Bobil madaniyati
Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o`choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo`lmish Shumer mixxati miloddan avvallgi IV mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval «suv», «quyosh» va boshqa alohida so`zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo`lgan.
Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalar zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta`lim olguvchi maktablar tasilkil qilingan edi. O`quvchilar sopol toshtaxtachalarga suyak va yog`ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Sopol toshtaxtachalar avval oftobda quritilgan, so`ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu toshtaxtalar ilk kitoblar bo`lib, o`quvchilar asotirlar va afsonalarni Ko`chirib yozishgan, o`simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro`yxatlar tuzishgan. Toshtaxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o`tilgan.
Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy nalendarlari ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 Kun, oy yili 354 Kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar – munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo`lishgan. Eng qadimgi rasadxona (observatoriya)lar baland Ko`pzinali ibodatxonalar – zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan.
Mesopotamiyada zoologiya biologiya, ximiya va tibbiyotga oid bilimlar ham ravnaq topdi. Miloddan avvalgi III mingyillikdayoq bu yerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo`yicha dasturilamal tuzilgan edi.Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliidar va bobilliklarga nemalarda Fors Ko`rfazi va Arabiston dengizi qirg`og`i bo`ylab suzishga imkoniyat bergan. Olam yaratilishi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi.
Shumerlar eng qadimgi yozuv – mixxatni ixtiro qilishgan. Shumerlar qo`li gul quruvchilar va hunarmandlar bo`lishgan. Shumerlar uchi o`tkirlangan tayoqchalar bilan pishmagan loy – sopolga yozishgan. Zargarlik san`ati shumerliklar orasida yuksak darajaga ko`tarildi. Qo`li qul ustalar oltin va kumushdan har xil zeb-ziynatlar yasashgan.
Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor iloh bo`lgan. Shamash oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea, hosildorlik va muhabbat, hamda urush va g`alaba ilohasi Ishtar esa ikki yuzli bo`lgan. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari xom g`ishtdan terib chiqilgan muhtasham inshoot ko`rinishida bo`lgan.
Shahar-davlatlar tepasida hukmdorlar turardi. Bundan 5000 yil muqaddam Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi Ur shahri bo`lgan. Arxeologlar qazib ochgan podsholar maqbarasidan topilgan topilmalar ham Urning kuch-qudratidan dalolat beradi. Bular oltin buyumlar, dabdabali qurol-yaroqlar, kumush idishlardir.
Mesopotamiyadagi katta-katta yer mulklari hukmdorlar va kohinlar qo`l ostida bo`lgan. Dalalarga qullar va erkin yollanma mehnatchilar ishlov berishgan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi Kichik-Kichik yer ulushlariga egalik qilar edi. O`z oilasini boqish uchun kambag`allar podsho va ibodat-xona mulklarida mehnat qilar edilar.
Miloddan avvalgi III mingyillik o`rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko`pgina shaharlari Lagashga qo`shib olindi.
Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o`rab olingan edi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko`chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga borar edi. Qurilish tosh, xom va pishgan g`isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan hashamli bezatilgan edi. Ibodatxonada qazilgan hovuzda baliqlar suzib yurardi, shuningdek, kaptarlar kun kechiradigan bog`, hamda turli hayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog` ham barpo etilgan. Urush paytida shahar aholisi sardorni saylashgan. Bora-bora ularning nufuzi ortdi, sardorlar muntazam hukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar-davlatni aslzodalar, kohinlar va armiyaga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Stingl M. Arxeologiya Mesopotamii. M.,
2. Oppengeym. Mesopotamiya. M.,
Internet saytlari:
http://www.uzvip.uz/theory/Mesopotamiya-(Qadimgi-Mesopotamiya-xalqlari-madaniyati)/534/#
http://history.mtu.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |