Vatan tinchligi baxtim garovi



Download 38,63 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi38,63 Kb.
#385073
Bog'liq
vatan tinchligi baxtim garovi.


Vatan tinchligi baxtim garovi
Tinchlik va osoyishtalik — ulugʼ neʼmat. Ular mujassam boʼlgan joyda taraqqiyot va rivojlanish barqarordir. Yurtimizning mustaqil taraqqiyot yoʼliga nazar solsak, bunga yana bir karra amin boʼlamiz.
Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi bois qanchadan-qancha bunyodkorlik ishlari roʼyobga chiqarilmadi, deysiz. Bunday ulkan yutuqlarga erishishimizda ichki ishlar idoralarida kechani — kecha, kunduzni — kunduz demay xizmat qilayotgan osoyishtalik posbonlarining ham salmoqli hissasi bor. Ularning fidokorona mehnatining eʼtirofi oʼlaroq, har yili mamlakatimizda 25 oktyabrь — Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Muxbirimiz Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʼi Ilhom Turgʼunov bilan shular xususida suhbatlashdi.

— Jamiyat barqarorligi, aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash ichki ishlar idoralari xodimlaridan katta jasorat va matonatni, bilim va malakani, eng asosiysi, yuksak vatanparvarlikni talab etadi, — deydi I. Turgʼunov. — Shu bois istiqlolning dastlabki yillaridanoq tizimda tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi qarori bilan ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish, uning tarkibiy tuzilmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlarni tanlash va xizmatni toʼgʼri tashkil etishga jiddiy eʼtibor qaratildi. Prezidentimizning 2001 yil martdagi Farmoniga binoan, tizimning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xodimlarimizning xalq bilan hamkorligi va hamjihatligi yanada kuchaytirildi. Eng muhimi, mazkur hujjatlardan kelib chiqqan holda, ichki ishlar idoralarining yetakchi yoʼnalishlari boʼlgan Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, Tergov, Huquqbuzarliklarning oldini olish, Patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, Yongʼin xavfsizligi, Yoʼl harakati xavfsizligi xizmatlarida yangilanishlar amalga oshirildi, ular faoliyati bugungi talab darajasida takomillashtirildi. Shularga mos holda qabul qilingan boshqa qonun hujjatlari ham soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

— Maʼlumki, tizim faoliyati muvaffaqiyatini koʼp hollarda malakali, Vatani va kasbiga sadoqatli kadrlar belgilab beradi. Shu maʼnoda, soha uchun yetuk kadrlar tayyorlash barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar kabi Ichki ishlar vazirligining ham oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi...

— Oʼtgan davrda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi oliy oʼquv yurtlari — IIV Аkademiyasi, Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʼin xavfsizligi oliy texnik maktabi tashkil etilib, tinglovchi va kursantlar jahon andozalariga mos bilim olishlari uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Prezidentimizning 2004 yil iyundagi Farmoniga binoan, IIV Аkademiyasida Serjantlar tarkibini tayyorlash boʼyicha oliy kurslar tashkil etilishi bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi. Hozirgi paytda mazkur kurslarda kriminalistika markazi, oʼquv-dala mashq maydoni, kompьyuter va lingafon xonalari mavjud. Ularning barchasi zarur oʼquv jihozlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangan. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, odam savdosi va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, kriminalistik tadqiqotlar oʼtkazish markazlari, kriminalistik poligon, namunali militsiya tayanch punkti oʼquv markazi, Inson huquqlari boʼyicha resurs markazi, tergov faoliyati mutaxassisligi oʼquv-metodik xonasi, pedagogik mahorat maktabi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi bilan jihozlangan maʼruza zallari ham kursantlar ixtiyorida. Bu yerda ular jazoni ijro etish, yongʼin xavfsizligi, yoʼl-patrulь, patrulь-post xizmati, xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish, qoʼriqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish kabi yoʼnalishlar boʼyicha bilim va malakalarini oshirmoqdalar. Ushbu kurslarni bitirgan minglab serjantlarimiz hozirgi paytda Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʼlida samarali faoliyat olib borishayapti.

Yongʼin xavfsizligi oliy texnik maktabi xususida ham shu fikrni aytish mumkin. Oʼtgan davrda ushbu taʼlim muassasasining oʼquv-laboratoriya binosi, jangovar mashgʼulotlar oʼtish xonasi, oʼyingoh, oshxona, navbatchilik va tibbiy-sanitariya qismlari, amaliy oʼqitish kafedrasi hamda boshqa yordamchi inshootlar toʼliq taʼmirdan chiqarildi. Taʼlim jarayonini yanada takomillashtirish, sohaga yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish borasida salmoqli ishlar bajarildi. Hozirgi kunga kelib, elektron maʼruza matnlaridan unumli foydalanilmoqda. Elektron kutubxona ishlab turibdi. Umuman, bu yerda kursantlar toʼliq bilim olib, malakali mutaxassis boʼlib yetishishlari uchun barcha qulaylik muhayyo qilingan.

Аvvallari muassasada, asosan, muhandis-texnik xodimlar tayyorlangan boʼlsa, endilikda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarining yongʼin xavfsizligini taʼminlaydigan, qurilish materiallari yongʼin xavfsizligi koʼrsatkichlarini aniqlaydigan hamda yuz bergan yongʼinni oʼchirishda zamonaviy vositalardan samarali foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlanmoqda.

— Barcha jabhalarda boʼlgani kabi ichki ishlar tizimida erishilayotgan yutuqlarimiz ham nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijliklar tomonidan eʼtirof etilayotir. Xususan, Jahon miqyosida qonun ustuvorligining navbatdagi indeksini eʼlon qilgan “The World Justice Project” mustaqil xalqaro tashkiloti yillik maʼruzasida Oʼzbekiston huquq-tartibot va xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha 5 ta yetakchi davlat qatoridan joy olgan. Bu koʼproq qaysi natijalarimiz uchun berilgan, deb oʼylaysiz?

— Tizimda olib borilayotgan yangilanishlar tufayli jinoyatchilik va huquqbuzarliklar yildan-yilga kamayishiga erishilmoqda. Bu borada keng jamoatchilik bilan yoʼlga qoʼyilgan hamkorlik muhim omil boʼlayapti, desak, ayni haqiqat. Jumladan, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasining tashkil etilishi va jamoatchilik vakillarining ichki ishlar idoralari xodimlariga har tomonlama koʼmak berishi natijasida aholi, ayniqsa, ayollar va yoshlar oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda.

Yana bir misol. Bugun yurtimizda mavjud 3 ming 712 ta militsiya tayanch punktining aksariyatida fan va sport toʼgaraklari, kichik biznes shoxobchalari, zamonaviy sport maydonchalari ochilib, ularga shu hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, xususan, yoshlar va oʼsmirlar qamrab olingan. Bu ularning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish bilan birga, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda qoʼl kelayapti. Birgina joriy yilning oʼtgan davrida 3 mingga yaqin mahallada bironta jinoyat sodir etilmagani ham shundan dalolat berib turibdi.

Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy oʼquv yurtlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari bilan doimiy hamkorlik yoʼlga qoʼyilgani ham bu borada qoʼl kelayapti. Pirovardida oxirgi besh yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 14 foiz kamaydi.

Profilaktika xizmati izchil yoʼlga qoʼyilgani va inspektorlarning turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelayotgani esa joylarda jinoyatchilik kamayishida samara berayapti. Bu borada, ayniqsa, militsiya tayanch punktlari alohida oʼrin tutadi. Zero, bu maskanlarda xizmat qilayotgan fidoyi inspektorlarning mahalla posbonlari, fuqarolar yigʼinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʼyicha maslahatchilari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi bois jinoyatlar oʼz vaqtida fosh etilmoqda, koʼplab jinoyatlarning oldi olinmoqda.

Yangi qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni ushbu yoʼnalishdagi ishlarni yangi bosqichga koʼtarganligini ham aytish zarur.

— Bunday ijobiy natijalar oʼz-oʼzidan qoʼlga kiritilayotgani yoʼq. Buning zamirida davlatimiz rahbarining tizimga qaratayotgan alohida eʼtibori va gʼamxoʼrligi mujassam, albatta...

— Darhaqiqat, Prezidentimiz ichki ishlar xodimlariga kasb bayrami munosabatida bilan yoʼllagan tabrigida: “Ishonchingiz komil boʼlsinki, sizlarning odamlar osoyishtaligini taʼminlash yoʼlidagi mashaqqatli, olijanob va fidokorona mehnatingiz doimo yuksak qadrlanadi”, degan edi. Buning hayotiy ifodasini har qadamda his etib turibmiz. Xususan, istiqlol yillarida 1 ming 300 nafardan ziyod xodimlarimiz davlatimizning yuksak unvonlariga sazovor boʼlishdi.

Muxtasar aytganda, mamlakatimiz oʼtgan davr mobaynida asrlarga tatigulik yutuqlarga erishdi. Bunda, shubhasiz, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlab kelayotgan ichki ishlar idoralari xodimlarining fidoyiligi alohida oʼrin tutadi. Zero, ana shunday zahmatkash kasb egalari borligi uchun ham osmonimiz doimo musaffo, koʼnglimiz xotirjam, yutuqlarimiz esa bardavomdir.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bagʻrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan.

Maʼlumki, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. Konstitutsiyamizda mamlakatimiz barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar deb koʻrsatib oʻtilgan.

Boshqa millatlarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlish – oʻzbek halqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Xalqimiz hech qachon oʻzini boshqa xalqdan ustun qoʻymagan. Boshqa millatlarga, boshqa mazhab vakillariga munosib darajada ehtirom koʻrsatganligi taʼkidlab oʻtildi.

Istiqlol arafasidagi vaziyatni bir eslang. Fargʻona va Oʻsh voqealari, mitingbozlik, parokandalik, iqtisodiy tushkunlik, boshqa millat vakillarida qoʻrquv va hadiksirash. Bunday sharoitda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun siyosiy va iqtisodiy vaziyatni izga solish, millatlararo munosabatlarning barqaror tizimini yaratish, odamlarda ertangi kunga ishonch tuygʻusini uygʻotish zarur edi. Bu vazifalar sharaf bilan ado etildi. Istiqlol yillari Vatanimizda yashayotgan turli xalqlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, tenghuquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy eʼtibor qaratildi. Bu tamoyillar Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va barcha qonunlarimizda muhrlab qoʻyildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida Oʻzbekiston davlati oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi alohida koʻrsatildi. 18-moddada esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi belgilab qoʻyildi. Bugun erishgan barcha yutuqlarimizga mustaqillikning ilk yillarida yurtboshimiz boshchiligida qoʻyilgan mustahkam poydevor asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Tabiiyki, diyorimizda umrguzaronlik qilayotgan turli millat vakillari oʻzlariga koʻrsatilayotgan beqiyos gʻamxoʻrlikliklarga javoban davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqdalar. Chunonchi, bugungi kunda senatorlar, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari, yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari turli millat vakillaridan iborat. Shahar-qishloqlarimizdagi koʻplab oʻzini oʻzi boshqarish organlariga esa rus, tatar, qirgʻiz, qozoq, ukrain, arman, tojik va boshqa millatlarga mansub oqsoqollar rahbarlik qilishayapti.

Oʻz navbatida, zimmamizga umrboqiy qadriyatlarimizni, ayniqsa, olijanoblik va bagʻrikenglik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash masʼuliyatini yuklaydi. Oʻzini shu tabarruk zamin farzandi deb bilgan boshqa yurtdoshlarimizni ham buyuk kelajagimiz yoʻlida birlashishga undaydi. Barchamizni yagona Vatanimiz hisoblanmish Oʻzbekistonning baxt-iqboli va istiqboli uchun qaygʻurishga, ajdodlarimizga munosib vorislar boʻlishga, milliy qadriyatlar va anʼanalarni mudom takomillashtirib, kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirishga chorlaydi.

Insoniyat uchun eng katta boylik tinchlikdir, tinchlikning manbai esa hamjihatlikdir. Oʻzaro totuvlik va doʻstlik, bagʻrikenglik va insonparvarlik tamoyillari barqaror goʻshadagina inson erkin-emin yashaydi, har qanday orzusiga erishadi. Shu jihatdan qaraganda, bizning eng katta boyligimiz, eng asosiy yutugʻimiz, Yurtboshimiz uqtirganidek, avvalo, Vatanimiz osmonining musaffoligi, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo ahillik va hamjihatlik, doʻstlik va birdamlik muhitidir. Bu neʼmatlarning qadriga yetish hamda turli millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashayotgan Vatanimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, kimligimizdan qatʼi nazar, barchamizning muqaddas burchimizdir.

Hozirgi notinch va tahlikali zamonda dunyo hamjamiyati oldida turgan, insoniyat duch kelayotgan murakkab muammolar, xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etishda, turli tahdidlarning oldini olishda barcha ezgu niyatli insonlarni, ayniqsa, qoʻshni mamlakatlar bilan birgalikda, nufuzli xalqaro tashkilotlarning saʼy-harakatlarini birlashtirishni bugun hayotning oʻzi taqozo etmoqda. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining oʻzaro doʻstligi qanchalik mustahkam boʻlsa, davlatimiz ham shuncha mustahkam boʻladi.

Millatlararo totuvlik, oʻzaro doʻstlik rishtalarini yana-da rivojlantirish haqida 2020-yil 29-dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatida ham taʼkidlandi.

Parlamentga Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan koʻtarilgan masalalar orasida xududimizda yashab kelayotgan koʻpmillatli xalqimizning azaliy doʻstona munosabatlarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari shu sohada davlatimiz rahbari olib borayotgan oqilona siyosatining namunasi ekanligini yana bir karra isbotlaydi.

Oʻtgan yilgi Murojaatnomada 30-iyul – Xalqaro doʻstlik kuni munosabati bilan “Doʻstlik” haftaligini tashkil etish hamda ushbu haftalik doirasida “Doʻstlik” xalqaro forum-festivalini oʻtkazish taklifi ilgari surildi. Shuningdek “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonini taʼsis etish haqidagi tashabbus ham qoʻllab-quvvatlandi. Bu yil esa, ushbu sanani Oʻzbekistonda “Xalqlar doʻstligi kuni” deb belgilash taklifi, ilgari surilgan tashabbuslarning mantiqiy davomi boʻldi.

Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 5-fevraldagi XII yalpi majlisida muhokama qilinib, maʼqullandi. Mamlakat parlamentining ikki palatasi tomonidan qabul qilinib, maʼqullangan “Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunga Prezident imzo chekib, matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab yuridik kuchga kirdi.

Yangi bayram Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan rasmiy ravishda qabul qilindi va har yili mamlakatda keng nishonlanadi. “Xalqlar doʻstligi kuni”ni nishonlashdan asosiy maqsad insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʻrtasida hamjihatlik, bagʻrikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va doʻstlik aloqalarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi. Qoʻmitamiz, oʻz navbatida, bu bayramni yuqori darajada oʻtkazishga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Men oʻz navbatida barcha hamyurtlarimizni shu bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Xalqlarning doʻstligi, inoqligidan boy narsa yoʻq. Haqiqiy doʻstlik oltindan qimmat deydilar. Xalqlarning doʻstligi davlatimizning asosiy boyligi hisoblanadi. Davlatimiz rivojiga astoydil hissa qoʻshadigan turli millat vakillarimizning oʻrni katta. Prezidentimiz tomonidan koʻtarilgan dolzarb masalalar qatorida jamiyatimizda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash vazifasiga ham alohida urgʻu berilgani bizning Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitamiz zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.

Maʼlumki, hozirgi kunda 10 milliondan ortiq vatandoshlarimiz xorijda yashab kelishadi. Bular etnik oʻzbeklar va Oʻzbekistondan chiqqan turli millat vakillaridan iborat fuqarolar. Ular tomonidan 170 ga yaqin jamiyat va tashkilotlar tuzilgan. Mamlakatimizning siyosati ular bilan yaqin aloqalarni tiklashga qaratilgan. Dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizga koʻmaklashish, ular bilan aloqalarimizni yana-da mustahkamlash masalalari Qoʻmitamiz tomonidan olib borilayotgan asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining “Vatandoshlar” jamgʻarmasini tuzish taklifi xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning mavjud muammolarini bartaraf etishda, shuningdek, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda mustahkam asos boʻla oladi.

Prezidentimizning nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratish taklifi tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻldi. Ayniqsa, Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy vakili institutini joriy etilishi milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyatini yana-da rivojlantirishga keng imkon yaratadi.

Bu zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari “Oʻzbekiston –umumiy uyimiz!” shiori ostida birlashib, toʻyu-tantanalar, turli bayramlarni birgalikda nishonlashadi. Eng asosiysi, barcha qardosh va birodar vatandoshlarning milliy urf-odatlarini asrab-avaylash uchun zarur sharoit yaratilgan. Bugungi kunda xalq diplomatiyasi mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, qoʻshni mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish rejalari ham bizning zimmamizga katta masʼuliyat yuklaydi va oldimizga qoʻyilgan rejalarimizni talab darajasida bajarishga undaydi.



Murojaatnomada koʻrsatib oʻtilgan takliflarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz va bu, oʻz navbatida, jonajon yurtimizning gullab-yashnashi, hukm surayotgan millatlararo totuvlik va oʻzaro hamjixatlik muhitini yaratib beradi, bu esa Oʻzbekistonning dunyodagi ijobiy imijini yana-da oshirishga xizmat qiladi.
Download 38,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish