Qadimgi sharq madaniyati



Download 137,5 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2022
Hajmi137,5 Kb.
#717417
1   2   3   4
Bog'liq
Madaniyatshunoslik rivojlanishi asosiy bosqishlari (2)

Adabiyot. Bizga yunon yozma adabiyotining eng qadimiy na'munalaridan Gomerning "Iliada" va "Odisseya" epik poemalari yetib kelgan. Troya urushi voqealarini aks ettirgan bu poemaiar qahramon shaxslar va mashhur tarixiy voqeaiar madhiyasiga bag'ishlangan epik qo'shiqlar asosida maydonga kelgan. Gesiod (mil. av. VIII - VI! asrlar) didaktik folklor ta'sirida borliqning paydo bo'lishi va xudolarning kelib chiqish manzarasini yaratdi ("Teogoniya"), mehnatni hayotning asosi sifatida ulug'ladi("Mehnat va kunlar").
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lmot bergan. Qadimga Yunon teatri miloddan avvalgi VI asrlarda qishloq xo’jaligi xomiysi, hudo Dionis shaeafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Yunonlar teatrni “katta yoshdagilar maktabi” deyishgan.
Teatr yunonchada “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 ming tomoshabin joylashgan.
Teatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragdiyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Ularning “Zanjirband Prometey”, “Forslan” tragediyalari, Sofoklning “Shox Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo’lgan. Sofokl 120 dan ko’proq tragediya yozgan.
Aristofan “Tinchlik”, “Suvoriylar” degan komediyalarida urush voqealarini va o’sha davrdagi illatlarni tasvirlagan. Bu ijodkorlarni xalq hurmat qilib Afina teatriga haykallarni o’rnatganlar va “donishmandlik yo’lboshchilari” deb ataganlar.
O'rta asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati. O'rta asrchilik butunlay primitiv asosda rivojlandi. O'rta asrchilik hamma narsani eng boshidan boshlash uchun qadimgi tsivilizatsiyani, qadimgi falsafa, siyosat va yurisprudentsiyani yer bilan yakson qilib tashladi. Uning barbod bo'lgan qadimgi dunyodan qabul qilib olgan birdan – bir merosi xristianlik va yarim xaroba holiga kelgan, o'zining ilgarigi butun tsivilizatsiyasini yo'qotgan bir necha shahar bo'ldi.
O'rta asr falsafasi (G'arbiy YEvropa mamlakalarida) – G'arbiy YEvropa feodal jamiyati falsafasi, bu falsafa Rim imperiyasining halokatidan boshlab (5 asr) to kapitalistik jamiyatning ilk formalari paydo bo'lganga qadar (14 – 15 asrlar) o'tgan davrda rivojlandi. Antik quldorlik jamiyatining inqirozi falsafasining tushkunligi bilan birga bordi. Antik falsafiy meros yo'qotilgan va 12 asrning 2 – yarimigacha G'arbiy YEvropa olimlariga noma'lum edi. Diniy ideologiya: YEvropada 2 xildagi (Rim katolitsizmi va Vizantiya pravoslaviyasi) xristian ideologiyasi hukmron ideologiya bo'lib qoldi. Maktab, maorif cherkov qo'liga o'tdi, cherkov aqida va ahkomlari tabiat, olam va inson haqidagi hamma tasavvurlarga asos bo'lib qoldi. Maktablarning (dunyoviy va diniy maktablarning) rivojlanishi, 12 asrning o'rta asrlaridan boshlab esa dastlabki universitetlarning tashkil etilishi (Italiya, Angliya, Frantsiya, Chexiyada) falsafa oldiga din aqidalarini falsafiy jihatdan tushuntirish va hatto asoslab berishda cherkovga yordam berish vazifasini qo'ydi. Falsafa bir qancha asrlar davomida “ilohiyot xizmatkori” bo'lib qoldi. Bu rolni u majusiylikka qarshi xristianlikni madh – himoya qiluvchilar faoliyatida, so'ngra esa “cherkov otaxonlarining” asarlarida bajarib keldi. Bu “otaxonlar” dan G'arbda eng yirigi bo'lmish Avgustin Xristian falsafasi ta'limotlari sistemasiga neoplatonizmning qator ideologiyalarini kiritdi. Sharq neoplatonchilari, shular jumlasidan. Soxta – Dionisiy Areopagit (5 asr) neoplatonizmning ta'sirining ikkinchi – g'arb uchun manbai bo'lib qoldi.
XII asrning o'rtalarida Aristotelning asosiy asarlari lotinchaga tarjima qilindi avvalda cherkov dushmanlik ko'zi bilan qaragan Aristotel ta'limotlari ko'p o'tmay xristianlikning falsafiy asosi sifatida e'tirof etildi. Shu paytdan boshlab sxolastika muallimlari Aristotel asarlarining sharhlovchilari va sistemalashtiruvchilari bo'lib qoladilar. Ular aristotelizmni o'zlarining diniy va falsafiy tushunchalariga moslashtiradilar, aristotel dunyoqarashining eskirgan qismlarini (masalan, geotsentrik sistemasini, uning fizikasi printsiplarini) aqidaparastlarcha o'zlashtiradilar, fanda yangilik izlashning hammasini rad etadilar. XIII asrda Buyuk Albert, Foma Akvinskiy va Ioani Duns Skott sxolastikaning asosiy sistemalashtiruvchilari edilar. Cherkov Foma Akvinskiyning faoliyati va ta'limotiga eng yuksak baho berdi: uni o'z “avliyolari” qatoriga qo'shdi, XIII asrning 2 – yarimida esa uning ta'limotini o'zining rasmiy falsafiy doktrinasi deb e'lon qildi (Neotomizm).
Diniy – klerikal adabiyot. Xristian cherkovi o'rta asr obskurantizmi (jaxolatparastligi) ning tayanchi bo'lib xizmat qildi. U o'sha davr ma'naviy hayotining hamma tarmoqlarini qamrab olib, ularni o'z hukmiga bo'ysundiradi.
Cherkov o'rta asrlar davomida insonni din jaxolati bilan kishanlashga injener, savodsiz ommani afsonaviy jannat va'dalari bilan g'avlatda saqlar, itoat etmaganlarni esa do'zax azobi bilan qo'rqitar edi.
Xristian dini siyosat, huquq, axloq va ideologiyaning boshqa shakllariga ham aralashar, sud ustidan nazorat olib borar edi. Ilm – fan xukmron feodal – cherkov sxolastik ta'limoti tazyiqi ostida edi.
G'arbiy YEvropa davlatlaridagi xalqlarining tili turlicha bo'lsa ham, lekin ular xristian dinida bo'lganliklari tufayli, katolik cherkovi lotin tilida ish olib borar, ruhoniylar esa bu tilni “muqaddas til” deb ko'rsatishga urinar edi. Shu sababli monastir maktablarida ham lotin tilida o'qitilar edi.
Avliyolar hayoti haqidagi ertak, injil tekstlarni bayon etuvchi diniy afsona va gimnlar diniy – klerikal adabiyotga oid janrlardir. Avliyolar turmushini aks ettirgan afsonaviy ertaklarda tarkidunyochilik, jonni qiynash va shu yo'l bilan tanni emas, jonni “tozalash” kerakligi targ'ib qilinadi.
San'at va adabiyotning Gotika uslubida rivojlanish – asosan G'arbiy YEvropa mamlakatlari san'atida XII asrda vujudga kelib, XIV – XV asrlarga xukmron bo'lgan badiiy uslubning shartli nomi.
Evropada o'rta asrlarni quyidagi davrlarga bo'lish mumkin:
1. Ilk o'rta asr – 5 -11 asrlar.
Bu davr feodal munosabatlarga o'tish, feodallar tabaqasining shakllanishi, katolik cherkovi ta'sirining kuchayishi, oliy ta'lim muassasalari – universitetlarning paydo bo'lish davridir.
2. Mumtoz (klassik) o'rta asr – 11 asrdan 15 asr o'rtalarigacha bo'lgan davr.
Ushbu davrga xos xususiyatlar shundaki, qishloqdagi ishlab chiqarish rivojlanib qolmasdan, shaharlarda ham xunarmandchilik tsexlari paydo bo'ldi, shahar infratuzilmasi yaratildi, markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi. Qirol hokimiyati kuchayib, uning jamiyat ravnaqiga ta'siri ortib bordi. Kitob nashr etish yo'lga qo'yildi, fanning qator tarmoqlariga asos solindi.
3. So'nggi o'rta asr – 16 asr – 17 asrning birinchi yarimi.
Bu davrda ilm – fan va texnika rivojlanadi. Inson turmush darzida buyuk o'zgarishlar yuz berdi, yangi qit'alar kashf etildi. Kapitalistik munosabatlarga asos solindi. Demokratik tamoyillar shakllandi.
O'rta asrlarning “zulmat dunyosi” timsolida ushbu davr namoyondalari bo'lgan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar, diniy ulamolar va davlat arboblarining ham hissasi bor, albatta. Chunki ular o'z ijodida asosan zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar. Bunday asarlarda kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norizilik tuyg'usi sezilib turadi.
O'rta asr YEvropa madaniyati cherkov – diniy g'oya bilan yaqindan bog'langan edi. Cherkov ta'siri o'rta asr madaniyatining turli sohalarida, chunonchi, fanda maktabda, adabiyotda, san'atda aks etdi.
Ilm – fan u qadar rivojlanmagan ilk o'rta asrlar davrida, taxminan II asrning 2 – yarimigacha o'rta asr jamiyatiga g'oyaviy rahbarlik asosan cherkov tasarrufida bo'ldi. Kishilarning olam to'g'risidagi bilimlari mahalliy cherkov ta'limoti doirasi bilan cheklanardi. Boshqa mamlakatlar to'g'risida ma'lumotlar juda oz bo'lganligidan, yevropaliklar ancha vaqtgacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalarni to'qishardi. Fan va texnika taraqqiyoti darajasi juda past bo'lganligidan, odamlar qurg'oqchilik, toshqin va kasalliklar oldida ojiz edilar.
Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g'oyalarni yaratdi: falsafada – teologiya, adabiyotda ilohiy, didaktik shakllar, musiqada cherkov gimnlari – liturgiya va messa, tasviriy san'atda xristianlik syujetlari (bu atama fikr so'qish, dogmatizm, mazmunsiz, yuzaki bilimni anglatgan) edi. Ilohiyot olam va inson haqidagini o'z “ilmiy” manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda YEr – Olamning Ierusalim – dunyoning markazi, degan qarash hukmronlik qildi. Insoniy majoziy tarzda mikrokosmos, tana – yer, qon – suv, nafas – havo, harorat – olov, ya'ni u boshlang'ich ibtidodan iborat, deb qaraldi.
O'rta asr YEvropasida aholining mutlaq ko'pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar nafaqat dehqonlar, balki feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko'pchiligi imzo chekish o'rniga belgi qo'yganlar. G'arbiy YEvropada uzoq vaqtgacha ruhoniylargina savodxon bo'lib keldi: ular diniy kitoblarni o'qishlari, ibodat duolarni bilishlari, xudoning qudratini dindorlarga chiroyli qilib tasvirlab, kishilarni ishontirishlari lozim edi.
Cherkov va monastirlar xuzurida tashkil etilgan quyi maktablar o'z oldiga savodxon dindorlarni tayyorlashni maqsad qilib qo'ygan, bu maktablarda asosan lotin tilini, ibodat va duolar o'qish tartiblarini o'rganishga e'tibor berilar edi. 9 asrda cherkov – yepiskoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o'rta asr universitetlari vujudga keladi. G'arbiy YEvropa mamlakatlarning hammasidagi ta'lim muassasalarida o'sha vaqtda biron xalq gapirmaydigan lotin tilida o'qitilgan.
G'arbiy YEvropadagi dastlabki universitetlar II asrda paydo bo'lgan. Universitet – lotincha “majmua” ma'nosini ham anglatadi. Ilmiy darajalar (bakalavr, magistr, doktor) tizimi takomillashgan. Bakalavr, magistr, doktor kabi darajalar tabaqalanishi universitet ta'limining ko'p bosqichlariga mos kelar edi. Ta'limning birinchi bosqichi 7 ta fanni o'z ichiga olgan ikki davrdan iborat edi:
1 davrda – trivium (grammatika, notiqlik, mantiq);
2 davrda – kvadrium (arifmetika, astronomiya, musiqa, geometriya).
Oliy maktablar 13 asrda Boloniya, Monpele, Palermo, Parij, Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman, ayrim ma'lumotlarga ko'ra, 15 asrga qadar YEvropa davlatlarida 60 ga yaqin universitet ochilgan.
14 asrdan qog'ozning keng qo'llanishi esa, uni yanada ko'proq chiqarish imkoniyatini tug'dirdi. Qog'oz Xitoydan Sharq davlatlari, jumladan, Samarqand orqali YEvropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qog'oz ustaxonalari 12 asrdan ishga tushgan. Keyinchalik, 14 asrdan esa bu soha italiyada ham rivojlangan. YEvropadagi dastlabki ustaxonalarda qog'oz eski lattalardan tayyorlangan.
Germaniyada 1445 yili Iogann Guttenbergning kitob bosish dastgohini kashf etishi natijasida kitobning ommaviy tarqalishi YEvropa madaniy hayotining yanada yuksalishiga olib keldi.
Ikonografiya – bu Iso payg'ambar timsolini yaratishda rassom asoslanishi, qat'iy amal qilishi lozim bo'lgan qonun – qoidalar majmuasidir. Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy – hissiy bog'lanish, aloqa shakli sanalgan. Tasvirda Xudoni bandalarning gunoh kechmishlarini mag'firat etishga qaratilgan motamsaro ko'rinishini ifodalagan ikonalar yaratishning turli milliy, xududiy maktablari paydo bo'la boshladi (masalan, Vizantiya, Rus matablari). Ikona chizishda rassomlar yirik tasvirlarga turli qismlar, kiyim va umumiy rangning haqiqatga yaqin bo'lishiga intilmaganlar. Tasvir keng qamrovli bo'lib, real hayotiylikdan chetlash orqali tomashabin e'tiborini to'la badiiy asarning ruhiy mazmuniga qaratish imkonini bergan.
O'rta asrlar musiqasida ham asosiy mavzu xudoni kuylash, injil asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy – axloqiy poklanish, gunohdan mag'firat bo'lish aqidalari edi.
Xulosa qilib, o'rta asrlar feodal istibdodi diniy xurofot asridangina iborat bo'lib qolmadi. O'rta asrlar bizga ajoyib adabiy meros va arxitektura yodgorliklarini qoldirdi. Bu davr “buyuk progressiv o'zgarishlar” davri, pahlavonlarga muxtoj bo'lgan va titanlar yaratgan, o'zlarining o'lmas asarlari bilan kishilik madaniyati rivojiga katta hissa qo'shgan Bokkachcho va Rable, Shekspir va Servantes kabi titan yozuvchilarning yetishib chiqishlariga zamin tayyorlagan davr ham bo'ldi.
Yevropada Uyg'onish davri madaniyati. XV – XVII asrlar jahon tarixida Renessans yoki Uyg'onish davri nomi bilan mashxurdir. “Renessans” so'zinng ma'nosi o'rta asr va madaniyatda voz kechish, antik (yunon-rim) madaniyati va san'ati an'analariga qaytish, uning Uyg'onishi davridir. Shu bilan birga Renessans badiiy uslub hamdir. Bu davrda YEvropa mamlakatlarida birin – ketin madaniy yuksalish ko'zga tashlandi. Bu madaniy yuksalish, birinchi navbatda, ijtimoiy – iqtisodiy o'zgarishlar bilan, jamiyat hayotida shaharlarning, shahar madaniyatining, xunarmandchilik ishlab chiqarishining rivoj topishi bilan uzviy bog'liq edi. Renessans madaniyati birinchi bo'lib Italiyada boshlandi. Ma'lumki, Italiyada o'sha davrda O'rta dengizda, temir yo'l va havo yo'llari bo'lmagan bir davrda, suv yo'li orqali savdo – sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy – madaniy aloqalarni avj oldirishda markaziy o'rinlardan birini egallar edi.
Italiya suv yo'li orqali bevosita rivoj topgan Sharq davlatlari, xususan, arab davlatlari bilan yaqindan aloqada bo'lishga intildi. IX – XII asrlarda Yaqin va O'rta sharq xalqlari, musulmon Sharqi madaniyatining yuqori cho'qqiga ko'tarilgani tarixdan ma'lum. Italiyaning bu davlatlar bilan iqtisodiy – madaniy aloqalari YEvropada Renessans madaniyatining vujudga kelishida muhim rol o'ynagan.
Italiyaning sharqiy qo'shnisi bo'lgan ispaniyada esa musulmon madaniyatini bevosita rivoj ettirgan arab davlati - Qordova halifaligi deyarli XV asrlarga qadar davom etdi. Bular hammasi Italiyada boshlangan Renessans, Uyg'onish madaniyati shakllanishida IX – XII asrlarda Yaqin va o'rta sharq mamlakatlarida vujudga kelgan arab tilidagi madaniyat, Sharq Uyg'onish davri madaniyati, fani bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatdi.
XII – XIV asrlarda Italiyada Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Marvoziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur sharq olimlarining asarlari lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o'rganishga intilish kuchaydi. Bu asarlar YEvropaga keng tarqaldi va renessans madaniyatining muxim qismiga aylandi.
Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish