RIMNING ENG QADIMGI VA ILKRESPUBLIKA DAVRI Tayanch iboralar: Qabilalar-«tribalar», «kuriya», «patrisiylar», rex, legion. Respublika, Serviy Tulliy, Tit Liviy. Kvint Gortenziy, 753-yil, Tarkviniy Superb, tribun, Gorasiy, konsul, Appiy Klavdiy Ko’r. Padus daryosi vodiysida mahkam joylashib olgan gallar Apenin yarim orolining markaziy viloyatlariga talonchilik hujumlari qila boshlaganlaridan keyin, italiy qabilalari gallarga zarba berish uchun o’zlarining yangi siyosiy va harbiy markazi bo’lmish Rim atrofida birlasha boshladi. Aslida Rimga er.avv. 753-yilda asos solingan.
Yangi shahar turli qadimgi italiy qabilari joylashgan qishloqlar bir-biriga tutashgan hududda paydo bo’lganligidan, boshda bu shaharning aholisini alohida-alohida uchta qabila birlashmasi tashkil qilgan. Tarixiy an’anaga ko’ra bu qadimgi qabilalar: tisillar, raminlar, luserlar deb atalgan.
Qabilalar-«tribalar» urug’lar, ya’ni «kuriya»lar birlashmasidan tashkil topgan. Har bir kuriyada o’ntadan urug’ tribada esa o’ntadan kuriya bo’lgan. Butun jamoaning aholisi esa 300 ta urug’dan iborat bo’lgan. Urug’ birlashmalariga kirgan fuqarolar dastlab jamoa a’zolari bo’lib hisoblangan. Ular «patrisiylar» deb atalgan.
Har bir urug’ning boshlig’i oqsoqollar kengashiga-senatga a’zo bo’lib kirgan. Senat sud vazifasini ham bajargan. Senat 300 ta senatordan iborat bo’lgan. Senat o’ziga umrbod yo’lboshlovchi «rex»-podsho saylab qo’ygan. Podsho senatga raislik qilgan, butun jamoa nomidan xudolarga qurbonliklar bergan va fuqarolar qo’shini- «legion»ga boshchilik qilgan.
Qo’shni xalqlar bilan urush qilish yoki sulh tuzish, senatning qarorini tasdiqlash va boshqa shu kabi muhim masalalar kuriyalarning vakillari majlisiga-«kuriyalar komisiyasiga» qo’yilgan.
Qadimgi Rimda aholining yana bir tabaqasi plebeylar bo’lib, ular erkin bo’lsada fuqarolik huquqiga ega emas edilar. Plebeylar patrisiylarning urug’ birlashmasiga kirmagan. Qadim zamonlarda plebeylar shahar yeriga egalik qilish huquqidan mahrum bo’lgan. yosh patrisiylarga o’xshab ular jamoat dalalarida zapas yerlardan ham chek ololmagan. Plebeylarning ko’pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullangan.
Eng qadimgi Rim tarixining hozirgi zamon tadqiqotchilari fikricha, aholining plebeylar tabaqasi qisman Rimga ko’chib kelgan erkin kishilardan, qisman ozod qilingan qullardan va qisman rimliklar Rimga ko’chib kelishga majbur etgan qo’shni shaharliklardan tashkil topgan.
Qullar Rim aholisining quyi tabaqasini tashkil etgan. Ularning ko’pi harbiy asirlardan bo’lib, boshqalari qo’shni qabilalardan yoki chetdan kelgan qulfurush savdogarlardan sotib olingan.
Tit Liviyning aytishicha Serviy Tulliy xalq majlisida plebeylarning ishtirok qilishiga yo’l ochib bergan. Serviy Tulliy eski tribalarga bo’lishni tashqi ko’rinishini saqlab qolgan bo’lsada, ularni qabilalar ittifoqidan hududiy bo’laklarga aylantirgan. U faqat ma’muriy okrug bo’lgan to’rtta hududiy triba ta’sis qilgan. Keyinchalik, er.avv. 1 asrda bunday tribalarning soni 35 taga yetgan.
Serviy Tulliy islohotlari Rim patrisiylari orasida norozilik tug’dirgan. Tarkviniy Superb bundan foydalanib oldingi podshoni ag’darib tashlagan va o’ldirgan. Tarkviniy ham o’zining jabr-zulmi va shafqatsizligi bilan hammaning qahr-g’azabini qo’zg’agan. Rim aholisi er.avv. 510-yilda podshoga qarshi qo’zg’olon ko’targan va uni Rim tuprog’idan haydab chiqargan. Podsho hokimiyati tugatilgan. Patrisiylar shaharni idora qilishni o’z qo’llariga olganlar. Bu saylab qo’yiladigan boshqarma «umum ishi» respublika-deb atalgan.
Faqat patrisiylardan saylangan barcha magistratlar senatga tobe bo’lgan. Senat oqsoqollar kengashidan sekin-asta doimiy davlat organiga aylangan.
Rim ilk respublika davrida polis bo’lgan, ya’ni erkin quldorlardan iborat fuqarolar jamoasi bo’lgan. Oila Rim jamoasi qayotida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan. Oila bir-biri bilan qon-qarindoshlik aloqasidagi shaxslar va shu oilaga xizmat qiladigan qullardan iborat bo’lgan.
Rim aholisi dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanishgan. Rimliklar don yetishtirishgan, tok, zaytun o’stirishgan, polizchilik qilgan.
Hunarmandchilik qishloq xo’jaligidan ajralganliginatijasida savdo-sotiq taraqqiy qilgan. Rimning asosiy maydoni bo’lmish forumda har hafta bozor bo’lgan. Shaharda chorva va qullar bilan savdo qiladigan maxsus joylar yuzaga kelgan. Diniy bayram kunlarida har qili yarmarka tashkil qilingan. Rimning Italiya daryolaridan kemalar yurishi uchun eng qulay Tibr daryosi sohilida joylashganligi Rimliklarga Lotin shaharlari, etrusklar, finikiyaliklar va yunonlar o’rtasida vositachi bo’lib savdo sotiq qilishga imkon to’g’dirgan. Pul sistemasi vujudga kelgan. Og’irligi rim funti qismlariga barobar keladigan mis, keyinchalik bronza bo’laklari avvallar pul ekvivalenti bo’lgan chorva mollarni siqib chiqargan. Bir qancha vaqtdan keyin har xil hayvolarning surati va metallning tozaligiga kafolat beradigan muayyan belgilar zarb qilingan lavhalar paydo bo’lgan. Kumush pullar esa er av 3 asr o’rtalaridagina zarb qilina boshlagan.
Plebeylar borgan sari mashhur bo’lgan hunarmandchilik va savdo sotiqning rivojlanishi Rim plebsining tabaqalanishiga olib kelgan. Plebeylar orasidan boy savdo hunar zadogonlari ajralib chiqqan. Ikkinchi tamondan yo’qsil plebeylar soni ko’payib borgan. Patrisiylarning uruqdoshlik tashkiltlariga kirmagan plebeylar hususiy mulk tariqasida juda katta yer uchastkalariga ega bo’lgan. Urushlar, hosilning bo’lmay qolish hollari, istilo qilingan viloyatlardan aholini bir qismi Rimga ko’chirib keltirilishi va aholining tabbiy o’sishi natijasida umuman yer kam bo’lgan Rimda yersiz plebeylar soni o’sib bogan. Ko’p plebeylar o’z yerlarini ko’pincha urug’ zadogonlaridan bo’lgan sudxo’rlarga garovga qo’ygan. Qarzini to’lay olmagan qarizdorlar yerga egalik huquqidan mahrum bo’lgan. Qarz bergan sudxo’r shavqat qilib qarzdorni o’z yerida qoldirgan tag’dirda ham ijarachi sifatida, u o’zining shaxsiy erkinligini garovga qo’ygan. Patrisiylar, shuningdek boy plebeylar o’z qarzdorlarini asoratga solganlar. Ular qarzdorlarni Tibr daryosining nargi tamoniga, yani Rim jamosidan tashqariga qul qilib sotib yuborishga haqli bo’lgan. Plebeylarning ana shu tariqa tabaqalanishi natijasida sinfiy kurash keskinlashib ketgan.
Er av 5-4 asrlvrda Rim Plebsi butun Rim jamoasiga qarashli jaod dalasidagi yerlarni yuo’lib olishga uringan. Jamoat dalasi esa mag’lub bo’lgan halqlardan Rimliklar tortib olgan yerlar hisobiga o’sib borgan (mag’lub bo’lgan halqlar bacha yering 1-3 dan to 2-3 qismgacha tortib olingan). Lekin jamoat yerlarini faqat patrisiylargina band qilishlari mumkin bo’lgan. Ammo plebeylar jamoat yerlarini band qilish huquqiga ega bo’lish uchun ular siyosiy huquqda patrisiylar bilan teng bo’lishga yerishishlari lozim bo’lgan.
Shunday qilib plebeylarning patrisiylarga qarshi kurashi iqtisodiy jihatdan yer uchun kurash bo’lgan. Qashshoqlashgan plebeylar qarz asoratini bekor qilgan talablarni agrar masalalar bilan qo’shib olib borganligidan ularning bu kurashi murakkablashgan.
Er av 5-4 asrlarda plebeylar ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan patrisiylar bilan teng huquqga ega bo’lish uchun uzoqqa cho’zilgan kurash olib borganlar. Patrisiylar qanday fuqoralik huquqlariga ega bo’lsalar, plebeylar ham ana shunday huquqlarni talab qilgan. Bu huquqlar magistiratura (mansablar) ga ega bo’lish, senatda o’rin egallashdan iborat bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra plebeylrning patrisiylar bilan kurashi er av 494 yilda bolangan. Ekvlar bilan urush vaqtida qarzga botgan plebeylar Rim qo’shinida hizmat qilishdan bosh tortib, Rimdan chiqib ketganlar va Muqaddas tog’da lager qurib o’tirishgan. Plebeylar ketishi bilan armiya zayiflashib qolishidan qo’rqqan patrisiylar yon berishga majbur bo’lishgan. Plebeylarning o’z mustaqil tashkilotlarini tuzish huquqi tan olingan. Er av 493 yildan boshlab ular har yili o’z o’rtalaridan ikkita halq tribuni saylaydigan bo’lgan. Senat va magistiratning plebis mafatiga zarar keltiradigan qarorlarni tribunlar to’xtatib (lot Veto) qo’yishiga haqli bo’lganlar. Shunday qilib tribunlarning vazifasi patrisiylar magistrati va senatning o’z boshimchaligidan plebisni himoya qilishdan iborat bo’lgan. Dastlab 2 tirbun saqlangan, so’ngra (shahar tribunlarining soniga qarab) 4 tribun, keyinchalk 10 tribun saylanadigan bo’lgan.
Er av 5 asrning 1 yarmi o’rtalariga kelib plebeylar agrar masalani hal qilishga uringanlar. Er av 486 yili konsul Spuri Kassiy urush vaqtida tortib olingan yerlarni plebeylarga bo’lib bermoqchi bo’lgan. Patrisiylar konsulni zulmda ayblashgan. Ammo er av 456 yili halq tribuni Isiliy Aventin tepaligidagi yerlarni kambag’allarga bo’lib berish to’g’risida qonun chiqartirgan.
Er av 5 asr o’rtalarida plebeylar katta g’alabaga erishganlar. Ular amaldagi huquqlarning yozib qo’yilishiga muvaffaq bo’lishgan. Er av 451 yilda 10 patrisiydan iborat komissiya tuzilgan, bu komissiya yozma qonunlar majmuasini tuzishi lozim bo’lgan. Ammo komissiya bir yil ichida bu ishni qilib ulgurmagan va er av 450 yilda yana 10 ta desemvir ( 5 tasi patrisiylardan, 5 tasi plebeylardan ) saylangan. Ular amaldagi huquq normalarini yig’ib tartibga solganlar. Er av 449 yili 12 ta mis lavhaga o’yib yozilgan qonunlar forumga qo’yilgan.
X11 jadvaldagi qonunlarni qabul qilinishi Rim plebsining katta g’alabasi bo’lgan. Patrisiylar va plebeylar uchun umumiy bo’lgan qonunlar plebeylarni patrisiylarning o’z boshimchaligidan qo’riqlashi lozim bo’lgan.
X11 jadval tekistini orginali saqlanmagan. Bu keyingi mualliflarning asarlaridagi sitata va naqllaridan tiklangan. Shunday bo’lsada er av 451-450 yilllarning qonuni qimmatli manba bo’lib, hali urug’doshlik tuzumi normalarining ta’sirini saqlab turgan Rim ilk respublika jamiyatidagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni tasavur qilishga imkon beradi.
X11 jadval qonunlari Rim fuqoralarining huquqlarini himoya qilgan. qonun uni sud qilmasdan jazolashni taqiqlagan o’lim jazosi to’g’risidagi hukmni faqat senturiyat komissiyalarigina chaqirishi mumkin bo’lgan. Fuqoralik va jinoyat huquqlarida patrisiylar bilan plebeylarning tengligi o’rnatilgan bo’lsada, tabaqalar o’rtasidagi munosabatlar haqida juda kam gapirilgan.
X11 jadval qonuni chiqarilgandan keyin plebeylarning patrisiylarga qarshi kurashi yana yangi kuch olgan. Er.avv. 449-yili Valeriy bilan Gorasiy konsulligi vaqtida qabul qilingan qonunlarga muvofiq plebeylar yangi siyosiy huquqlarga ega bo’lganlar. O’lim jazosiga hukm qilingan har bir kishi xalq majlisiga shikoyat qilishga haqli bo’lgan. Xalq tribunlarining shaxsiy daxlsizligi ta’kid etilgan.
Er.avv. 445-yili xalq tribuni Kapuleyning taklifi bilan qabul qilingan qonunda ilgari patrisiylar bilan plebeylar o’rtasida nikohning ta’qiq etilganligi bekor qilingan. Plebeylarning oliy magistrlik-konsul lavozimini egallashlariga yo’l qo’yish to’g’risida Kapuley taklif qilgan qonun loyihasi esa rad qilingan. Ammo er.avv. 444-yildan e’tiboran konsul hokimiyatiga ega bo’lgan harbiy tribun saylanadigan bo’lgan. Yangi magistrliklar teng kollegial hokimlikka ega bo’lgan.
Yer katta mulkdorlar qo’lida to’planar ekan, mayda yer egalari xonavayron bo’laborgan. Qarzdorlar ko’paygan, qulchilik, asorat kuchaygan, bu hol esa, er.avv. 376-367-yy plebeylar bilan patrisiylar o’rtasida kurash yana keskinlashib ketishiga sabab bo’lgan. Rim an’analariga ko’ra xalq tribunlari Sekstiy bilan Lisiniy har yili bu kurashning borishi aks ettirilgan qonun loihalari taqdim qilganlar. Bu loihalarni er.avv. 367-y xalq majlisi qabul qilib, senat ularni tasdiqlagan va shu tariqa qonun bo’lib qolgan. Bu qonun jamoat dalalaridagi egalikni cheklagan. Hyech bir kimsa 500 yuger (125 gektar) dan oshiq yerni band qilishga, jamoat yaylovida 100 boshdan oshiq yirik qoramol va 500 boshdan oshiq mayda chorva o’tlatishga haqi bo’lmagan.
Er.avv. 326-y plebeylar yangi qonun qabul qilinishiga muvaffaq bo’lganlar. Bu qonunga ko’ra «qarz uchun qarzdorning tan joni emas, mol-mulki javobgar bo’lishi kerak». Qarz uchun Rim fuqarosini qul qilib sotish abadul-abad ta’qiq qilingan.
Er.avv.320-y senzor Appiy Klavdiy Ko’rning faoliyati plebeylarning savdo, hunarmand doiralari uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Er.avv. 1V asr oxiriga kelib plebeylar har qanday lavozimni, shu jumladan kohinlik lavozimini ham egallay oladigan bo’lishgan. Ammo plebeylarning siyosiy-iqtisodiy huquqlari uchun kurashi faqat er.avv. 287-yildagina tugagan. Xuddi o’sha yili plebeylar Yangi ko’l tepaligiga so’nggi marta ko’chib chiqqanlar. Plebeylardan bo’lgan diktator Kvint Gortenziy xalqni tinchlantirish uchun triba komisiyalarining qarorlari umumdavlat qonunlari kuchiga ega ekanligini yana bir karra ta’kidlab qonun chiqartirgan.
Plebey zodagonlarining asoratga solingan qaram aholini ekspluatasiya qilishga urunishi siyosiy huquqga ega bo’lgan plebey aristokratlarini zayiflashib qolgan patrisiy qabilalari bilan yaqinlashtirgan, bu esa patrisiy, plebeylar yuqori tabaqasining imtiyozli yagona nobillar toifasi bo’lib qo’shilib ketishiga sabab bo’lgan. Yuridik jihatdan nobillar boshqa erkin fuqarolardan farq qilmagan, ammo ular bayonlar bo’lganliklaridan oliy mansablarni ishg’ol qilgan va senat sastaviga kirgan.
Er avv 3 asrda plebeylar orasidan yangi toifa-suvorilar toifasi tarkib topa boshlagan. Savdo va ijaradorlik bilan mashhur bo’lgan Rimdagi aristokratlarni nomayandalari ana shu toifaga mansub bo’lgan. Suvoriylarga yuksak mulk senzi (1 mln ass yoki 4 ming sestersiy ) belgilangan. Bu yangi toifani tashqi olamati shunday bo’lganki, ular oltin uzuk va tor qizil chiziqli tunika kiyish huquqiga ega bo’lgan. Lekin siyosiy hokimiyatning butun imtiyozlari nobillar qo’lida qolavergan. Rim plebeylari tubdan o’zgargan. Endi Rim qishloqlari va shaharlarda yashovchi aholining quyi qatlamlarini plebs deb ataydigan bo’lganlar, ular siyosiy huquqqa ega bo’lsa-da, republika ular ichidan chiqqan mansab egalariga maosh bermaganligidan amalda u huquqlardan foydalana olmaganlar. Shunday qilib Rim jamiyatining avvalgi patrisiy va plebeylarga bo’linishi o’z ahamiyatini yo’qotgan.
Yangi sharoitdagi agrar masala katta yer egalari bilan tamomila xonavayron bo’lishga maxkum mayda yer egalari o’rtasidagi kurashdan iborat bo’lgan.
Er av 5-3 asrlarda Rim davlat tuzumining shakllanish jarayoni davom etgan. Щalq majlisi, magistraturalar va senat davlat hokimyat organlari bo’lgan. Ota-onasi fuqoralik huquqiga ega bo’lgan to’la huquqli Rim fuqoralarining jamoasi bo’lmish Rim halqi oliy hokimyat egasi bo’lgan. Rasmiy jihatdan Rim fuqoralari halq majlisida ishtirok etshida, davlat lovazimlariga saylanishga, mulkga egalik qilishga, Rim qo’shinida hizmat qilishga haqli bo’lganlar.
Rimda uch xil komisiya bo’lgan. Eng qadimgi komisiya qur’ali majlis bo’lib, u faqat rasmiy jihatdan ijro qiluvchi oliy hokimyatni-«Imperiya»-magistratlarga topshirish va oila munosabatlariga doir ba’zi masalalarni hal qilish huquqiga ega bo’lgan, xolos. Ilk respublika davrida komisiyalar o’zlaring siyosiy ahamiyatini yo’qotgan.
Щalq majlisining boshqa turi bo’lmish senturiya komisiyalari katta o’rin tutgan. Dastlab ular shahar lashkarlarining yig’inidan iborat bo’lgan, keyinchalik patrisiy va plebeylarning senturiyalar va mulkiy darajalariga qarab chaqiriladigan majlislarga aylangan. Senturiya majlislarini oliy masab egalari chaqirgan va u majlislar shahardan tashqari Mars maydonida o’tkazilgan. Mjlis qaroriga tegishli masalani magistrat qo’ygan va u ovoz berishni idora qilgan. Ovoz berish dastlab Senturiya ichida o’tkazilgan, so’ngra maxsus hisobchi «tarafdor» yoki qarshi ovoz bergan senturiyalar sonini hisoblab chiqqan. Butun ko’pchilik ma’lum bo’lishi bilan ovoz berish to’xtatilgan.
Senturiya komisyalari Rim halqining irodasini ifoda qilgan, ular oliy mansab egalari bo’lmish konsullar, pretor, senzorlarni saylagan, jinoiy ishlarni tekshirgan, urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilgan.
Triba komisiyalari (tribalar bo’yicha chaqiriladigan majlislar) er avv 3 asrda Gortenzi maxsus qonun chiqarib ularning qonun chiqarish huquqini tasdiq qilgandan keyingina katta ahamit kasb etadigan bo’lgan. Bu komisiyalar senturiya kamisiyalariga qaraganda xila halqchil bo’lgan, negaki, u majlislarga senzlardan qat’iy nazar Rimdagi barcha fuqoralar qatnashganlar. Senturiyada ovoz berish tartibi qanday bo’lsa, tiriba majlislarida ham shunday bo’lgan. Triba majlislari odatda qonun chiqarishga doir masalalarni hal etgan, quyi mansabdorlarni saylagan. Ba’zi bir jinoiy ishlarni ko’rgan.
Rim halqining majlislari sistemasi demakratik negizda qurilmagan, Faqat magistratlargina Rim halq majlisini chaqirish huquqiga ega bo’lgan. Щalq majlislarining hyech qaysisi qonun chiqarishda tashabbus ko’rsatish huquqiga, biron-bir taklifni muhokama qilish yoki o’zgartirish huquqiga ega bo’lmagan. Senturiya majlislariga qatnashuvchilarning holatini belgilab bergan senz prinsipi ham nodemokratik bo’lgan. Er avv 2 asrning so’nggi yarimigachi ochiq ovoz berilib, bu tartib davlatmand kishilarning ba’zi majlis qatnashchilariga tazyiq qilishlariga imkon to’g’dirgan. Amalda halq Rim davlatining konstitusiya asoslarini o’zgartirishga ta’sir qila olmagan.
Ijro qiluvchi hokimyat bir yil muddatga halq saylab qo’yadigan mansabdorlar- magistratlar qo’lida bo’lgan. Magistratlar bajargan vazifalari evaziga hyech qanday haq olmagan (bu vazifalar fuqoroning fahrli ishi deb hisoblangan), haq olmasliklari ustiga yana (saylangunga qadar) ziyofatlarga va fuqarolarga beriladigan sovg’alarga o’z mablag’larini sarf qilishga majbur bo’lgan. Magistratlikning ba’zi vazifalarini bajarish ham harajatlar bilan bog’liq bo’lgan. Demak Rimda yashovchi har bir fuqaro rasmiy jihatdan har qanday lavozim egasi bo’lishga haqli bo’lsada, aslida magistratlik mansabini faqat boy kishigina egallay olgan.
Rim magistratlari faqat kollegial tarzda ish ko’rgan, ya’ni qarorlar bir ovozdan qabul qilingan. Magistrat o’z sheriklarining qarorlaridan rozi bo’lmagan taqdirda narozilik bayon qilgan, bundan keyin qaror qonuniy deb hisoblanmagan. Ba’zan magistratlarning kollegiyachiligi ularning vazifalarni almashishlari ( masalan, magistrat 1 oy harbiy ish bilan, 2 chi oy fuqarolik ishlari bilan mashg’ul bo’lishi) va ish doiralari qat’iy chegaralanganligi bilan yo’q qilingan.
Magistrat dahilsiz shaxs bo’lgan. U o’zining vakolat muddati tugamaguncha javobgarlikga tortilmagan. Faqat halq unga vakolatni tark qilishni taklif etishga haqli bo’lgan.
Magistratlik odatdan tashqari (favqulodda ) va odatiy (oddiy yoki doimiy) magistratlikka bo’lingan. Odatdan tashqari magistratlar (Diktator, triumverlar va desemvirlar) alohida holat davlatda biron havf-xatar yuz berganda (dushman bostirib kirgan, fuqorolarurushi boshlangan tag’dirda) saylangan yoki tayinlangan. Diktator tayinlash to’g’risida faqat senat qaror qilishi mumkin bo’lgan. Ba’zi xollarda senturiya komisiyalari bevosita diktator tayinlashga haqli bo’lgan.
Diktator biron-bir nokollegial magistratlik bo’lgan. Щarbiy va fuqoralar hokimyati 6 oy mobaynida Diktator qo’lida bo’lgan, uni sudga tortish mumkin bo’lmagan, Щalq tribunlarining naroziligi unga ta’sir qilmagan. Ammo diktator ta’sis qilinayotganida magistratlar avvalgiday o’z huquqlaridan foydalanganlar. Diktatorning o’z oliy nishoni bo’lgan uni doim 24 ta faxriy sohchi (liktor) kuzatib yurgan.
Odatda oliy magistratlik 2 ta konsul, pretorlar, senzorlar va halq tribunlaridan, quyi magistratlik-edillar va kvestorlardan iborat bo’lgan. Rim respublikasining oliy mansabdorlari bo’lmish konsullar har yili senturiya komisiyalariga saylangan. Щarbiy va fuqarolik hokimiyati konsullar qo’lida bo’lgan.
Konsullar senzor tomanidan tuzib berilgan ro’yxatga muofiq halq majlisi oldindan belgilagan kuni askar to’plagan. Щar bir ligion og’ir qurol-yaroqlar bilan qurollangan 3 ming askar va yengil qurolli 1200 askardan tashkil topgan. Legionga ittifoqchilarning ortyadlari (5 ming piyoda va 900 suvoriy) ham qo’shilgan. Legion tarkibiga otliq askarlar ham kritilgan. Ular ko’proq oti bor boy kishilardan tashkil etilgan. Legion xiyla mayda qo’shilmalardan iborat 30 ta manipulaga ajratilgan. Ыz navbatida har bir manipula 60 va 30 kishidan iborat 2 ta senturiyaga ajratilgan. Legionning manipulalarga bo’linishi natijasida bu ixcham qo’shilmalar chaqqon harakat qilgan, ayniqsa tog’larni, past-balandliklarni uncha qiylanmay oshib o’tgan. Legion qat’iy o’rnatilgan tartibda saf tortgan. Eng oldingi jangovar qatorni yengil qurolli 1200 ta yosh jangchi (nayzabordorlar) band qilgan. 2 chi jangovor qatorni og’ir qurolli, sal kattaroq yoshdagi 1200 jangchi tashkil qilgan. Ular prinsepslar (birinchilar yoki asosiylar) deb atalgan. Ulardan nariroqda (yana og’ir qurolli, ammo xiyla tajriba ortirgan, janglarda chiniqqan vasinalgan) 600 ta triariy saf tortgan.