Qadimgi dunyo tarixi


Quldorlik demokratiyasi va oligarxiya



Download 32,88 Mb.
bet32/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Quldorlik demokratiyasi va oligarxiya.
Tiraniya ag’darilgandan keyin iqtisodiy jihatdan ko’proq rivojlangan polislarda odatda g’alaba qozongan demosning yangi hokimiyat formalari barqaror qilinardi. Zadoganlarning huquqlari cheklanib, yer mulklari musodara qilingandan keyin grajdanlarning mulkiy tabaqalanishi unchalik katta bo’lmagan polislarda quldorlik demokratiyasi, ya’ni ayni polisdagi erkin tub joy aholi demokratiyasi paydo bo’ldi. Avval aristokratlar hokimiyati va undan keyin tiraniya hokimiyati ag’darib tashlangan polislarda esa mulkiy tabaqalanish keskin tusga kirgan edi va shuning uchun ularda oligarxiya(ya’ni ozgina kishilar hokimiyati) paydo bo’lgan edi. Aristokratiya( bu ham ozgina kishilar hokimiyatidir) bilan oligarxiya o’rtasidagi farqni yag’shilab bilib olmoq kerak. Aristokratiya urug’doshlik tizimi buzilgandan keyin darholpaydo bo’lgan ilk quldorlik jamiyatidagi hokimiyat edi. Yirik zamindorlar va quldorlarning hukumron aristokratlar gruppasining hokimiyati faqat ularning iqtisodiy quvvatiga emas, balki nasl-nasabiga, urug’-qabila an’anasiga ham asoslanadi. Oligarxiya esa hokimiyat formasi sifatida yuqoriroq iqtisodiy va sosial darajada paydo bo’ladi. Oligarxiya hokimiyati ularning boyligiga hamda u bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy va siyosiy qudratga asoslanardi. Oligarxlar sostavida demosning eng boy vakillari bor edi. Ular orasida nasl-nasabli aristokratlarning boy ajdodlari ham bor edi.
Arxaik davrining oxirlarida( mil.avv. 6 asrda) paydo bo’lgan quldorlik demokratiyasi va quldorlik oligarxiyasi mil.avv 5 asrda, ya’ni arxaik davridan keyingi klassik davrda to’la rivoj topdi.
Aristokratiyaning mag’lubiyatga uchrashi odatda polis territoriyasining urug’-qabilaga bo’linishini va quldorlik jamiyatining yanada rivojlanishiga halaqit berayotgan o’tmishning boshqa sarqitlarini tugatishga olib kelardi. Qattiq sinfiy va siyosiy kurashni misollar bilan tasvirlab ko’rsatish mumkin. Chunonchi, Pelloponesning shimoliy qismida eski aristokratiya hokimiyati o’rniga tashkil etilgan hokimiyatga imtiyozsiz aholilar ham kiritildi. Mil.avv. VI asrda Megara savdo hunarmandchilik polisida ham aristokratiya ag’darilib, tiraniya hokimiyati bo’lgan.
Ma’lumki, mil.avv. 7 asrning oxiri 6 asrning boshlarida Yunonistonda iqtisodiy taraqqiyot yuksalgan. Hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan va tangalar zarb etilgan. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari Bolqon Yunonistonsining polislariga qaraganda aristokratiya bilan demos o’rtasidagi kurash davrini ilgariroq kechirgan va boy savdo hunarmandchilik markazlariga aylangan edilar. Bunga ularning qadimgi yunon va qadimgi sharq dunyolarining tutashgan joyda egallagan tranzit geografik mavqyei yordamlashgan edi. O’tmishda axayya aholisining bir qismi Bolqon Greyiyasidagi doriylardan Kichik Osiyo sohiliga qochgan edi. Bu ham xuddi Kichik Osiyo sohilida qadimgi axayya madaniyati elementlarining ko’p miqdorda saqlanib qolishiga hamda sosial-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining uzluksiz borishiga yordamlashgan edi. Shu sababli ion yunon polislari mil.avv. 7-6 asrlarda o’sha vaqtdagi Yunonistonning eng ilg’or rayoni edi. Ular orasida ayniqsa Milet ajralib turar edi.

Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish