Qаdimgi Yunonistondа fаlsаfаning yuzаgа kelishi vа rivoji: Ioniya fаlsаfаsi (2 soat) Reja



Download 272,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana23.01.2022
Hajmi272,23 Kb.
#404988
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5417915323359693148

gelozoizm

i  shundan  iborat  bо‘lgan.  Aynan  xudo  va  ruhlar  harakatning  manbai 

hisoblanadi, chunki ular dunyoni harakatga keltiradilar, masalan, magnit ruhga ega, 

chunkpi  u  temirni  о‘ziga  tortadi.  Yer  –  suvda  suzib  yuradi,  Quyosh  va  boshqa 

samoviy  jismlar  suvning  parlanishidan  ozuqa  oladilar.  Ilohiy  koinot  tafakkur 

(logos)dan iborat – u Zevsning о‘g‘lidir.  

Anaksimandrning apeyroni abadiy, doimo yosh ibdidodir. 

U  noaniq  cheksiz  ibtidodir.  Apeyrondan  ikki  bir  biriga  zid 

juftliklar  ajralib  chiqadi:  issiq  va  sovuq,  namlik  va  quruqlik; 

ularning  turli  meyoriy  qо‘shilishidan  tо‘rt  asosiy  stixiyalar 

tug‘iladi:  Havo,  Tuproq,  Suv  va  Olov,  bulardan  butun  dunyo 

tashkil topadi. 

Dunyoviy  borliq  о‘zidan  dunyolarni  paydo  qilgan.  U 

abadii  о‘zgarishda  bо‘ladi  va  keyinchalik  ularni  о‘z  qa’riga 

tortadi,  behisob  dunyolarning  yaratilishi  va  yemirilishi  tarixi 

bilan  tug‘ilgan.  U  shuningdek,  yulduzlar,  Quyosh  va  Oy  halqalarining  harakati 

orqali  osmon  va  jismlarining  bir  kecha-kunduzlik  harakati 

tо‘g‘risidagi  ta’limotni  ilgari  surgan.  Yer  dastlab  suv  bilan 

qoplangan  bо‘lib,  osmon  olovi  ta’sirida  suvning  bir  qismi 

bug‘lanib,  quruqlik  paydo  bо‘lgan.  Bu  bug‘lanishlar 

shamolning esishini keltirib chiqaradi. Shamol Quyosh va Oy 

halqalarining  aylanishi  sababchisi  bо‘lgan  va  xudolar 

olamning  paydo  bо‘lishi,  uning  rivojlanishida  ishtirok 

etishmagan.  Fales  kabi  u  ham  jon  moddiy  deydi,  chunki 

jonning harakati havoga о‘xshashdir. 

Borliq tо‘g‘risida Anaksimandr ilgari surgan ta’limotni uning zamondoshi, 

shogirdi  Anaksimen  davom  ettirdi.  Anaksimen  Moddiy  olam  va  undagi  jism 

havoning  quyuqlashishidan  suv,  yer,  toshlar  va  h.k.dan  tashkil  topsa, 

siyraklashishidan  esa  olov  paydo  bо‘ladi.  Yer  yassi,  u  Quyosh  va  boshqa 

sayyoralar  singari  havoda  suzadi.  Harakatsiz  yerdan  farqli  о‘laroq,  ular  koinot 

yordamida  harakatga  keladi.  Fales  singari  Anaksimen  osmon  jismlari  «yerning 

tabiatiga  о‘xshash»dir,  deydi.  Osmon  yoritgichlari,  deydi  u,  yerdan  quyidagi 




tartibda  joylashgan:  yerdan  namlik  kо‘gariladi,  kо‘tarilgan  namlik  siyraklashib 

olovga aylanadi, yuqoriga kо‘tarilgan olovdan osmon yoritgichlari paydo bо‘ladi. 

Boshqa hamma narsalar ana shu moddiy unsurlardan paydo bо‘lgan. 

U  Anaksimandr  singari  harakatning  abadiyligi  haqida  gapiradi.  Harakat 

tufayli jismlar о‘zgarib turadi. Anaksimen materiyaning yetti shakli haqida fikr 

yuritadi.  Bular  olov,  efir, havo, shamol, bulut, suv,  yer  va toshlardir.  Havoning 

siyraklashishi  issiqlikni  keltirib  chiqarsa,  quyuklashishi  esa  sovuqpikni 

keltirib  chiqaradi.  Havoning  quyuqlashishi  va  siyraklashishi  tо‘g‘risidagi 

ta’limot havoning moddiyligini  yana  bir  karra  isbotlaydi.  U  jon haqida  gapirib, 

«Jon  — bu havo. Jon, ya’ni havo tanimizni bamisoli cheksiz havo bilan  butun 

koinotni о‘rab, saklagani kabi saqlab turadi», — degan Anaksimen. 

Anaksimen dastlabki element sanalmish havoning cheksizligi va olamning 

son-sanoqsizligi 

tо‘g‘risidaga  fikrni  qо‘llab-quvvatlaydi.  Anaksimenning 

kosmologik  ta’limoti  о‘ziga  xos  xarakterga  ega.  Uning  fikricha,  son-sanoqsiz 

olamlar vaqt-vaqti bilan  almashinib turadi, ya’ni olamlar paydo bо‘ladi, sо‘ngra 

yemiriladi, keyin yana paydo bо‘ladi va h.k. 

Anaksimen  birinchi  bо‘lib  harakatsiz  yulduzlar  bilan  sayyoralar  о‘rtasida 

farq borligi tо‘g‘risida gapiradi. Osmon jismlarining joylanishi tartibi tо‘g‘risida 

Anaksimandrga  nisbatan  tо‘g‘riroq  fikrni  ilgari  surib,  Yerga  nisbatan  yaqinroq 

turadigan  Oy,  Quyosh,  keyin  yulduzlar  joylashgan  deydi.  U  Quyoshning  tutilishi 

tо‘g‘risida fikr yuritib, Oy, Quyosh bilan Yer о‘rtasiga tushib qolganda Quyosh 

tutiladi, deb aytgan. 

Anaksimen  shuningdek,  davrimiz  ta’limotiga  yaqin  turgan  ob-havo 

hodisalari  tо‘g‘risidagi  fikrlarni  ham  ilgari  surgan.  U  shuningdek,  qor  va  dо‘l 

yog‘ish  tо‘g‘risida  ham  fikr  yuritgan.  Bulutdan  paydo  bо‘lgan  yomg‘ir 

sovugach, dо‘lga aylanadi. Havoning suv bilan aralashishidan qor paydo bо‘ladi. 

Momaqaldiroq  va  chaqmoq  shamolning  bulutlarni  yorib  о‘tishi  orqali  sodir 

bо‘ladi, deydi. Rang-barang yoylar (kamalak) esa Quyosh ba’zan Oy nurlarining 

zich bulutga tushishidan paydo bо‘ladi. U stixiyali moddiyunchi, sodda dialektik 

faylasuf  sifatida  xudoni  olamning  sababchisi,  degan  fikrni  mutlaqo  rad  etib, 

narsalarning  sababchisi  cheksiz  havo,  deb  ta’kidlaydi.  Lekin  shu  bilan  birga 

Anaksimen  xudolarni  mutlaqo  inkor  etmaydi.  Xudolarning  о‘zlari  ham  havodan 

tuzilgan, 

deydi. 

Anaksimen 

boshqa 

antik-yunon 

faylasuflari 

singari 


materiyaning  ilohiylashgani  tо‘g‘risida  fikr  yuritgan.  Anaksimen  xudolarning 

tabiat bilan bir narsa deyishi panteizmdan iboratdir. Bu haqda Sitseron shunday 

yozadi:  «Xudo  havo  ekan,  u  paydo  bо‘ladi.  Anaksimenning  havosi, 

Anaksimandrning apeyroni singari ilohiylashgan, u о‘lmas va yо‘q bо‘lmasdir». 

Shunday  qilib,  Milet  maktabining  namoyandalari  borliq,  harakatning  mohiyati, 

yakkalik  va  umumiylik  о‘rtasidagi  aloqalar  tо‘g‘risidagi  masalalarni  ilgari 

surishga  harakat  qildilar.  Lekin  bu  barcha  masalalar  va 


Download 272,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish