Qaffol ash-shoshiy faqih va



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

“Qisqa iborali


hadislar to‘plami” 
asaridagi quyidagi hadislar madrasa talabalari uchun 
Imom Shoshiy tomonidan doimo ta’kidlab turilgan:
Amallar niyatlarga bog‘liqdir.
Maslahatgo‘y omonatdordir.
Karam sohibi bo‘lishlik taqvodir.
Qur’on dardlarga davodir.
Duo, u ibodatdur.
Yaxshi savol ilmning yarmidur.
Jamoat bilan birga bo‘lishlik rahmatdir.
Olimlar va tarixchilarning alloma
haqida qilgan e’tiroflari
Alloma o‘z davrida ham mashhur shaxs bo‘lgan. Uning ijodi 
ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lgan. Keyingi davrlarda yashagan 
tarixchi ulamolar ham uning yozgan asarlari haqida qimmatli 
ma’lumotlarni keltirib o‘tishgan.
“Uchinchi-to‘rtinchi hijriy asrlarda Markaziy Osiyoda Shofi’iy 
mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat qilardi”. (“Islomda huquq”, 72- 
bet. To‘plovchilar Majid Hadduriy va Herbert J.Libesni y. Mualliflar guruhi 
Sharq va G ’arbning 12 ta mashhur huquqshunos, islomshunos va 
sharqshunos olimlari. Shu jumladan, Muhammad Abu Zahra, Subhiy 
Muhassamoniy, Shukriy Qardoshiy, Abul-A’lo Mordin, Jozef Shaxt va b. 
Tehron-Nyu-York, 1955-y.) Shofi’iy mazhabining shu davrdagi yirik 
vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash- 
Shoshiy edi.
Hayruddin Zarkaliyning yozishicha, u fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot 
bo‘yicha o‘z asrining mashhur olimlaridan edi. Usul ul-fiqh bo‘yicha uning 
asari mashhur bo‘lgan. Toshkentda vafot etib, qabri Hastimom (Hazrati 
Imom) madrasasi yonidadir.


“Arab olimi va bibliografi ibn Xallikon (1211-1282) o‘zining 
“Vafoyot al-a’yon” (“Ulug‘ kishilar vafoti” yoxud “Mashhur kishilar vafoti 
va zamondoshlar haqida xabarlar”) degan asarida Qaffol ash-Shoshiy 
haqida to‘xtalib shularni yozadi: “Qaffol ash-Shoshiy hadis ilmini bilgan, 
tilshunos, shoir odam edi. O ‘sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng 
keladigan olim y o‘q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom (Suriya) va 
boshqa o‘lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi... u 
kishining ko‘p asarlari bo‘lgan”4.
Qaffol ash-Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid 
asarlar yozgan. Uning “Odob al-qozi” yoxud “Adab ul-qozi” (“Qozining 
fe’l-atvori”), “Odob al-bahs” (“Bahs odobi”) degan ta ’lifi bo‘lib, arab 
tilidagi she’rlari ma’lum. Bu xususda yuqorida zikr etilgan arab olimi ibn 
Xallikon shunday yozadi: “Qonunshunoslardan dastlab otilib chiqib 
“Husni jadal” (“Dialektika go‘zalligi”) degan asar yozgan kishi ham shu 
Qaffol ash-Shoshiy edi”.
Arab muarrixi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy 
(1113-1167) “Al-Ansob”(“Nasabnoma”) asarida alloma haqida quyidagi 
ma’lumotlarni beradi: “Al-Qaffol - qulfsozlik kasbi nisbati berilgan Abu 
Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy Shosh ahlidan 
bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U o‘z zamonasining imomi 
(peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q 
olim edi. Qaffol ash-Shoshiyning nomi Mag‘rib-u Mashriqqa yoyilgan”.
Shayx Abu Is’hoq ash-Sheroziyning yozishicha, “Imom Abu Bakr al- 
Qaffol ash-Shoshiyning ko‘plab asarlari mavjudki, hech bir kishi hali 
shuncha asarlarni tasnif etmagan. U faqihlar ichida birinchi bo‘lib, “al- 
Jadal al-Hasan” (“Yaxshi bahs-munozara”) bo‘yicha asar yozgan. 
Shuningdek, uning “Fiqh usullari kitobi”, “Risola sharhi” asari, 
“Payg‘ambarlik dalillari”, “ Shariat go‘zalliklari” kabi asarlari ham Islom 
dunyosida mashhur”.
Shayx Muhyiddin Navaviy (1233-1277) ta’kidlashicha, tarixiy 
manbalarda agar Qaffol Shoshiy esga olinsa, demak, gap buyuk imom Abu 
Bakr Qaffol Shoshiy haqida ketayotgan bo‘ladi, agar Qaffol Marvaziy 
yodga olinsa, keyinroq yashab o‘tgan Kichik Qaffol haqida so‘z
4 “M a’naviyat yulduzlari”. O ‘zR FA akademigi M.M.Xayrullayev mas’ul muharrirligida. - Toshkent, A.Qodiriy 
nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. - 85-bet.


borayotgan bo‘ladi. Shoshiy (Katta Qaffol) nomi tafsir, hadis, usul, kalom 
ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy (Kichik Qaffol) ismi 
esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi. (“Tahzib ul-asmo”, 2-jild, 556- 
bet)
Shamsiddin Muhammad Zahabiy alloma haqida: “Movarounnahrda 
usul ilmi va hadis talabi ila eng ko‘p safar qilgan olim Qaffol Shoshiy edi... 
Alloma lug‘at, usul, fiqh imomi Xuroson olimlaridan Abu Bakr 
Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Shoshiy “Katta Qaffol” nomi bilan mashhur 
bo‘lgan. U zot Movarounnahrda o‘z davrining imomi bo‘lib, bir ne cha 
kitoblar musannifi bo‘lgan”.
Qaffol ash-Shoshiy yaxshi shoir ham bo‘lib, o‘z she’rlarini arab tilida 
yozgan. Ammo uning she’riy ijodi davrimizgacha yetib kelmagan, 
faqatgina as-Subhiyning “Tabaqot ash-Shofiyya” (“ Shofi’iy mazhabi 
darajalari”) degan kitobida she’rlaridan parchalar saqlanib qolgan. O ‘sha 
she’rlarda shunday satrlar bor bo‘lib, quyida uning nasriy bayoni 
keltirilgan:
“Kimki uyimga mehmon bo'lib keladigan bo‘lsa, dasturxonim doimo
uning uchun yozilgan bo'ladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa
yesa, (bilsinki) undagi barcha noz-ne ’mat peshona terim bilan topilgan,
(ya’ni) halol bo'ladi.
Biz bor-budimizni mehmon oldiga qo'yamiz. Bordi-yu (qo'yishga)
narsa topolmasak, u holda sabzavot bilan sirka qo'yamiz. Shunda
beg'araz, ko'ngli ochiq odam bo'lsa, u bunga rozi bo'lib ko'nadi; bordi-
yu baxil bo'lsa, u holda uni men tuzata olmayman ”.
Bizgacha yetib kelgan yuqoridagi tarixiy ma’lumotlarga tayanib 
aytish mumkinki, alloma juda ham sermahsul ilmiy faoliyat olib borgan va 
ijod bilan jiddiy shug‘ullangan, natijada juda ko‘plab asarlar yozgan. 
Afsuski, ularning ko‘pchiligi bizning davrimizgac ha yetib kelmagan. Ayni 
paytda, bizga ma’lum asarlar soni 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish