5. Hunarmandchilik va savdo. Suriya va Finikiyada hunarmand-chilik qadim zamondan boshlab rivoj topgan. Aholi Livan va Antilivan togiaridan sifatli temir qazib olganlar. Temirchi ustalar temirdan qurol-aslaha, qishloq xo`jalik asboblari va har turli buyumlar yasaganlar. Bu o`lkada to`qimachilik ham ancha rivoj topgan edi. To`quvchi ustalar jun va zig`ir poyalaridan nozik tolalar chiqarib, ulardan ajoyib gazlama-matolar to`qiganlar. Bu gazlama-matolarni och va to`q qizil bo`yoqlarga bo`yaganlar. Bo`yoqlar dengiz molluskalaridan olingan. Dengizga sho`ng`uvchilar dengiz tubidan gavhar, chig`anoqlar olib chiqqanlar. Chig`anoq ichidagi molluskadan esa qimmatbaho qirmizi suyuqlik siqib olingan. Gazlamalarni qirmizi rangning har xil tusiga bo`yaganlar. Molluska bo`yog`i bilan bo`yalgan kiyimlar rangi yuvilganda ham o`chmagan. Suriya va Finikiyaning dengiz bo`yi shaharlarida, xususan Ugaritda to`q qizil va har xil bo`yoq tayyorlaydigan ustaxonalar bo`lgan. Suriya va Finikiyaning qirmizi bo`yoqlari va matolari qo`shni mamlakatlarda yuqori baholangan.
Mitanni podshosi Misr fir`avniga o`z qizini uzatar ekan, boshqa sovg`alar bilan bir qatorda qiziga och qizil bo`yoq va shu rangdagi gazlama, kiyim-boshlar hadya etgan edi. Shubhasiz och qizil bo`yoq Mitanniga Finikiyadan keltirilgan. Finikiyada shishasozlik va oyna tayyoriash ham rivoj topgan. Ular bu hunarni misrlik va bobillik ustalardan o`rganganlar.
Suriya va Finikiyada zargarlik ham rivoj topgan. Ustalar mis, kumush, oltin, qo`rg`oshin, fil suyagi va boshqa buyumlardan ajoyib zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Finikiyaliklarning zeb-ziynat buyumlariga yunonlar, xettlar, misrliklar, yahudiy va boshqa qo`shni xalqlar yuksak baho berganlar. Finikiya va Suriya ustalari miskarlik, temirchilik, qurolsozlik, kulolchilik sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar.
Suriya, ayniqsa Finikiya kemasozlikda shuhrat qozongan. Finikiyaning Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon va Tir shaharlari yaqinida kema yasaydigan va ta`mirlaydigan ustaxonalar boigan. Kemasozlar, dengiz bo`yi ustaxonalarida dengizlarda suza oladigan eshkakli katta-katta kemalar yasaganlar. Finikiya dengizchilari O`rtayer dengizidagina emas, balki Qizil, Arab dengizi, Hind va Atlantika okeanlarida ham bemalol suzganlar.
Shuni ta`kidlash lozimki, qadimgi podsholik davridayoq misrliklar kema turlaridan birini «Bibl» kemasi deb ataganlar. Miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodot fors flotidagi kemalar ichida finikiyaliklar yasab bergan kemalar juda yaxshi yurishi bilan boshqalarnikidan ajralib turadi – deb yozgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |