2-mavzu
Qаdimgi Yunonistondа fаlsаfаning yuzаgа kelishi vа rivoji: Ioniya
fаlsаfаsi (2 soat)
Reja:
1.
Qadimgi Yunonistonda mifologiya va ilmiy bilishning dastlabki elementlari.
2.
Miletliklarning tabiiy-ilmiy va falsafiy ta’limotlari.
3.
Dastlabki ibtido muammosi va sodda dialektikasi.
Tayanch tushunchalar:
Birinchi asos, stixiyali dialektika, sodda materializm, gilozoizm, apeyron,
Milet maktabi, mifologiy.
1.
Eradan avvalgi 550-549 yillari Kir Midiyani yengib, Eron davlatiga asos
soladi. U oz vaqtda davlat hududini kengaytirib, Kichik Osiyodagi yunon
shaharlarini ham bosib oladi. Yunonlar eroniylar bilan uchrashganlarida
zardо‘shtiylik (yunonlar uni Zoroastr deb ataydilar) ta’limoti endi tarqala
boshlagan edi. Yunonlar ilk bor Zardо‘sht haqida turli hikoyalar ham eshitganlar.
Yunon olimlari asarlarida Zardо‘sht yashagan davr haqida biron-bir fikr yо‘q.
Germodor, Germipp “Zoroastr Troya urushidan besh ming yil avval”, Aristotel esa
“u Platon vafotidan olti ming yil avval yashagan”, - deydilar. Ammo hanuzgacha
olimlar “Avesto”ning yaratilishini eradan avvalgi XII asrdan VII asrgacha bо‘lgan
davr bilan bog‘laydilar. Uzoq vaqtlar, dastlabki Axmoniylar davrida ham “Avesto”
hali yozib olinmay, kohinlar tomonidan og‘izdan-og‘izga о‘tib kelgan deguvchilar
ham bor. M.Boysning xabar berishicha, eradan avvalgi VI asrda yunon fanining
poydevorini yaratgan ioniyalik yetti olimning kelib chiqishi, asosan Sharq
mamlakatlaridan - Bias frigiyalik, Fales finikiyalik, Feresidas esa janubiy
anatoliyalik bо‘lgan.
Ioniyalik faylasuf olimlarning ilmiy faoliyati amaliy hayot ehtiyojidan kelib
chiqqan holda rivojlangan
1
. Bu olimlar о‘z ta’limotida astronomiya, matematika,
fizika va biologiya haqida dastlabki tushunchalarni, kundalik hayotda zarur
bо‘lgan asboblar (masalan, oftob soati)ni yaratganlar. Ular yaratgan ta’limot
ibtidoiy materializm ruhida edi. Qadimgi yunon fani, falsafasi markaziy
Gretsiyada emas, balki Kichik Osiyoda, Ioniyadagi yirik port shahri Miletda
shakllangan. Milet shahri geografik jihatdan qulay joylashgan bо‘lganligi sababli
bu yerda savdo, hunarmandchilik boshqa joylarga nisbatan erta va keng tarqalgan.
Agar yaqin vaqtlargacha Milet fani, falsafasi Yaqin Sharq madaniyati ta’siri ostida
shakllangan, degan fikr hukmron bо‘lgan bо‘lsa, sо‘nggi yillardagi ilmiy
tadqiqotlar unga tuzatish kiritib, asosiy ta’sir VII-VI asrdayoq Eron, zardо‘shtiylik
tomonidan bо‘lgan, degan tezisni olg‘a surmoqda. Haqiqatan, Milet Assiriya
ustidan g‘alaba qozongan Midiya bilan yaqin aloqada bо‘lgan va tabiiyki, bu
mamlakatda tarqalgan zardо‘shtiylikdan ham yaxshigina xabardor bо‘lgan,
1
Russell B. A The History of Western Philosophy. – New York: America book-stratford press, 2010. – Р. 39.
ayniqsa, kosmologiya va kosmogoniya sohasida miletliklar misrlik va
bobilliklarning abstrakt farazlariga emas, balki zardо‘shtiylikning muayyan
tizimga solingan ilmi nuzumiga amal qiladilar. Kir Ioniya shaharlarini bosib
olgach, Miletni Eronga qaram qilgan, lekin о‘zini idora etuvchi erkin shahar
holicha qoldirgan.
Yunon shahar — davlatlari qadimdan savdo va sanoat markazi bо‘lib
kelgan. Ular tufayli madaniy taraqqiyotga yо‘l ochilgan. Qishloq xо‘jaligi rivoji,
hunarmanlchilik, savdo munosabatlarining yaxshilanib borishi, tabiatni bilishga,
fan taraqqiyotiga ehtiyojni kuchaytirdi. Buning oqibatida Yunonistonda fizika,
matematika, adabiyot, falsafa fanlari vujudga keldi va taraqqiy etdi. Qadimgi
yunon faylasuflarining kо‘pchiligi mavjud tuzumga mansub bо‘lganlar. Ular
tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik g‘oya va ta’limotlar shak-
shubhasiz mamlakatdagi ijtimoiy kuchlar manfaati va qarashlarini ifoda etgan.
Lekin shunga qaramay, bu masalalarni va ayniqsa, falsafiy qarashlarni ishlab
chiqishda ular shunday g‘oyalarni ilgari suradilarki, natijada mavjud jamiyat
doirasidan chiqib kstadilar
2
.
Qadimgi yunon falsafasi ilohiy bilimlar, mifologiya, san’at bilan uzviy
bog‘liqliqda rivojlandi. U davrda mifologiya falsafaning manbasi, materiali
vazifasini о‘tagan
3
. Faqat ellinistik davrda, ya’ni milodimizdan avvalgi III asrda
bir necha ilmiy sohalar, avvalo matematika va tibbiyot fanlari alohida fan bо‘lib,
ajralib chiqa boshladi. Biroq shundan keyin ham qadimgi yunon falsafasi nafaqat
о‘z sohasi bо‘yicha savollarga javob beribgina qolmay, balki matematika, tibbiyot,
tabiiy va ijtimoiy fanlar oqimlariga bо‘lingan bо‘lsada, mazmuniga kо‘ra, bir-
biriga zid bо‘lgan oqimlarga bо‘linadi.
Dastavval ilmiy-falsafiy fikrlar eramizdan oldin ikki ming yil avval
shakllana boshlagan. Qadimgi sharq davlatlarida madaniyat, ilm va g‘oyalarning
shakllanishida kohinlarning roli katta bо‘lgan. Ma’lumki, dastlabki ilmiy
fikrlarning shakllanishida Misr va Bobilda aniq fanlar – astronomiya, matematika,
tibbiyotning rivoji va ularning xalq hayoti hamda ishlab chiqarish bilan
chambarchas bog‘liq bо‘lgan ilmiy fikrlar Misr va Bobilda о‘ziga xos yо‘nalishda,
amaliy xarakterda, hukmron afsonaviy tasavvurlar an’analarga bog‘liq xolda
rivojlangan. Bu fikrlar о‘z ifodasini badiiy adabiyotlar, afsona va folklorda topdi.
«Xо‘jayinning quli bilan suhbati», «Arfis qо‘shig‘i», «О‘z ruhi bilan suhbat» va
boshqa asarlar bunga misol bо‘la oladi.
Qadimgi Misr va Bobilda ilmiy ratsionalistik fikrlarning yuzaga kelishi
tufayli olamning paydo bо‘lishi va uning tuzilishi tо‘g‘risida dastlabki sodda
tasavvurlar yuzaga keldi. Hamma narsalarning asosida moddiy element suv
yotganligi tо‘g‘risidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin. Shuning bilan birga
qadimgi Misr va Bobilning olam tо‘g‘risidagi tasavvurlari aniq fanlar rivoji о‘z
ta’sirini kichik Osiyoga hamda qadimgi Yunonistonda sodda materialistik
ta’limotlarning shakllanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatganligi tо‘g‘risida fikr yuritmoq
darkor.
2
Copleston F. A History of Philosophy. - Vol.1. Greece and Rome. - N.Y., London, 2003. – P. 11.
3
Copleston F. A History of Philosophy. - Vol.1. Greece and Rome. - N.Y., London, 2003. – P. 13.
Yunon shahar — davlatlari qadimdan savdo va sanoat markazi bо‘lib
kelgan. Ular tufayli madaniy taraqqiyotga yо‘l ochilgan. Qishloq xо‘jaligi rivoji,
hunarmandchilik, savdo munosabatlarining yaxshilanib borishi, tabiatni bilishga,
fan taraqqiyotiga ehtiyojni kuchaytirdi. Buning oqibatida Yunonistonda fizika,
matematika, adabiyot, falsafa fanlari vujudga keldi va taraqqiy etdi. Qadimgi
yunon faylasuflarining kо‘pchiligi mavjud tuzumga mansub bо‘lganlar. Ular
tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik g‘oya va ta’limotlar shak-
shubhasiz mamlakatdagi ijtimoiy kuchlar manfaati va qarashlarini ifoda etgan.
Lekin shunga qaramay, bu masalalarni va ayniqsa, falsafiy qarashlarni ishlab
chiqishda ular shunday g‘oyalarni ilgari suradilarki, natijada mavjud jamiyat
doirasidan chiqib ketadilar.
Qadimgi yunon falsafasi ilohiy bilimlar, mifologiya, san’at bilan uzviy
bog‘liqlikda rivojlandi. U davrda