Qadimgi dunyo tarixi


mavzu. Mil. avv. II-I asrlarda Rim



Download 32,88 Mb.
bet47/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

18 mavzu. Mil. avv. II-I asrlarda Rim.
Tayanch iboralar: Karfagen, Puni urushlari,makedoniya urushlari, Tir, Sirakuza, Malta, Sardiniya, Korsika, Pitius, Balear, Gay Duiliy, penter, Fessaliyada Kinoskefali.
Er.avv. III asr o’rtalariga kelib, O’rta dengiz g’arbida ko’pdan beri hukmronlik qilib kelgan Karfagen davlati va endigina tashkil topgan Rim quldorlik konfederasiyasi bu yerning eng kuchli davlatlaridan bo’lgan.
Karfagen ham, Rim ham agressiv tashqi siyosat olib borgan. Ularning quldorlikka asoslangan iqtisodi shuni taqozo qilgan, chunki harbiy ekspansiya-iqtisodni rivojlantirishning zaruriy sharti bo’lgan. Bu davlatlarning har qaysisi O’rta dengiz g’arbida hukmron bo’lishga uringan. Er.avv. III asr o’rtalariga kelib ikki davlat o’rtasidagi ziddiyat birinchi Puni urushining boshlanishiga olib kelgan.
Karfagen yoki Kar-Xadesh Finikiyaning er.avv. 1X asridayoq barpo bo’lgan katta Tir shahrining koloniyasi bo’lgan. Er.avv. 5 asr o’rtalariga kelganda Karfagen keng bir davlatning markaziga aylangan. Bu davlat shimoliy Afrika sohilining bir qismini, Sisiliyaning g’arbiy qismini, Malta, Sardiniya, Korsika, Pitius, Balear orollarini o’z ichiga olgan.
Rim konfederasiyasiga xos xususiyat Karfagen uchun ham xos bo’lgan: bu davlat tarkibiga kirgan shaharlar, viloyatlar va qabilalarning iqtisodiy va huquqiy ahvollari xilma-xil bo’lgan. Ba’zi shaharlar huquqda Karfagen bilan teng bo’lgan. Boshqalari mustamlaka holatida bo’lib, ular atrofidagi mahalliy aholi ustidan Karfagen hokimiyatini mustahkamlashga va bo’ysundirilgan xalqlarning chiqishlarini bostirishga majbur bo’lganlar.
Birinchi Puni urushi Rim bilan Karfagenning Sisiliya uchun kurashidan boshlangan. Sisiliyaning ko’p qismi (g’arbiy) Karfagen qo’lida bo’lib, orolning kichik (sharqiy) qismini Sirakuza podshosi Agafokl egallab turgan.
Kampaniyadan chiqqan va o’zlarini mamertinlar, ya’ni urush xudosi Marsning farzandlari deb atagan Kampaniya yollanma askarlarining Messana shaharini bosib olishlari urush boshlanib ketishiga bahona bo’lgan. Agafoklning o’limidan keyin Sirakuzaning yangi hukmdori Giyeron 11 Messanani qamal qilib mamertinlarga muvaffaqqiyatli ravishda qarshi chiqqan. Mamertinlarning bir qismi Karfagendan, boshqa qismi esa Rimdan yordam so’ragan.
23 yilga cho’zilgan (er.avv.264-241-yy) birinchi puni urushi shu tariqa boshlangan. Rimliklar quruqlikda g’alaba qozongan bo’lsada, dengizda mag’lubiyatga uchraganlar. Chunki rimliklarning floti yo’q edi. Senat 100 ta penter (besh palubali kema) va 20 ta uch palubali kema yasashga buyruq bergan.
Er.avv.260-y Mila burni yonida rimliklar konsul Gay Duiliy boshchiligida birinchi marta g’alaba qozonganlar. Lekin er.avv. 255-y Karfagen qo’shinlari Regul boshchiligidagi rimliklarni mag’lubiyatga uchratadi. Qayta tashkil qilingan flot yordamida rimliklar Egata orollari yonida Karfagen flotini qattiq mag’lubiyatga uchratadi. Er.avv. 241-y tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq Karfagen 10 yil davomida Rimga 3200 talant miqdorida tavon to’lashi, asirlarni qaytarishi, o’z qo’shiniga Apenin yarim orolidan askar yollamasligi va eng muhimi, o’zining Sisiliyadagi mulklarini Rimga topshirishi lozim bo’lgan.
Ikkinchi Puni urushi (er.avv.218-201-yy) o’z ko’lami jihatidan qadim zamonning eng katta urushlaridan biri bo’lgan. Bu urushning boshlanishiga Iberiyada Iber daryosidan janubroqda dengiz qirg’og’ida joylashgan.Sagunt shahri bilan bog’liq voqyealar bahona bo’lgan.
Karfagen sarkardasi Gannibal er.avv. 218-y erta bahorida o’z qo’shini va fillari bilan Yangi Karfagendan Italiyaga yo’l olgan. Iberiyada ukasi Gastrubalni qoldiradi. Gannibal 33 kunda Alp tog’idan oshib o’tadi. Kelt qabilari Gannibal qo’shinini to’ldiradi. Eng katta jang shimoliy Italiyada, Padus daryosining irmog’i Trebiya yonida bo’lib, Ssipion bilan Semproniy mag’lubiyatga uchragan.
Er.avv. 216-y Gannibal Rimni chetlab o’tib- Apuliyaga kirib borgan. Shu yili Kanna yonidagi jangda rimliklar mag’lubiyatga uchragan. Jangda 58 ming kishi o’ldirilgan va 18 ming kishi asir olingan. Rimliklar 17 yoshdan boshlab barcha erkak kishilarni qo’shin safiga olganlar. Rimliklar endi katta jangga kirmay, kichik-kichik urushlar olib borish usulini qo’llaganlar. Urushda Rim foydasiga burilish yuz bergan. Er.avv. 204-y urush harakatlari Karfagen hududiga ko’chgan. Er.avv. 202-y Afrikadagi Zam qishlog’i yonida Gannibal qo’shinlari rimliklar tomonidan tor-mor qilingan. Er.avv. 201-y. Karfagen uchun og’ir bo’lgan shartlar asosida sulh tuziladi. Unga ko’ra Karfagen 50 yil mobaynida Rimga 10 ming talant miqdorida tovon to’lashi, 10 ta soqchi kemadan tashqari butun flotini, barcha fillarni Rimga berishi, asirlarni va olgan o’ljalarini qaytarishi, o’z qo’shinini tarqatib yuborishi, Afrikadagi Rim armiyasini boqishi, Karfagenning eng mo’’tabar oilalaridan 100 kishini garov qilib berishi kerak edi. Gannibal er.avv. 195-y Karfagendan Suriyaga qochib ketgan.
Ikkinchi Puni urushidan keyin O’rta yer dengizi davlatlari hayotida Karfagenning hyech qanday ahamiyati qolmagan. Rim esa G’arbiy O’rta yer dengizida eng qudratli quldorlik davlatiga aylangan.
Er.avv. 149-146-yy bo’lib o’tgan uchinchi Puni urushi natijasida Karfagen butunlay vayron bo’ladi.

Ikkinchi Puni urushidan keyin rimliklar muntazam ravishda ellin davlatlariga suqilib kira boshlagan. 50 yil davomida Rim olib borgan bosqinchilik urushlari natijasida Rim hokimiyati ostida O’rta yer dengiz hududida qudratli quldorlik davlati tashkil topgan. Er.avv. 215-205-yy birinchi Makedoniya urushi bo’lib o’tadi. Bunda Makedoniyaliklar Rimga qarshi Gannibal bilan ittifoq tuzadi.
Er.avv. 200 yilda rimliklar ikkinchi Makedoniya urushini boshlaganlar (er.avv. 200-197-yy). Komisiyalar faqat senatning tazyiqi ostidagina bu urushni olib borishga rozilik bergan. Rimliklar makedonlarga qarshi Pergam, Rodos, Afina, dardanlar, Etoliya va Axeya ittifoqidan iborat kuchli kaolisiya tuzganlar. Suriya podshosi Antiox III esa betaraf bo’lib qolgan.
Er.avv. 197 yilda Fessaliyada Kinoskefali qishlog’i yonida hal qiluvchi jang bo’lgan. Bunda Makedoniya qo’shini tamomila mag’lubiyatga uchragan. Er.avv. 197-yilda tuzilgan sulh shartnomasiga ko’ra Makedoniya avvallari Kichik Osiyo, Egey dengizi va Yunonistonda bosib olingan yerlaridan mahrum qilingan, oltita kemadan tashqari butun flotini Rimga bergan, 1 ming talant tovon to’lash, qo’shinini 5 ming kishiga keltirib qisqartirish, Rim senatining ijozatisiz urush qilmaslik majburiyatini o’z ustiga olgan, yunon shaharlarining erkinligini tan olgan.
Uchinchi Makedoniya urushi. (er.avv. 171-168-yy). Bolqon yarim orolida ahvol juda taranglashgan. Urushlar natijasida erkin jamoatchilar kamaygan, shaharlar huvillab qolgan, shu bilan birga makedon zadogonlarining bir qismi Rim bilan ittifoq tuzishga moyillik ko’rsatgan. Aholining keng dekmokratik tabaqalari Rim ta’sirining kuchayishidan, shuningdek mahalliy zadogonlarning Rimga moyillik siyosatidan norozi bo’lganlar. Makedoniyaning yosh podshosi Persey (Filipp o’g’li) bundan foydalangan. Persey Rimga Qarshi ittifoq tuzishga, Suriya va Vifiniya bilan sulola aloqalarini mustahkamlashga qaror qilgan. Keng xalq ommasining o’ziga yordamini ta’min etish uchun bir qancha demogogik tadbirlar ko’rgan: qarzlarni kechishni, biron jinoyat bilan qamalgan kishilarga umumiy avf e’lon etishni va’da qilgan. Lekin Persey Rimga qarshi ittifoq tuza olmagan va natijada Makedoniya deyarli butunlay yakka qolgan. Er.avv. 171-yilda uchinchi Makedoniya urushi boshlanganda faqat odrislar podshosi Kotisgina makedon podshosining ishonchli ittifoqchisi bo’lib qolgan.
Er.avv.168 yilda Pidna yonida g’ayratli lashkar boshi Lusiy Emiliy Pavel qo’mondonligi ostida Rim qo’shinlari Makedoniyaliklarni tor-mor keltirgan. Persey qochib ketgan, ammo keyin taslim bo’lib, asirlikda o’lib ketgan.
Makedoniya bilan urushda rimliklar erishgan muvaffaqiyatlarning sabablari Rim davlatining iqtisodiy jihatdan va harbiy qudrati Makedoniyadan ustunligidagina emasdir. Mahalliy zodagonlarning rimliklarga ko’rsatgan yordamlari katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Makedoniya tor-ior etilgandan keyin bir-biridan tamomila ajratilgan to’rtta «mustaqil» qismga bo’lib yuborilgan va ularning har qaysisi respublika deb e’lon qilingan. Bu qismlardagi aholining bir-biri bilan aloqasi-qiz berib, qiz olish, savdo-sotiq qilish, yer-mulk sotish man qilingan. Bu qismlarning aholisi Rimga tavon to’lashi lozim bo’lgan. Makedon podsholariga qarashli yerlar Rim senzorlari ixtiyoriga berilgan. Rimliklar mamlakatning juda ko’p boyliklarini Rimga olib ketganlar.
Bungacha yaxlit va yagona bo’lib kelgan davlatning iqtisodiy, siyosiy, etnik va madaniy aloqalarini zo’rlik bilan uzib qo’yish, Makedoniyaning ichki ishlariga Rimning aralashishi natijasida mamlakat g’oratlikka uchragan, hunar va savdo tanazzulga ketgan. Rim Makedoniyaning hamma tarofdorlaridan qattiq o’ch olgan. Rim legionlari Epirning 70 ta shahrini talab, vayron qilganlar. 150 ming aholini qul qilib sotganlar. Rimliklar juda ko’p yunon shaharlarining chegeralarini uchinchi Makedoniya urushi vaqtida Rimga sadoqatli bo’lganlar foydasiga o’zgartirganlar. Yunonistonning hamma yerida hokimiyat tepasiga Rim tarafdorlari chiqib olgan. Makedoniyani tor-mor qilgandan keyin Rim shu qadar qudratli davlat bo’lib qolganki, urush e’lon qilmasdan ham ellin davlatlariga o’z talablarini buyuravergan. Er.avv. 168 yilda Suriya podshosi Antiox 1U Misrga hujum qilganda Rim senati Suriya qo’shinlarini Misrdan darhol olib ketish to’g’risida buyruqni topshirish uchun Suriyaga o’z elchisini yuborgan. Elchi Gay Popiliy Lenat o’ziga peshvoz chiqqan Antiox 1U ning salomiga ham alik olmagan. U senatning qarorini aytib, o’zi va Antiox !U atrofini o’rab qum ustiga doira chizgan va podsho senatning qaroriga javob bermaguncha shu doiradan chiqmaydi degan. Antiox !U ultimatumni qabul qilib, qo’shinlarini qaytargan.
Makedoniyaning zo’rlik bilan bo’lib yuborilishi, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy jihatdan ezilishi er.avv 149 yilda Rimga qarshi ozodlik harakati boshlanishiga sabab bo’lgan. Qo’zg’olonga o’zini Makedoniya podshosi Perseyning o’g’li Filippman deb e’lon qilgan hunarmand Andrisk boshchilik qilgan. Soxta Filipp juda xilma-xil tabaqalardan bo’lsa-da, ancha kuch to’plagan. Bolqon yarim orolining yunon-makedon aholisi va Frakiya qabilalari soxta Filippni qo’llab-quvvatlaganlar. U butun makedoniyani o’z qo’l ostiga olgan. Harakat Yunonistonning ko’p shaharlariga yoyilgan, uning ta’siri Vizantiyaga ham borib yetgan. Dastlab qo’zg’olonchilar rimliklar ustidan g’alaba qozonganlar, ammo keyinchalik Makedoniyaga yuborilgan yangi armiya soxta Filipp qo’shinlariga qaqshatqich zarba bergan. Frakiyalik Andriskni Rim qo’liga tutib berganlar.
Rimliklar Andrisk ustidan g’alabalarini Makedoniya ustidan qilingan g’alaba deb bilganlar va Makedoniyani Rim viloyati deb e’lon qilganlar. Epir bilan janubiy Illiriyani Makedoniyaga qo’shib tashkil etilgan bu yangi viloyatni rimliklar bundan keyin Bolqonga bostirib borish uchun harbiy baza qilib olganlar.
Andrisk qo’zg’olonining mag’lub bo’lishiga sabab Rimda quldorlik tuzumining mustahkamligi, uning harbiy qudrati, shuningdek, harakat qatnashchilarining ijtimoiy va etnik jihatdan bir xil bo’lmaganligidir.
Er.avv. 146 yilda Axeya ittifoqi rimliklarga qarshi qo’zg’algan. Qo’zg’olonchilar qarzlarni bekor qilishni, boylarga favqulodda soliqlar solishni talab qilishgan. Ular qo’shin safiga qullarni jalb qilganlar. Ammo Rim qo’shinlari Rimga qarshi harakat markazi-Korinf shahrini ishg’ol qilgan. Korinf butunlay vayron qilingan va kuydirilgan. Uning juda ko’p aholisi qul qilib sotilgan. Rimliklar Yunon shaharlarining ittifoqini tarqatib yuborganlar, oligarxlar hokimiyatini tiklaganlar. Yunon shaharlari Axayya viloyatidagi Rim hokimiyatiga bo’ysundirilgan. Sparta bilan Afinaninggina yuzaki mustaqilligi saqlanib qolgan.


Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish