Qаdimgi Yunonistondа fаlsаfаning yuzаgа kelishi vа rivoji: Ioniya fаlsаfаsi (2 soat) Reja



Download 272,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana23.01.2022
Hajmi272,23 Kb.
#404988
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5417915323359693148

ioniya 

falsafasi 

deb  atashgan.  Ioniya  qadimgi  yunon  dunyosida  ijtimoiy  va  madaniy 

jihatdan  yetakchi  о‘rinni  egallab  kelgan.  Iqlimi  yumshoq,  yeri  serunumligi 

tufayli  qishloq  xо‘jaligi  yaxshi  rivojlangan  hamda  dengiz  bо‘yida,  savdo  yо‘li 

chorrahasida  joylashganligi  uchun  ham  hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  ancha 

rivojlangan  edi.  Ioniyaliklar  Yaqin  Sharq  mamlakatlari  bilan  savdo-sotiqni 

yaxshi  yо‘lga  qо‘yganligi  tufayli  ilm-fan  va  madaniyat  tez  ravnaq  topa 

boshlagan  edi.  Ioniyadan  chiqqan  faylasuflar  nafaqat  Ioniya  davlatida  yashab, 

ijod  qilibgina  qolmay,  balki  boshqa  shahar-davlatlarda  ham  yashab,  ijod 

qilganlar.  Masalan,  kolofonlik  Ksenofan  Italiya,  Sitsiliyada,  Pifagor 

Yunonistonning  Kroton  shahrida,  klazomenlik  Anaksagor  Afinada,  miletlik 

Fales,  Anaksimandr  va  Anaksimenlar  Milet  shahar  —  davlatida  yashab  ijod 

etgan. 

Bu  mutafakkirlar  о‘sha  davrdagi  mavjud  tuzumning  ilg‘or  tabaqa 

namoyandalari  sifatida  g‘ayriilmiy  qarashlarga  qarshi  kurash  olib  bordilar. 

Qadimga Yunonistondagi ilg‘or falsafiy ta’limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari 

hamda  Yunonistonda  erishilgan  tabiiy  bilimlar  bilan  uzviy 

bog‘liqlikda  mafkura  maydoniga  kirib  keldi.  Shu  bois 

yunon faylasuflari ayni chog‘da savdogar, sayyoh, siyosiy 

                                                           

4

Copleston  F. A History of Philosophy. - Vol.1. Greece and Rome. - N.Y., London, 2003. – P. 13-14.   




arbob va har tomonlama barkamol tabiyotshunos olimlar edi. 

2.

 

Miloddan  avvalgi  VIII-VI  asrlarda  Kichik  Osiyo,  О‘rta  dengiz 

qirg‘oqlaridagi  Milet  va  Efes  shaharlari  Sharq  hamda  G‘arb  xalqlari  о‘rtasida 

savdo, iqtisodiy, madaniy munosabatlarda muhim rol о‘ynadi. Shunga kо‘ra Milet 

va Efes shaharlari yunon falsafasining beshigi bо‘ldi. 

 

Milet materialistlari о‘z falsafiy qarashlarini tabiiy-ilmiy tushunchalar bilan 



ifodaladilar,  u  zamonda  falsafa  va  boshqa  bilimlar  ajralmagan  holda,  bir  butun 

ta’limot shaklida namoyon bо‘lgan edi. 

 

Yunon  falsafasining  asoschisi 



Fales

  miloddan  avval  624-547  yillarda 

yashagan  bо‘lib,  u  matematika,  astronomiya,  meteorologiya,  fizika  bilimlari 

taraqqiyotida kо‘p xizmat qildi

5

. Asoiy asarlari: “Birinchi boshlang‘ichlar haqida”, 



“Quyoshning  tutilishi  haqida”,  “Teng  harakat  haqida”,  “Dengiz  astrologiyasi”. 

Qadimiy  Yunonistonda  «yetti  dononing  biri»  hisoblanib,  shuhrat  qozongan  Fales 

Misrdagi  bilim  va  tajribani  о‘rganib,  elementar  geometriyani  asosladi. 

Bobilliklarning astronomik tasavvurlarini rivojlantirib qadimiy yunon astronomiya 

faniga  asos  soldi,  oldindan  quyosh  tutilishini  aytish  qoidalarini  hisoblash  usulini 

ishlab, ta’riflab berdi. U dunyoning, borliqning negizi 



suv

 deb bildi. Chunki uning 

kо‘z oldida suvning hayvonot, nabotat va insoniyat hayotida hal etuvchi ahamiyati 

gavdalanar  edi.  Fales  dengizning  kema,  savdo-sotiq  ishlari,  daryo,  masalan, 

Nilning,  dehqonchilikdagi  muhim  ahamiyatini  kо‘rar,  mushohada  etar,  ayniqsa 

yomg‘irning hayotbaxsh xislati uni hayratga solgan edi. Shuning uchun u hamma 

narsa suvdan paydo bо‘ladi va hamma narsa suv shakliga qaytadi deydi. 

 

Qadimgi  yunon  faylasuflaridan  biri 




Download 272,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish