordam beradi.
Qisqa xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, o‘yinlar vositasida mashg‘ulotlarni tashkil qilish va bola tafakkuri va nutqini tahlil qilish vositasida tarbiyachi - pedagoglar bolalarning tez rivojlanishiga ijobiy xissa qo‘shishi mumkin .




    1. Download 1,29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish