3. Yamxad davlati va geksoslar. Miloddan avvalgi XIII asrda amoriy qabilalarining katta guruhi Shimoliy Suriyaga bostirib kiradilar. Ularning sardori Sumuepax Yamxad davlatini tuzib, o`zini podsho deb e`lon qiladi. U Karxemish bilan Katna shahri oralig`idagi Suriya yerlari ustidan hukmronlik qiladi. Sumuepax vafotidan keyin Yamxad taxtiga uning vorisi Yarimlim o`tiradi. Bu davrda Yamxadning poytaxti Xalap shahri bo`lgan. U Bobil podshosi Hammurapi va Mari podshosi Zimrilimga zamondosh bo`lgan. Yamxad, Mari va Bobil bilan qizg`in savdo ishlari olib borgan. Yamxad savdogarlari Mari va Bobilga bug`doy, zaytun moyi, uzum musallasi, mis, gazlama va boshqa hunannandchilik mahsulotlarini olib boiganlar. U yerlardan esa Yamxadga qo `rg `oshin, zargarlik buyumlari, qurol-aslahalar olib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |