Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil
qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga
bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga
yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul
Qodirovning “Buyuk siymo”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” kabi
27-mavzu: Hunarli kishi xor bo`lmas (Tasviriy san`at, musiqa,mehnat, fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Kasb va mahorat u insonni ulug`likka eltadi”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kasbiy qiziqishlarini oshirish,
o`zi tanlagan kasb haqida ma’lumot berish va tavsiyalar berish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim
quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: „O`zbekistonga yaxshi va yetuk mutaxassislar kerak“
O`qituvchi:
Kundan-kunga mamlakatimiz taraqqiy etib bormoqda. Taraqqiyot bor joyda
har bir kasbning o`z o`rni bor. Biz bugun taraqqiyotni aloqa vositalarisiz tasavvur
eta olmaymiz. Aloqa vositalari esa yildan-yil rivojlanib, sohalari kengayib
bormoqda. Zamon talabi esa bu soha vakillarini yetkazib berish.
Ikki narsa dunyoda eng azizdir.Biri qo`l mehnati bilan topilgan boylik. Ikkinchisi
dilda do`stlik barqaror bo`lgan sodiq do`st.
Muiniddin Juvayniy.
Azaldan xalqimizda bir yigitga qirq hunar oz, demaganlar, vaholanki, bugungi
kunda esa bir yigitga yettmish hunar oz. Shu maqsadda har bir yigitning qo`lida
hunari bo`lgani yaxshi. Hunarli kishi xor bo`lmas. Yurtimizda qurilayotgan keng
ko`lamli zamonaviy va milliylik ufurib turgan inshootlar, parklar, sport
inshootlarini loyihasini chizib beruvchi soha vakillari orangizda ko`pchilikni
tashkil qiladi. Arxitextura san’ati azaldan xalqimizning eng chiroyli kasbi bo`lib, u
ham boshqa kasblar singari juda sharafli va ma’suliyatli kasbdir. Ayniqsa, bugun
hech bir xonadonni zamonaviy arxitexturasiz tasavvur eta olmaysiz.
Siz mustaqillik farzandlarining omadi, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim
olayotganingiz.. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim beriladi.
Xudo xohlasa, oldingizga juda katta maqsadlar qo`yingki, shu maqsadlardan
foydalangan holda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiling.
Faqat orzu bilan inson chegaralanib qolmasdan, o`z kasbining haqiqiy ustasi
bo`lishi uchun tinmasdan, o`z ustida ishlashi kerak. Sizga ma’lum qilgan kasblar
bularsiz yurtni va xalqni tasavvur eta olmaymiz.
Topshiriq: O`quvchilardan ikkinchi so`rovnoma o`tkaziladi, qog`ozlar tarqatiladi.
O`zgarishlar bo`ldimi yo`qmi o`qituvchi aniqlab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |