Yunon va Rim antik madaniyati. Afina madaniyatining rivojlangan davri (mil. av. V -IV asrlar) yunon adabiyoti uchun ham yuksak bosqich bo'ldi. Dramatik janrlar taraqqiy etdi. Mifologik syujet asosida tragediya yetakchi janrga aylandi.
Antilk falsafa. Falsafa tarixida muhim o'rin tutadi. Qadimgi Gretsiya faylasuflari quldorlik tuzimini asoslashga intildilar. Qadimgi grek mutafakkirlari Sharq mamlakatalarida to'plangan tabiiy - ilmiy bilimlari va falsafly g'oyalarni o'rganib yanada rivojlantirdilar va boyitdilar. Antik falsafa tarixi boshlang'ich tibbiyot bilimlari va ilk sodda materializmning diniy - mifologik qarashlarga, ideaiizmga qarshi kurash tarixidan iborat. Qadimgi grek falsafasi Milet maktabi namoyondalari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen) qarashlaridan boshlanadi. Milet maktabi tarafdorlari yagona bir butun dunyo nima ekaniigini tushunishga, tabiatdagi barcha narsalarning birinchi asosini topishga urindilar. Ularning nazaricha, bepoyon olamning kelib chiqishi va rivojida hech qanday xudolarning ishtiroki yo'q, hamma narsaning asosi doimo harakatdagi va o'zgarib turuvchi moddadir, Ana shunday moddani Fales suv, Anaksimen havo, Anaksimandr nomuayyan muhit (apeyron), Geraklit olov deb hisobladi.
Tasviriy san'at. Gomer davri san'ati haddan tashqari oddiy bo'lib yog'ochdan xudolar haykalini va geometrik naqshli vazopis san'ati (vazalarga turli xil rasmlar solish va yozish) rivojlangan. Bizgacha yetib kelgan san'at yodgorliklari ichida bronza va marmar ko'proq.
Arxitektura. Gertsiayada quldorlik demokratiyasining kuchayishi davrida stadion, girr.naziya, majlislar zali (dulevteriyiar), ibodatxonalar, injenerlik inshoatlari (suv o'tkazgich va h.k.) va jamoat binolari ko'plab qurildi. Masalan, Gera, Korinfdagi Apollon ibodatxonasi, Selinundagi ibodatxonalar va b. Teatri - meva xudosi Dionis sharafiga bag'ishlangan bayramtarda ijro etiladigan o'yinlardan boshlangan. Ellinizm davri (mil. av. IV - I asrlarigacha) dramatik ko'rsatuvlarda xos asosiy rol o'ynagan. Mil. av. VI asrning 2 - yarmida shoir Fespid sahnaga akterni olib chiqdi. Teatr bayramlar ochiq havoda ko'rsatiiadigan har xil o'yinlar bilan o'tar edi. Gretsiya teatrida ayollar rolini erkaklar niqob kiyib o'ynar edi. Esxil saxnaga 2 aktyorni olib keldi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojiaiarida 3 aktyor paydo bo'ldi, dialog ko'paydi.Qadimgi yunonlar me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.av. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi.
Qadimgi yunonlar me’morchilikda ustunli binolar qurishlikni misrliklardan o’rgangan bo’lsada, bu usulniqayt ishlab uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar. Dastlab bunday binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, yerga o’rnatilgan. Keyinchalk marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga o’xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli uslibdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland poydevorlari bo’lib, ichi va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan.
Afina akropolidagi Parfenon, Erexteyon ibodatxonalari yunon me’morchiligining nodir asarlaridan bo’lib, hozirgacha saqlanib qolgan. Prafenon ustunlari doriy uslubda bo’lsada, tarz-tarovati ioniycha uslibdadir. Uning qarshisidagi Erexteyon ibodatxonasi sof ioniycha uslubda, qiz haykallar ustun vazifasini bajarib, nafis ishlangan.
Mil.av. IV asrda rasm bo’lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf o’simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan.
Yunon haykaltaroshligi ham mil.av. V-IV asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Haykaltaroshlar bu davrda odam gavdasining harakat qilib turgan holatini tasvirlashni bilib olganlar. Miron, Poliklet, Fidiy, Traksitel, Skopas, Lisini kabi haykaltaroshlar yaratgan haykallar jonli harakatli holatda ishlangan.
Yunon rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo’lsa-da, asosan ko’za, vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni tortadi.Gretsiya (qadimgi Yunoniston, Ellada) - Bolqon yarim orolining janubiy, Egey dengizidagi orollar,Kichik Osiyoning g'arbiy sohili, Apennin yarim orolining janubiy sohili. Sitsiliya oroli, Marmar, Qora va O'rta dengiz soxillarida tashkil topgan quldorlik davlatlar guruhi.
Arxeologik ma'lumotiarga qaraganda, Gretsiya mintaqasida odamlar qadimdan yashab kelgan. Mil. Av. VIII - VI asrlarda ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy tashkilotmng alohida shakii bo'lgan qadimgi Gretsiya jamiyati - polislar aholisi erkin grajdanlardan iborat bo'lgan shahar - davlatlar vujudga keldi. Polis erkin grajdanlari yerga va quruqlikga egalik qilgan. Grek mustamlakachiligi shu davrda avj olgan. Egey dengizining shimoliy qirg'og'i, Sitsiliyaning sharqiy qismi, Italiyadagi tarent ko'rfazi qirg'oqlaridan to qora dengiz qirg'oqlarigacha bo'lgan yerlar Gretsiya mustamlakasiga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |