sodda dialektika
darajasida qо‘yilgan va hal etilgan.
Miletliklar shuningdek, о‘zlari qabul qilgan qarorlarini qat’iy
metodologik qimmatini yaxshi his qilganlar. Ular qidirgan umumiylikni
hissiyotdan yetarli darajada mavhumlashmagan shaklda ifoda etganlar. Garchand
miletlik faylasuflar harakatning mohiyati tо‘g‘risidagi masalani qо‘ygan
bо‘lsalar-da, Arastu aytganidek, harakatning manbaini kо‘rsata olmaganlar
8
.
Milet olimlari orasida, ayniqsa, Fales (taxminan 624-575 yillar) ta’limoti
diqqatga sazovordir. Fales faylasuf, astronom, matematik, fizik, siyosiy arbob va
savdogar edi. U Lidiya shohi Krezning Kirga qarshi yurishida ishtirok etgan,
Midiya, Eron mug‘lari bilan muloqotda bо‘lgan, ularning kosmogonik
ta’limotlarini о‘rgangan va shu ta’limot asosida borliq xususiyati, osmon va yer
haqidagi nazariyasini yaratgan. Afsuski, Fales asarlari qadim davrlardayoq
yо‘qolib ketgan. Faqat keyingi davrda о‘tgan faylasuf olimlar, ayniqsa, Aristotel
asarlarida berilgan ma’lumotlarga tayanib olimning ibtidoiy materializmga
asoslangan ilmiy qarashlari haqida fikr yuritishimiz mumkin (Yer kurrasi suvda
turadi, suv hamma narsaning moddiy asosi).
Zardо‘shtiylik kosmogonikasi bо‘yicha yer gardish shaklida, u suvda turadi,
namlik, suv hamma narsaning asosi, yerni okean qurshagan, u xuddi suvdagi
taxtadek. Ana shu doktrinaga binoan zardо‘shtiylar suvni hatto olovdan ham
ortiqroq e’zozlaganlar. Ularning fikricha, yerni qurshagan olti modda (olti
ma’buda)ning birinchisi suv) Apam-Napat). Unda hast kuchi bor, suvdagi hayot
kuchini о‘simlik sharbatlari bilan boyitib borish kerak.
Aristotel keltirgan Falesning ikkinchi tezisi “tabiatdagi hamma narsalarda
xudolarning ishtiroki bor, ular о‘lik emas, tirik”. Bu g‘oya esa Zardо‘shtning
yuqorida keltirilgan fikriga asoslangan. Zardо‘shtiylikda Axypa Mazda avval
borliq va hamma narsalarni tana qobig‘idan (menog) ozod holda yaratgan, keyin
ularga shakl bergan, degan ta’limot bor. Falesning har bir buyumda xudo bor,
degan nazariyasi xuddi ana shu buyumlarning menog holatini eslatadi.
Falesning ikkinchi tezisi esa zardо‘shtiylikning aynan ana shu Amesha-
Spenta ta’limoti ta’siri ostida shakllangan. Borliqning asosi tо‘rt unsur (suv, yer,
olov, havo) ta’limotida ham Sharq falsafasining ta’siri bor. Falesni yunonlarning
dastlabki olimi deyish mumkin. U birinchi bо‘lib yilni 365 kunga taqsimlaydi.
Hisoblab chiqish natijasida eradan avvalgi 585 yildagi kun tutilishini avvaldan
aniq aytadi, soyaga qarab piramidalarning о‘lchash yо‘lini tavsiya etadi va hokazo.
Insoniyat tarixidagi eng kо‘hna va haligacha о‘z kuchini yо‘qotmagan
“Kimligingni о‘zing yaxshi bilib ol” va “Hech narsa haddan ziyoda bо‘lmasligi
kerak” degan ikki hikmat ham Falesga taalluqli deydilar. Haqiqatan, bu
tushunchalar ham Sharq xalqlari etikasida haligacha saqlanib kelmoqda.
Aytishlariga qaraganda Fales о‘z ta’limotini she’r bilan yozgan.
Fales ta’limotini uning shogirdi va vatandoshi Anaksimandr (610-547/46
yillar) davom ettirdi. Anaksimandr yunon adabiyoti tarixidagi birinchi nasriy acap
“Tabiat haqida” risolasini yaratgan edi. Undan olingan parchalar faqat keyingi
davr olimlari Simplikiy va Feorast asarlarida saqlanib qolgan, xolos.
Eron saltanatiga asos salgan Kir (558-529/30) Kichik Osiyoda yunon
shaharlarini bosib olishdan avval ancha tayyorgarlik ishlari olib borib, shaharlarga
mug‘lar (zardо‘shtiylik dini kohinlarini) yuborib, jamoatchilik fikrini о‘z
foydasiga qaratishga harakat qiladi. Tabiiyki, regionda yashovchi davlat arboblari,
8
Copleston F. A History of Philosophy. - Vol.1. Greece and Rome. - N.Y., London, 2003. – P. 14.
adib, olim va umuman donishmandlar mug‘lar olib borgan suhbatlarga qiziqar
edilar. Ulardan о‘z oldilarida turgan muammolarga javob topishga urinadilar.
Anaksimandr zardо‘shtiylik dini kohinlari bilan dunyoning kelib chiqishi,
buyumlarning paydo bо‘lishn haqida suhbatlar olib boradi. U ham Fales kabi
kosmogoniya masalasiga, borliq, hamma narsalar qayerdan paydo bо‘lganiga
kо‘proq qiziqqan. Falesdan farqli о‘laroq, u borliq fazoning cheksizligidan paydo
bо‘lgan, “cheksizlik hamma narsaga yо‘nalish beradi va hamma narsani idora
etadi” [1, 34], - deydi. Aristotel Anaksimandrning bu fikriga izoh berib, “har bir
narsa boshlanishida yо‘qlikdan paydo bо‘lmagan va butun yо‘qolib ketmaydigan
nimadir bо‘lishi kerak”, “har bir paydo bо‘lgan narsaning oxiri bor, lekin u mutlaq
yо‘q bо‘lib ketmaydi”, - deydi. Aristotel bu fikrni “faylasuf aytgan cheksizlik
ilohiyot, chunki u mangu, yо‘q bо‘lib ketmaydi”, - deb izohlaydi.
Aristotelning ana shu yuqorida keltirilgan talqini keyingi davr yunon
falsafasi uchun ham hal etuvchi rol о‘ynaydi. “Cheksizlikdan paydo bо‘lgan
buyumlar ma’lum vaqtdan keyin yana asli holiga, cheksizlikka qaytadi. Shunday
qilib, behisob dunyolar paydo bо‘ladi va halok bо‘ladi”. Cheksizlik haqidagi
nazariya zardо‘shtiylikniig Axypa Mazdasi bilan bog‘liq edi, chunki bu xudoning
makoni osmondagi cheksiz nurda. Anaksimandrning ratsionalistik fikri bо‘yicha
jahonda bizning yerimizga о‘xshagan “dunyolar kо‘p, lekin ular bir-biridan juda
uzoqda, ularni faqat tafakkur kuchi bilan bilib yetish mumkin, kо‘rib bо‘lmaydi”.
Bu ta’limot Axypa Mazda tomonidan yerimizni qurshagan olti kichik ma’buda
yaratilishi haqidagi ta’limot ta’siri ostida kelib chiqqan bо‘lsa kerak, chunki
zardо‘shtiylar fikricha, ularni Axypa Mazda ham bepoyonlikdan yaratgan edi.
Anaksimandr yaratgan kosmogonik ta’limot boshqa yunon faylasuflari
ijodida uchramaydi. Anaksimandrning fikricha, koinotdagi har bir dunyoni avval
havo, keyin olov qurshagan. Yerimizning havo bilan olov qobig‘i о‘rtasida avval
yulduzlar, sayyorlalar, keyin oy va nihoyat quyosh joylashgan, yer konus shaklida.
Kosmogoniyani ana shunday tasavvur etish kohinlar tomonidan ishlab chiqilgan
zardо‘shtiylik ta’limoti bilan bog‘liq. Tо‘g‘ri Anaksimandr zardо‘shtiylarning
kosmos haqidagi nazariyasiga bir qancha о‘zgartirishlar kiritib, ancha
murakkablashtiradi, havoda (atmosferada) teshiklar bor, yulduzlarning katta-
kichikligi ana shu teshiklar bilan bog‘liq, yulduzlar teshiklar orqali kо‘ringan
yerning olov qobig‘i va hokazo. M.Boyl, Ji Si (See)ga suyangan holda
“Anaksimandrning о‘zi shunday murakkab ta’limotni yunon о‘tmishdoshlaridan
olishi yo eronliklarning ta’sirisiz о‘zi ishlab chiqishi mumkin, deb faraz qilish
mutlaq bema’nilik bо‘lur edi. Lekin ayni vaqtda Anaksimandr yunon faniga xos
materialistik metereologiyani eron kosmononiyasi bilan boyitgan holda ishlab
chiqdi”, - deydi. Anaksimandr hayvonot dunyosiga bо‘lgan munosabatida Fales
ta’limotidan kelib chiqib, hamma jonivorlar namlikdan, odamlar hayvonlar
evolyusiyasidan paydo bо‘lgan, deydi.
Miletlik faylasuf olimlarning uchinchisi, Anaksimandrning dо‘sti, shogirdi
Anaksimen (e. av. 585-523 yil) edi. Fales va Anaksimandr asarlari kabi
Anaksimen merosi ham bizga boshqa mualliflarda keltirilgan parchalar orqali yetib
kelgan. Olimning fikricha, hamma narsalar havoning siyraklanishi yoki
zichlanishidan paydo bо‘ladi, siyraklansa olov, zichlansa shamol, bulut, tuman,
keyin suv, yer paydo bо‘ladi; yer tekis doira, uni havo ushlab turadi. Yerdan
chiqqan bug‘lar musaffolashib olovga aylanadi, olov quyoshga, oy va yulduzlarga
aylanadi, yulduzlar barglarga о‘xshab yengilgina fazoda uchib yuradilar. Yunonlar
aytganidek, osmon yoritgichlari yer tagiga kirmaydilar, balki baland tog‘ orqasiga
yashirinib, yana chiqadilar, kechaning kunduz bilan almashinuvi ana shundan.
Baland tog‘ “Hara” (Yunonlardagi Ripey tog‘i, Sharq ertaklaridagi aysonaviy Qof
tog‘i) eroniylar ta’limoti bilan bog‘liq.
Markaziy Osiyoda rivoj topgan ibtidoiy falsafiy ta’limotlar, ayniqsa
zardо‘shtiylik ta’limoti dialektika asoschilarining biri bо‘lmish efeslik Geraklit
(544-475 yil) dunyoqarashiga ayniqsa kuchli ta’sir etgan. Geraklit “Tabiat haqida”,
“Muzlar” va “Logos” singari asarlar muallifi. Uning asarlari tо‘liq yetib
kelmasada, juda kо‘p parchalar saqlanib qolgan.
Fales borliqning asosi suv, Anaksimandr havo desa, Geraklitning fikricha,
hamma narsaning asosi olov. Zardо‘shtiylik ta’limotida esa Axypa Mazda
Amesha-Spenta — olti kichik xudolar — olti borliqni olovdan barpo etgan, olov
ularga hayot va issiqlik beradi, deyiladi. Geraklitning fikricha, olov yerdan
chiqqan va uni о‘zgartirib yuborgan. Olov kosmosdagi dunyolar о‘rtasidagi
aloqani ta’minlaydi, havo, suv, yer olovdan paydo bо‘ladi va ma’lum vaqtdan
sо‘ng hammasi yana о‘tga aylanadi. Dunyoda hamma vaqtdan sо‘ng hammasi
yana о‘tga aylanadi. Dunyoda hamma narsa doimiy harakat va о‘zgarishda, qotib
qolgan narsa esa umuman bо‘lmaydi. Doimiy о‘zgarish va harakatni Geraklit
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi sifatida tushunadi. Bu tezisning asosida
zardо‘shtiylik dinidagi Axypa Mazda bilan Angra-Manyu, Yaxshilik va Yomonlik
о‘rtasidagi doimiy kurash yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |