Imperator qahridan qo‘rqmagan olim
Mavlono Muhammad Qozining “Silsilat al-Orifin” asarida Imom
Shoshiy haqida qiziq bir rivoyat keltiriladi:
“Ayturlarki, Shayx Abu Bakr Muhammad Qaffol G ‘azo shahriga
borgan yillaridan birida bag‘ dodliklar tarafida turib, rumliklar bilan
urushganlar. Bu urushda bag‘dodliklar yengilib, ko‘plari, jumladan, Shayx
hazratlari ham rumliklarga asir tushgan ekanlar. Asirlarni ko‘zdan
kechirgan Rum sultoni Hazrati Shayxga qarab shunday debdi:
- Sen bag‘dodliklarga o‘xshamaysan. Rostini ayt qayerliksan?
- Men Shoshda n bo‘laman.
Rum sultoni aytdi:
-Sen mening xatimga ibriy tilida go‘zal javob yozgan kishi
emasmisan?
Shayx hazratlari aytdilar:
- Xuddi shunday.
Rum sultoni Shayx hazratlariga qarab dedi:
- Tavrotni biz uchun arab tiliga o‘girib ber! Agar bu ishni bajarsa ng,
seni va boshqa asirlarni ozod qilib, ko‘pgina in’om ham berurman.
Shayx hazratlari aytdilar:
- Juda yaxshi. Faqat shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan
bo‘lsa, o‘sha nusxani menga keltirib ber, uni arab tiliga tarjima qilib
beraman. Ammo hozir qo‘llaringizda bo‘lgan Tavrot tahrir qilingan
nusxadir. Bu nusxani esa men arab tiliga tarjima qilmayman.
Rum sultoni bu gaplarni eshitib, darg‘azab bo‘ldi-da, shunday dedi:
- Agar tarjima qilmasang, seni va boshqa asirlarni ham halok qilgum.
Shayx aytdilar:
- Nima xohlasang qil, ammo men Tavrotni Haqdan nozil bo‘lgan
nusxasinigina arab tiliga tarjima qilurman.
Nihoyat, Rum sultoni ulamo va mamlakat oqsoqollari bilan
kengashdi. Ular Shayx hazratlarining shartlarini bajarishga rozilik berdi,
shunday dedilar:
- Mayli, sen aytgan nusxani yetkazurmiz, uni tarjima qilgil, ammo biz
undagi Muhammadga bag‘ishlangan madhlarga kelganda, ulardan ko‘z
yumib o‘tarmiz...
Alqissa, shayx hazratlari Alloh taolo inoyatiga shukronalar aytib,
Tavrotning nozil qilingan nusxasini tezlik bilan arab tiliga o‘girishga
kirishdilar...
Tavrot arab tiliga o‘girilgach, Rum sultoni Shayx hazratlariga ko‘p
tuhfalar berib, boshqa asirlarni ham ozod qilibdi va o‘z mamlakatlariga
jo ‘natibdi”5.
Juda ham ibratli rivoyat. Bu rivoyatni o‘qib, shunday xulosa
qilishimiz mumkinki, Imom Shoshiy nafaqat zabardast olim, balki ayni
5 H. Sodiqov. Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati. - T.: “ART FLEX”, 2016. 268-269-betlar.
damda qo‘rqmas va mard inson hamdir. Vizantiya imperatori uni o‘lim
jazosi bilan qo‘rqitishiga qaramay, buyuk bobokalonimiz o‘z hayoti-jonini
iymonidan ustun qo‘ymadi. Imperatordan ilohiy kalom - Tavrotni faqat
Janobi Haqdan qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, shunday holida tarjima qilishni
talab qilaverdi. Bu shubhasiz, o‘sha vaqt va vaziyatda sodir etilgan o‘ziga
xos jasorat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |