Qaffol ash-shoshiy faqih va


sakkizta  bo‘lib, ulardan  beshtasi



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana01.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#725994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
Qaffol Ash-Shoshiy - faqih va diplomat=Каффаль Аш-шаши - факих и дипломат=Kaffal Ash-Shashi - an islamic lawyer and diplomat. 2021.

sakkizta 
bo‘lib, ulardan 
beshtasi
huquqshunoslik bilan bog‘liq hamda asarlarning barchasi arab tilida 
yozilgan.
Yurtimiz tarixidagi Birinchi (IX-XII asrlar) hamda Ikkinchi (XIV- 
XVI asrlar) Uyg‘onish (Renessans) davrlari olimlari ijodini tahlil etar 
ekanmiz, ularda bir umumiy holat mavjudligini sezamiz. Birinchi


Uyg‘onish davrida allomalar o‘zlaridan oldingi yirik olim, mutafakkir va 
ijodkorlar asarlarini to‘liq o‘rganishgan, tarjima qilishgan ha mda ularni 
yanada takomillashtirib, o‘z fikrlari, asarlari bilan boyitishgan. Ikkinchi 
Renessans davri olimlari ham nafaqat qadimiy davrlardagi yirik asarlarni, 
balki Birinchi Renessans davri allomalari kitoblarini ham tadqiq etishgan, 
ularga yangiliklar kiritishgan. Demak, O ‘zbekiston hamda mintaqamizda 
Uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yilayotgan bir davrda biz ham 
barcha ilm-fan sohalari bo‘yicha bugungi kungacha yetib kelgan ilmiy 
merosni tadqiq etishimiz lozimdir. Shu jumladan, Qaffol Shoshiy ijodini 
ham.
Qaffol ash-Shoshiy - diplomat
Qaffol ash-Shoshiyning qalamiga mansub aksariyat she’rlar as- 
Subhiy asarida keltirib o‘tilgan. As-Subhiy keltirgan ayrim parchalardan 
ma’lum bo‘lishicha, Vizantiya imperatori bilan Arab xalifasi o‘rtasida 
janjalli yozishmalar bo‘ladi. Bu yozishmalarda Vizantiya imperatori 
Nikifor (963-969-yillarda hukmronlik qilgan) Arab xalifasi Fazl ibn Ja’far 
Muqtadirga (laqabi - Mutiy’ yoxud Mutililloh, hijriy 334-363, milodiy 
945-973-yillarda, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra esa 946-974-yillarda 
hukmronlik qilgan) do‘q va po‘pisa bilan murojaat qilib, bir vaqtlar uning 
yerlari bo‘lgan, hozir esa Arab xalifaligiga tegishli bo‘lib turgan o‘lkalarni 
tinchlik yo‘li bilan, ya’ni osonlikcha ularga (vizantiyaliklarga) qaytarib 
berishni talab qiladi. Vizantiya hukmron doiralari maktubni balandparvoz 
chiqishi uchun arab tilida she’r bilan bitadilar. She’r Hoshimiylar 
xonadonidan bo‘lmish hukmron xalifaga deb atalgan edi. Maktubda 
shunday satrlar ham bor:
“Biz sherdek otilib chiqib, o‘z yerlarimizni egalladik. Damashq 
o‘lkasi esa ota-bobolarimiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega 
bo‘lamiz, Misrni ham qilichimiz tig‘i bilan egallaymiz. Hijoz, Bag‘ dod, 
Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharq-u G ‘arb hammasini egallaymiz”, 
deb xalifa va uning sarkardalariga dag‘dag‘a solinadi, ularni ayyorlik bilan 
qo‘rqitishmoqchi 
va 
nihoyat 
bu 
hududlarni 
osonlikcha 
qo‘lga


kiritishmoqchi bo‘lishadi. Jumladan, imperator Nikifor bevosita muqaddas 
Makka shahriga ham tahdid qilishini bildiradi:
“Damashqdur ota-bobomiz yurti,
Uning zaminiga men sohib o‘zim.
Misrni fath etgum shamshirim bilan,
Cheksiz sahrolarda kular yulduzim.
Undan so‘ng Makkaga qarab yo‘l olsam,
Tundek bosib borar botir qo‘shinim.
Quddusga yo‘l olib tolmasman yo‘lda
U yerda tiklagum muqaddas ustun” .
Xalifa Fazl ibn Ja’far Muqtadir va uning mulozimlari tang ahvolda 
qolishgan edi. Chunki ular uchun haqiqiy jiddiy sinov davri boshlangan 
edi. Nikifor qo‘shini xalifalik yerlarini birin-ketin bosib ola boshladi. 
Shomning shimoliy qismi vizantiyaliklar tomonidan egallanadi. O ‘sha 
vaqtda xalifalikda Sharqiy Rim imperiyasiga qarshi tura oladigan harbiy 
salohiyat yo‘q edi. Qancha-qancha dongdor sarkardalarni mag‘ lub etgan 
Nikiforga bas kela oladigan sarkarda ham yo‘q edi. Shu holatda 
imperiyaning shashtini tushirib masalani murosa-yu madora, ya’ni 
diplomatiya yo‘li bilan hal qilish lozim edi. Xalifa Mutililloh shunday 
vazifani bajara oladigan zukko diplomat qidirar, maktubga munosib javob 
yozuvchi shaxsni izlar edi.
Xuddi mana shu voqealar bo‘lgan kezda Qaffol ash-Shoshiy Bag‘ dod 
shahrida bo‘ladi. U xalifalikda iqtidori zo‘r olim, saroy a ’yonlari o‘rtasida 
yaxshigina qonunshunos, zabardast shoir sifatida tanilgan edi. Shuning 
uchun alloma xalifa huzuriga chaqirtiriladi. Xalifa u bilan suhbat davomida 
imomning zakovatiga tan beradi va undan javob maktubini yozishni iltimos 
qiladi. Xalifa va olim o‘rtasidagi suhbatning mazmuni biz uchun hanuz 
noma’lumligicha qolmoqda. Chunki suhbat mavzusi haqida hech bir ilmiy 
manba va adabiyotlarda ma’lumotlarni uchratmaymiz. Biroq shu narsa 
ma’lumki, ular o‘rtasida ma’lum bir shartlar asosida shartnoma tuzilgan. 
Shu sababdan Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tag‘fur (arab 
manbalarida Takfur) xatiga javob yozish xalifalik nomidan Qaffol ash-


Shoshiyga topshiriladi. Bu ham alloma ash-Shoshiyga nisbatan katta 
hurmat va ehtirom belgisi edi.
Qaffol ash-Shoshiy maktubni o‘qib ko‘rib, o‘sha maktub yozilgan 
she’r vaznida va o‘sha tarzdagi qofiyada Tag‘ fur nomiga arab tilida javob 
she’rini yozadi. Bu maktubda uning bor bilimi, zakovati, she’riyat bobidagi 
mahorati va diplomatik iste’dodi o‘z aksini topgan edi. Maktub 148 
baytdan iborat bo‘lgan. N e’matullo Muhamedovning yozishicha, 
vizantiyaliklarga mana shu ash-Shoshiy yozgan javob xatining 74 bayti 
(148 yo‘li) yuqorida zikr qilingan Tojiddin as-Subhiyning “Tabaqot ash- 
Shofiyya” asari ichida saqlanib qolgan. Biz uchun shunisi muhimki, uning 
maktubi Konstantinopolda katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. As- 
Subhiyning yozishicha, vizantiyaliklar, xususan, ularning lashkarboshisi 
Tag‘fur ash-Shoshiyning bu javob she’rini o‘qib, dahshatga tushadi. So‘ng 
lashkarboshilar bundan taajjubga tushib, bir-birlaridan so‘rashgan ekan:
“Bu javobni yozgan kishi kim bo‘ldi ekan, u qaysi yurtdan ekan, 
xalifalikda biz bunday iste’dodli zot borligini bilmas edik-ku?!”
Toshkent olimi Vizantiya imperatorining dag‘dag‘ali va tahdidli 
so‘zlaridan g‘azablangan edi. U musulmon sifatida muqaddas Makkaga 
daxl solayotgan nasroniy sarkardaga milliy g‘urur va iftixorini baland 
ko‘targan holda shunday javob yo‘llaydi:
“Qudrat-la quvdik biz sizni Rum sari,
Tuyaqush misoli qochdingiz nari.
Qochdingiz qontalash kirpi singari,
Bizlarni Muhammad (a.s.) boshlar ilgari
Nabiyning hurmati qirmadik sizni,
Bizlarda bor edi shiddat va qudrat.
Shom yerin fath etdik bo‘lib zarurat,
Misrni, Qayravon va Andalusni ham.
Boshingiz majaqlab, zo‘r keldik har vaqt
Bayt - lahm xaroba shaharlar qator.
Iskandariyada bo‘ldi zafar yor,


Quddus, Urushsholimda g‘alabamiz bor!
Sizlarni yengoldik biz mardonavor,
Ilm va irfonimiz qadimdan mashhur...
Bemaza she’ringiz bo‘lmagay manzur,
Bizning ash’orimiz durdona maqbul,
Bilguvchi odamga bag‘ishlar huzur”.
Saroy zodagonlari orasida paydo bo‘lgan sarosima va shov-shuvni 
ko‘rgach, oddiy askar unvonidan lashkarboshi unvonigacha ko‘tarilgan, 
o‘z matonati bilan Konstantinopol (Vizantiya) taxtini egallagan imperator 
Nikifor kutilmaganda Bag‘ dodga yurish rejasidan voz kechganligini e’lon 
qiladi.
Xullas, Vizantiya lashkarboshilarini Qaffol ash-Shoshiyning o‘ziga 
xos diplomatik usulda yozilgan javob maktubi esankiratib qo‘yadi. Chunki 
vizantiyaliklar javob she’rining bunday tarzda yozilishiga ishonmagan 
edilar. U kishining birgina javob qasidasi vaziyatni o‘zgartirib yuboradi. 
Imomning o‘ziga yuklatilgan diplomatik vazifani sharaf bilan ado etishi 
xalifalik xalqini urush xavfidan va o‘lpon to‘lashdan saqlab qolish uchun 
qaratilgan edi. Yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun qilingan ushbu 
xizmat alloma nomini dunyoga mashhur etdi. Voqeaning nima bilan 
tugaganligining bugungi kunda ahamiyati yo‘qdir balki, lekin bu birgina 
misol orqali biz uchun Qaffol ash-Shoshiyning zabardast diplomat, 
hozirjavob shoir bo‘ lganligi ma’lum bo‘ladi.
Shubha yo‘qki, imperatorni o‘z qarorini o‘zgartirishga majbur qilgan 
omillardan biri - Qaffol Shoshiyning o‘tkir zehni, uning siyosat ilmidan 
xabardorligi bo‘lgan. Manbalarning tasdiqlashicha, alloma imperator 
Nikiforga yo‘llagan maktub-she’rida unga Arab xalifaligiga harbiy yurish 
qilishdan ko‘ra o‘z davlatining ichki muammolari bilan shug‘ullanishi 
lozimligini, o‘z e’tiborini uning taxtiga erishish uchun har qanday 
yovuzliklarga tayyor ichki raqiblariga qaratishi kerakligini bildirgan. Bu 
so‘zlar esa Vizantiya imperatoriga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi 
ehtimoldan xoli emas. Tarix, siyosat, diplomatiya va huquqshunoslik 
sohalarini o‘zlashtirgan olim va shoirning aql-zakovati bilan ikki mamlakat 
o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan urushning oldi olinadi. Bu tarixiy


voqea allomaning avlodlari sifatida barchamizda milliy iftixor tuyg‘usini 
jo ‘sh urdiradi. Fikrimizcha, ushbu tarixiy voqea Turon diplomatiya tarixida 
o‘ziga xos munosib o‘rin egallashi lozim.
Qaffol ash-Shoshiy shunday ulug‘ vor va dovyurak shoir, ajoyib bir 
siyosatdon shaxs bo‘lgan. Afsuski, uning adiblik, shoirlik, tilshunoslik, 
mantiqshunoslik faoliyati bilan deyarli hech kim shug‘ ullanmagan, ilmiy 
tadqiqotlar olib borilmagan, uning jadal dialektikaga oid asari (“Husni 
jadal”) ham o‘rganilgan emas. Shu bilan birgalikda, fiqhiy asarlari ham 
yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Davlat va huquq tarixini o‘rganish 
davomida imomning asarlari musulmon Sharqida mashhur bo‘lganligini 
bilib olamiz, ammo ushbu asarlar biz, ya’ni uning avlodlari uchun hanuz 
noma’lumligicha qolmoqda. M a’lumotlarning tahlili esa aks holatni, ya’ni 
olim ta hsil olgan va o‘zi tolibi ilmlarga darslar bergan yurt va shaharlarda 
hozirgi kunda ham uning asarlari ma’lum va mashhur ekanligini, ayrim 
Yaqin Sharq mamlakatlaridagi Islom huquqi o‘rgatiluvchi oliy o‘quv 
yurtlari kutubxonalarida ularning qo‘lyozma nusxalari mavjudligini 
ko‘rsatmoqda.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish