Usmon Mus’hafining yurtimizga olib kelinishi bilan bog‘liq
rivoyatlarda Imom Shoshiy
Toshkent shahri, hech shubhasiz, Allohning nazari tushgan
shaharlardan biridir. Poytaxtimizning ko‘zga ko‘ringan hamda muqaddas
qadamjolaridan biri hisoblangan Hazrati Imom majmuasi tarkibiga
kiruvchi M o‘yi Muborak madrasasida Qur’oni Karimning ilk kitob holiga
keltirilgan nodir qo‘lyozmasi saqlanadi. 651-yilda sahoba Zayd ibn Sobit
(roziyallohu anhu - r.a.) boshchiligidagi sahobalar tomonidan bitilgan
sahifalar bir kitob shakliga keltirilib xalifa Usmon ibn Affon (r.a.)ga taqdim
etiladi. Aynan shu qo‘lyozma bugungi kunda Toshkentda saqlanmoqda.
Imom Shoshiy xalq orasida juda mashhur bo‘lgan. Shu bois
Toshkentda saqlanayotgan xalifa Usmon Mus’hafining yurtimizga olib
kelinishi to‘g ‘risidagi ayrim rivoyatlar u kishining nomi bilan bog‘ lanadi.
Mus’hafning bizning mamlakatimizga qanday kel ib qolganligi borasida
o‘ndan ortiq rivoyatlar mavjud. Shayx Ismoil Maxdum Sotti Oxund
Namangoniy 1971-yil (hijriy 1391-yil) yozgan “Toshkentdagi Usmon
Mus’hafining tarixi” kitobi o‘ziga ma’lum bo‘lgan to‘qqizta rivoyat haqida
batafsil ma’lumot beradi. Ulardan ikkitasi Qaffol ash-Shoshiy nomi bilan
bog‘liq.
1.Mus’hafi Usmoniyning diyorimizga kelishiga oid rivoyatlardan biri
shayx Abu Ahmad Muhammad qozi Andijoniy-Shoshiyning “Silsilat ul-
orifin” nomli kitoblarida keltirilgan. Ul zot X o‘ja Ahror valiyning
xalifalaridan bo‘lib, shunday yozadilar:
“Hijriy 364-yilda vafot etgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol
ash-Shoshiy al-Kabir shofe’iy mazhabining mashhur ulamolaridan bo‘lib,
o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot
ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda Bag‘dodga kirib
o‘tar edilar. Aksar ilmlarini ham shu shaharda olgan edilar. Bir galgi
safarlarida Bag‘ dodga kelib, ulamolarning nihoyatda sarosimada ekanligini
ko‘radilar. Chunki Rum podshohi Qaysar xalifaga arab tilida bir ajoyib
qasida yuborib, “Yo shu qasidaga munosib javob yozinglar, yo har yili
o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar” deb talab qilgan edi.
O ‘sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi va talab
qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganligidan,
qasidaga javob yozishga majbur bo‘ldilar. Bag‘ dodning jamiki ulamo va
fozillari yig‘ildilar. Lekin ular o‘sha qasidaga mos keladigan javob
yozishga ojiz bo‘lib turgan edilar. Rum elchisi ularni shoshiltirar edi. Shayx
Bag‘dodga kirib kelganlarida, “Turklar yurtidan Bag‘ dodga bir zabardast
olim kelibdi”, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob
qasidasi yozsalar, evaziga xohlagan narsalarini berishini aytadi. Shayx rozi
bo‘lib, shunday deydilar: “Men bu vazifani sizlar uchun ado etyapman,
lekin bir shartim bor. U ham bo‘lsa, oldin menga Hazrati Usmon
Mus’haflarini berasizlar”. Birmuncha taradduddan so‘ng bu talabga rozi
bo‘ladilar va M us’hafni shayxga beradilar ...”
2. Rivoyatlarning yana birini Umar Rizo hazratlari o‘zlarining “Mal
Qur’an” nomli kitoblarida zikr qilganlar. Islom olamida mavjud bo‘lgan
Usmon Mus’haflarini birma-bir sanab o‘tib Umar Rizo quyidagilarni
aytadilar: “Xuddi shunday Mus’haflardan biri 1904-yilda Buxorodan
Moskvaga olib ketilib, bir muddat o‘tgach, yana Buxoroga qaytarilgan edi.
Bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni qo‘lga olganlaridan keyin uni
ikkinchi marta yana Moskvaga olib ketdilar. Lekin musulmonlarning uni
qaytarish uchun qilgan sa’y-harakatlari va jidd-u jahdlari muvaffaqiyat
bilan yakunlandi. Aytishlariga qaraganda, bu nusxa Abu Bakr Shoshiy
tomonlaridan olib kelingan bo‘lib, keyinchalik X o‘ja Ahror Valiyning
qabrlari yoniga qo‘yilgan emish. Bolsheviklar uni o‘sha yerdan olishgan,
deyishadi”.
Albatta, uchinchi xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) tomonidan
yozdirilgan Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozmasini yurtimizga aynan
Imom Shoshiy olib kelgan, degan fikrdan yiroqmiz. Bunga yetarlicha
asoslarimiz ham yo‘q. Ammo yuqoridagi ma’lumotlardan anglashimiz
mumkinki, Qaffol Shoshiyning xalq orasida obro‘si baland bo‘lgan. Nima
bo‘lgan taqdirda ham, ayni paytda Usmon M us’hafining noyob
qo‘lyozmasi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiy majmuasi tarkibiga
kiruvchi M o‘yi muborak madrasasida saqlanmoqda. Qur’oni Karim
ziyoratchilari bir paytning o‘zida Alloh kalomini ziyorat qilish bilan birga
allomaning maqbarasini ham ziyorat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |