Lotin yozuvli o‘zbek alifbosi: o‘zgarishlar xronologiyasi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov



Download 0,61 Mb.
bet1/5
Sana22.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#401015
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Lotin yozuvli крил


Lotin yozuvli o‘zbek alifbosi: o‘zgarishlar xronologiyasi

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining qariyb yuz yillik evolyutsiyasi haqida ma'lumot beradi.

Lotin alifbosiga o‘tish masalasini o‘tgan asrning boshlarida yashab ijod etgan jadidlar ko‘tarib chiqqan edi. Ular millatning millat sifatida shakllanishi, tanilishida ma'lum qonun-qoidalar asosida tizimlashtirilgan, ma'lum me'yorga keltirilgan adabiy til zarurligini anglab yetganlar. Boshqa turkiy xalqlarda bo‘layotgan lotinlashtirish harakatiga jadidlar ham qo‘shildilar.

1926 yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida turkiy xalqlarning lotin alifbosiga o‘tishlari haqida qaror qabul qilinadi. O‘zbekistonda ham lotin yozuviga o‘tish, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini yaratish bo‘yicha jiddiy harakatlar boshlanadi. Turli anjumanlarda, matbuotda mavzu yuzasidan qizg‘in muhokamalar boshlanadi.

O‘sha paytda alifbodagi harflarni belgilashda jadidlar ikkita guruhga bo‘lingan edilar. 1-guruh – turkiy tillarda mavjud singarmonizm qonuniyatini o‘zbek tilida ham borligini e'tirof etuvchilar. 2-guruh – o‘zbek tilida singarmonizm qonuniyati buzilgan deb e'tirof etuvchilar.

Birinchi guruh qarashlariga ko‘ra, o‘zbek tilida ham boshqa turkiy tillardagi kabi 9 ta unli bor (singarmonizm qonuniyatiga ko‘ra, unlilar qattiq-yumshoq variantga ega) va ular alifboda aks etishi kerak. Ikkinchi guruh esa o‘zbek tilida 6 ta unli bo‘lishi kerak, degan taklifni ilgari suradi.

1929 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Til va imlo anjumanida lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilinadi va birinchi guruh tavsiya qilgan alifbo tasdiqlanadi.

Jadidlarning asosiy xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, ular milliy alifboga «ng» (ңg) tovushi uchun alohida harf kiritdilar. Bu haqda o‘tgan asr boshlari tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Boymirza Hayit shunday yozgan edi:

«Jadidchilar arab harflarini qulay o‘rgatmoq va turkchani to‘g‘ri talaffuz ettirmoq uchun arab harflaridagi fatxa, kasra va zamma ishoratlari o‘rniga alohida harflarni ilova qilgandilar. Ular bu alifboga turklarning eng eski «ng» harfini ham qo‘shdilar. Turkistonda alifbo shu tariqa yaratilgandi».

«ng» tovushi turkiy tillarning eng qadimiy tovushi ekani tilshunoslar tomonidan e'tirof etilgan (bu haqda qarang: H.Ne'matov. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi, 1992, 65-b).

Shu bilan birga, 2 xil j (portlovchi va sirg‘aluvchilari uchun) harflari qabul qilindi: ç (jo‘ja), ƶ (ajdod), ch tovushi esa c bilan belgilandi. Hozirgi o‘zbek tilidagi yarim lablangan o tovushi uchun harf belgilanmagan. Bu tovush mavjud emas, deb hisoblashgan (e'tibor bering: odam – adam, bosh – bash)

O‘sha davrda qabul qilingan o‘zbek alifbosi quyidagicha edi (33 ta harf va 1 belgi)*:



Lekin singarmonizm tarafdorlari va ularga qarshi bo‘lganlar o‘rtasidagi bahs-munozaralar to‘xtamaydi, alifbo tasdiqlanganiga qaramay, unga amal qilmaslik, imloda har xilliklar yuzaga keladi.

1934 yilda Toshkentda alifbo va imloga bag‘ishlangan Respublika qurultoyi o‘tkazilib, unda o‘zbek adabiy tilida unlilar miqdori 9 ta emas, 6 ta deb hisoblash kerakligi haqida qaror qabul qilinadi. Alifbodan ө (o (o‘) ning yumshoq varianti), u (u ning yumshoq varianti), (i ning yumshoq varianti) chiqariladi.

Yangi tahrirdagi alifbo quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan (30 ta harf va 1ta belgi):



O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, respublikada o‘zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o‘tkazish haqida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonuni e'lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o‘zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.

Yangi tahrirdagi alifbo quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan (31 ta harf va 1 belgi):

E'tibor berilsa, ç (ch), ş (sh) harflari eski alifbodan aynan olingan, ğ (g‘), ö (o‘), ñ (ng), ɉ (qorishiq j) harflari yangidan belgilangan. Tahrir qilingan alifboga 1ta harf – c (ts) kiritilgan.

Lekin oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas, biz bilmagan noma'lum sabablarga ko‘ra, alifboga yana o‘zgartirish kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 6 may kuni alifboga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qiladi.

Bu hujjatga binoan:


  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish