Qaffol ash-shoshiy faqih va


Alloma hayoti va ijodini o‘rganishning



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

Alloma hayoti va ijodini o‘rganishning
zarurati va ahamiyati
Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
Alloh kimga yaxshilikni iroda
qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi
”, - dedilar.
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
Qadimiy Turon diyorida nabiyimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) 
aytgan ana shunday Alloh yaxshilikni iroda etib, dinda faqihlik darajasiga 
yetish baxtiga muyassar bo‘lgan insonlar, y a’ni Islom huquqshunoslari


ko‘plab yetishib chiqdilar. Ular butun Islom olamida fiqhning rivojiga 
o‘zlarining ulkan va munosib hissalarini qo‘shdilar. Samarqand, Buxoro, 
Termiz va shu kabi ko‘plab shaharlarimiz o‘zlarining fiqh madrasalari va 
ularda tahsil olgan faqihlar bilan butun musulmon olamiga tanildilar. 
Jumladan, mamlakatimizning poytaxti bo‘lmish Toshkent shahri ham 
o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega bo‘lib, uzoq asrlar davomida 
musulmon olamining ilm-fan, madaniyat va ma’rifat o‘choqlari, 
markazlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Toshkent qadimiy arab 
manbalarida Shosh deb ham atalgan, u ko‘plab jahonga mashhur olim-u 
fuzalolar, alloma va adiblar, shoir va faqihlar yetishtirgan shahar bo‘lgan. 
Ana shunday alloma va faqihlardan biri Qaffol ash-Shoshiy hisoblanadi.
Afsuski, ko‘pincha Vatanimiz - ko‘hna Turon (Turkiston) diyorida 
tug‘ilib o‘sgan, unda ta’lim olib Islom olamida mashhurlikka erishgan 
faqihlar haqida gazeta va jurnallarimizda turli ruknlarda maqolalar 
yozilganida, ular orasida Qaffol Shoshiy nomi juda kam tilga olinadi yoxud 
ayrim hollarda umuman tilga olinmaydi ham. Bu taajjublanarli holat bo‘lib, 
bunga yagona sabab, bizning fikrimizcha, u kishining Hanafiy mazhabida 
emas, Shofe’iy mazhabida bo‘lganliklaridadir.
Shubhasiz, yurtimizda yashovchi musulmonlar qadim davrlardan beri 
Hanafiy mazhabi qonun-qoidalariga rioya va amal qilib kelmoqdalar. 
Shuning uchun Turon zaminidan, asosan, ushbu mazhab namoyandalari 
bo‘lgan faqihlar ko‘plab yetishib chiqqanlar. Ammo Qaffol Shoshiy ham 
dono va buyuk xalqimizning farzandi bo‘lib, Shofe’iy mazhabida 
bo‘lganliklari u kishining ulug’ faqih bo‘lmaganliklarini anglatmaydi, 
albatta.
Sunna, ya’ni sunniylik yo‘nalishining bugungi kunda tan olingan va 
keng tarqalgan to‘rtta fiqhiy mazhablari mavjud bo‘lib, ushbu 
mazhablardan tashqari yana uchta fiqhiy mazhablar mavjud b o ‘lgan. Biroq 
ular bugungi kungacha yetib kelmagan, ya’ni ular e’tibordan qolgan va 
ularning qonun-qoidalariga amal qilinmay qo‘yilgan. Shayx Muhammad 
Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari o‘zlarining “Ma zhablar - birlik ramzi” 
kitobida Hanafiy, Shofe’iy, Molikiy va Hanbaliy mazhablari, ularning 
asoschilari - ulug‘ mujtahidlar haqida va ularning o‘zaro ixtiloflari haqida 
quyidagi fikrlarni bildiradilar:


“Islomdagi mazkur aqida, fiqh va ruhiy tarbiya yo‘llarining barchasi 
Qur’oni Karim va Sunnat asosidagi yo‘llardir. Ularda barcha narsa ochiq- 
oydin va ravshan bayon qilib qo‘yilgan. Bu yo‘llarning tashqi ko‘rinishida 
o‘ziga xosliklar mavjud, lekin ularning barchasi bir maqsadga - Alloh 
taoloning roziligiga olib boradi. Shuning uchun ham asl mujtahidlar turli 
masalalarda turlicha ijtihod qilsalar ham, o‘zaro 
bir-birlariga nisbatan 
hurmat va ehtirom ila munosabatda bo‘lganlar. Qaytaga ularning aqida, 
fiqh va ruhiy tarbiya borasidagi ixtiloflari oralaridagi do‘stlik, ulfatchilik 
va muhabbatlarining ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu holat Nabiy 
sollallohu alayhi vasallam sahobalarida ham kuzatilgan” 1.
Fiqhiy masalalarda avvallari ham turli ixtiloflar bo‘lgan, ammo ushbu 
holat hech qachon odob (ixtilof odobi) doirasidan chetga chiqmagan. 
Mazhablar shakllanayotgan davrda ham, siz bilan biz yashayotgan bugungi 
kunlarda ham Islom ummatining ulamolari ittifoq qilib, bu kabi fiqhiy 
masalalarda ixtilof joiz, degan qarorga kelganlar va bu borada 
ulamolarning ijmo’si ham qabul qilingan. Fiqhiy masalalarda faqihlarning 
ixtiloflari joiz ekani barcha ulamolar tarafidan e’tirof etilgan va aqida 
kitoblariga yozib ham qo‘yilgan. Bundan xulosa qilib aytishimiz 
mumkinki, ulug‘ vatandoshimiz Imom Qaffol ash-Shoshiy ilmiy merosini 
o‘rganish bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, biz uchun 
ushbu qadimiy ilmiy merosni o‘rganish va tadqiq etish uning merosxo‘r lari 
sifatida sharafli ishdir.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish