5. Qadimgi Mesopotamiya tabobati. Mesopotamiya issiq mamlakat bo`lganligi uchun bu yerda turli kasalliklar keng tarqalgan edi. Ikki daryo oralig`ida shaharlar va davlatlararo tez-tez urushlar ham boiib turgan. Urushlar natijasida ko`p odam halok bo`lgan va jarohatlangan. Turli kasalliklarni davolash va jarohatlanganlarni oyoqqa turg`izish uchun tabobat ilmiga ehtiyoj tug`ilgan. Bemorlarni davolash zamriyati Mesopotamiyada tabobat ilmini ertaroq rivojlanishini taqozo etgan. Tabiblar yurak, bosh og`rig`i, o`pka, jigar, chiqqan-singan, buyrak, ko`z, quloq, tomoq bilan bog`liq kasalliklarni davolaganlar. Tibbiyot jarrohlikka doir ko`z, ichki kasalliklar, ruhiy kasalliklar, ayollar kasalligi, sariq kasallik kabi maxsus tarmoqlarga bo`lingan. Bemorni kasalini aniqlashda tomir urushi, tashqi holati va boshqa belgilariga ahamiyat berilgan. Tomirga qarab kasallikni aniqlash keng tarqalgan edi. Bemorlarni davolashda sodda va murakkab dorilar qo`llanilgan. Bu dori-darmonlarni tayyorlashda shifobaxsh giyoh, o`simlik, meva, har xil hayvon va hasharotlardan foydalanilgan. Ammo bemorlami davolashda ilmga zid bo`lgan sehr-jodudan ham foydalanilgan. Masalan, Hammurapi qonunlarining birida tabib bemorni noto`g`ri davolasa, tabibning qo`li kesib tashlanishi aytilgan. Shundan ko`rinib turibdiki, Mesopotamiyada tabobat xodimlari oldiga juda katta mas`uliyat yuklangan. Tabobat ishlari bilan asosan ruhoniylar shug`ullanganlar.
Mesopotamiyada qo`y, echki, eshak, xachir, ot, sigir, buqa, buzoq keyinchalik tuyalar boqib parvarish qilingan. Hayvonlar ham tez-tez kasallikka chalinib turganlar. Shuning uchun ikki daryo oralig`ida hayVonlarni davolash ilmi – veterinariyaga katta ahamiyat berilgan. Shunday qilib, Mesopotamiyada ilmiy-amaliy bilimlar ancha erta rivoj topgan edi.
Xammurapi qonunlari
Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan.Xammurapi qonunlari hajmi jihatidan,hayotning har xil tomonlarini qamrab olishi bilan ilgari mavjud bo`lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun – badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo`lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o`rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo`yiladi.
Xammurapi qonunlari qafiyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning panjalari kesib tashlanishi shart bo`lgan. Mabodo arxitektor qurgan uy to`satdan ag`anab, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo`lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o`z oila a`zolarini kreditorga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko`zlariga jarohat yetkazgan bo`lsa, o`zi ham shunday jazolanishi, ko`zlariga jarohat yetkazilishi shart bo`lgan. Yong`in mahalida o`g`irlik ustida qo`lga tushgan kimsa o`sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o`g`ri esa bundan ham qattiqroq jazoga mailkum etilgan: u o`zganing mulkiga suqilib kirgan joyida o`ldirilar, o`sha yerning o`zida ko`mib yuborilar edi.
Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo`lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatidatalqin etilgan,shuninguchun ham ularni so`zsiz og`ishmasdan bajarish talab qilinardi.Qafiyligi va yovsizligiga qaramay, Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga imkoniyatyaratib berdi, negaki talon-toroj, o`g`rilik vadavlat mulkini o`marish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. Xammurapi deyarli o`ttiz yil davomida qo`shni mamlakatlarni o`ziga bo`ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib boradi. Xammurapi vafotidan keyin Bobil tag`in l50 yil davomida poytaxt bo`lib qoladi, keyin shaharni tog`liq kassitlar qabilasi bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga maydon hozirladi, uzoq davom etgan yemirilsh miloddan avvalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |