RIMNING BUTUN ITALIYANI ISTILO QILISHI VA RIM QULDORLIK KONFEDERASIYASINING TASHKIL TOPISHI Tayanch iboralar: sabinlar, ekvlar, volsklar, Veyya shahri, Kapitoliy, «Rimni g’ozlar qutqargan», Pirr, Tarent. Er avv 5-3 asrlarda Rim senati Appenin yarim orolida harbiy bosqinchilik siyosatini olib borgan.Rimning boshqa Italiya halqlari hisobiga jamoa yerlarin kengaytirish maqsadida bosqinchilik uruhlari 200 yildan ziyotiroq davom etgan. Patrisiylar ham, mayda Ziroatchilar ham, xullas butun Rim jamiyati bu urushlardan mafatdor bo’lgan.
Er avv 6asr oxirlarida etrusklar va Rimga qo’shni italik qbilalari (sabinlar, ekvlar, volsklar) Rimda yuz bergan siyosiy to’ntarishdan foydalanib, Rim yerlariga bostirib kirgan. Bu payt Rim jamaosi etrusklar shahri Kluzaga qarshi urush olib borgan.
Er avv 5 asrda Rimliklar etrusklarga qarshi hujumga htganlar. Bir tomondan, er avv 5 asrda Rimdagi erkin aholini birlashishi, ikkinchi tamondan, etrusklarga qarshi shimoldan keltlarning hujumi tufayli Rimliklarning ochiqdan-ochiq dalil islohatchilik siyosatiga o’tishiga imkon to’g’lgan. Er avv 5 asrning 90 yilllarida Rimliklarning lotinlar bilan tuzgan ittifoqi ham butun etiborni etrusklarga qarshi kurashga qaratishga imkon bergan.
Rimliklar Tibr daryosini o’ng qirg’og’idagi etrusklarning Veyya shahriga qarshi otlanganlar. Rivoyatlarga ko’ra, Rimliklar bu kuchli shaharga qarshi uch marta urush qilganlar. Ammo afsonalar mazmunidagi qarama qarshiliklarga ko’ra olimlar er av 406-396 yillardagi 3 urush to’g’risidagi ma’lumotdarnigina to’g’ri deb topdilar . Bu urush shaharni 10 yil qamal qilib turgandan keyin Rimliklar g’alabasi bilan tugagan. Rimliklar Veyya shahrini tor-mor keltirganlar, aholisini qul qilib sotganlar. Uning hududi jamaot dalasi deb e’lon qilingan. Veyya o’rnida 4 ta qishloq tribasi ta’sis etilgan. Ayni vaqtda Lasiyga bostiririb kirgan Rim qo’shinlari, bir necha jangda tog’larda yashovchi ekv va Volsk qabilalarini tor-mor keltirganlar. Er avv 5 asr Rimning Tibr daryosi o’ng qirg’oqini istilo qilishi va Rim jamoasining Latin jamoasi federasiyasiga qo’shilishi bilan tugagan.
Harbiy va O’rta Yevropa yerlarining bir qismida yashagan jangovar (gall) kelt qabilarining hujumi Rim hududining o’sib, kengayib borishiga barham bergan. Er avv 5 asrda keltlar Alp toqlarini oshib o’tib, etrusklarni Apenindan shimol tomodagi oblastlardan surib chiqargan va Po daryosi sahillariga joylashgan. Keltlarning hujumi Italiya qabalalarini va hotto etrusklarni Rim jamoasi atrofiga birlashiga majbur etgan. Rimliklar «Gallar» deb atagan keltlar Etruriyaga bir necha marta hujum qilganlaridan keyin er avv 390 yilda Rimga qarshi otlanganlar. Rimga yaqin joydan oqadigan Alliya daryosi bo’yidagi qattiq jangda gallar rimliklar qo’shinini tor-mor keltirganlar.
Gallar bostirib kirgach markaziy italiyani yer bilan yakson qilganlar, istilochilar o’t qo’yib butin Rimni yondirib yuborganlar, unda Kapitoliydagi tosh qo’rg’on omon qolgan, halos. Gallar Kapitoli tepaligini qamal qilishga kirishganlar. Tunlardan birida gallar Kapitoliyni ishg’ol qilishga uringanlarida ma’buda Yunon ibodatxonasidagi g’ozlar g’ag’illab shovqin ko’targan. Kapitoliy himoyachilari g’ozlar shovqini chiqqan joyga yetib kelib, gallarni uloqtirib tashlaganlar. Bu holat «Rimni g’ozlar qutqargan» degan afsonaning to’qilishiga sabab bo’lgan.
Gallarning hujumi to’g’risidagi rivoyatlarda noaniq ma’lumotlar ko’p uchraydi. Ammo Alliya qirg’oqlarida jang bo’lgani, Kapitoliyning qamal qilingani, Rim to’lov bergandan keyin gallarning Rimdan qaytib ketgani haqiqiy voqyealardir.
Keyinchalik gallar yana bir marta Rimga hujum qilishga uringanlar, ammo bu urinish natijasiz bo’lgan, shundan keyin er.avv. 334-y ular Rimliklar bilan sulh shartnomasini tuzganlar.
Samniy urushlari. Gallarning hujumi Rimning Lasiydagi ta’sirini bo’shashtirgan. Lotinlar ittifoqi deyarli buzilib ketgan. Ba’zan lotinlar qo’llab turgan volsklar bilan bo’lgan urushlarda rimliklar Lasiydagi ilgarigi mavqyelarini tiklab olganlar. Er.avv. 4 asr o’rtalaridagina Lasiy shaharlari Rim bilan ittifoqchilik munosabatlarini tiklagan. Janubiy Etruriya ham bo’ysundirilgan. So’ngra uzoqqa cho’zilgan samniy urushlari boshlangan. Bu qabilalar o’rta Italiyaning bir qismi bo’lgan, sharoiti og’ir, tog’li Samniumda yashagan. Samniylar chorvachilik (ayniqsa yilqichilik), ovchilik bilan mashg’ul bo’lgan, ular temirga ishlov berishni bilganlar. Ular Sirakuza bilan Karfagenni yollanma otryadlar bilan ta’min etib turgan, bu otryadlar o’zlarining yuksak jangovarlik sifatlari bilan nom chiqargan. Samniy drujinalari talonchilik maqsadida boy Kampaniya shaharlariga hujum qilib turgan. Er.avv.4 asr o’rtalarida ular bilan Kampaniya viloyatida yashovchi qabilalar o’rtasida doim urush bo’lib turgan. Rimliklar ana shu urushlardan foydalanib samniylar federasiyasiga qarshi kurash olib borganlar, ular bu kurashlari natijasida samniylarni surib chiqarib unimdor Kampaniya yerlarini va shu byuilan birga samniylar ishg’ol qilib turgan yerlarni ham tortib olish orzusida bo’lganlar. Er.avv. 343-341-yy samniylar bilan bo’lgan birinchi urush natijasida rimliklar Kampaniyani o’zlariga bo’ysundirganlar.
Er avv 340-338 yy latin ittifoqiga kirgan shaharlar bilan Rim o’rtasida latin urushi bo’lib o’tgan. Latin urushi boshlanishiga sabab lotin shaharlarining Rim gegomonligini ag’darib tashlashga, uni latin ittifoqining oddiy a’zosiga aylantirishga uringanliklari, shuningdek, latinlar bilan rimliklarning Kampaniyadan manfaatdarliklari to’qnash kelganliklari bo’lgan, negaki Kampaniyaning unumdor yerldari Rimliklarning ham, latin plebslarining ham diqqatini jalb qilib kelgan. Latin shaharlari bilan itlaiy qabilalari ittifoq bo’lib Rimga qarshi chiqishgan. Lekin Rimliklar kampaniyaliklar bilan bir tomonlama sulh tuzib bu ittifoqni bo’shashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Bu sulhga muvofiq Kapuya zadogonlariga Rim fuqorosi huquqi berilgan. So’ngra latinlar va volsklarning qarshiligi sindirilgan. Lasiya shaharlari Rimga qaram bo’lib qolgan. Ulardan ba’zilari Rim fuqorolik huquqiga ega bo’lgan, boshqalari hamma huquqlarda rimliklar bilan teng qilingan bo’lsalarda, kamisiyalarda ishtirok qilishga haqli bo’lmagan. Kurashda qattiq qarshilik ko’rsatgan shaharlar o’z hududlarining bir qismini Rimga berishga majbur bo’lishgan. Volsklarning shaharlari kaloniyalarga aylantirlib, volsklarning o’zlari tog’li joylarga surib yuborilgan .
Samniy qabilalaring federasiyasi Rimning Italiya markazida birdan-bir dushmani bo’lib qolgan. Samniylar bir qancha italiy qabilalaridan Rimga qarshi ittifoq tuzganlar. Ikkinchi Samniylar urushi boshlangan (er avv 327-304 yillarda davom etgan). Rimliklar Kampaniyada g’alaba qozonganlardan keyin Samniumga bostirib kirganlar. Bu yerda er avv 321 yilda samniylar Kavdiy shahrida tor o’rmon daraligida ikki konsulning armiyasini ham qurshab olganlar. Rimliklar og’ir shartlar bilan taslim bo’lganlar va Samniumni tashlab chiqishga va’da berganlar. «Rim shavkatiga va Rimning harbiy ruhiga qat’iy barham berish uchun» barcha Rim jangchilari ulardan tortib olingan qurol-yoroqlardan terib solingan o’ziga xos g’alati darvoza tagidan-«zulm tagi» dan o’tkazilgan. Er avv 304 yilda Rimliklar bilan Samniylar o’rtasida tuzilgan sulx shartnomasiga muvofiq Kampaniya Rimga o’tdi.
Uchunchi samniylar urushi (er av 298-290 yy) juda ham katta qiyinchilik bilan o’tgan. Er av 280 yilda huvullab qolggan,, qonga belangan, shafqatsizlik bilan g’azot qilingan va kuydirilib vayron etilgan Samniumni Rimliklar o’zlariga bo’ysindirganlar.
O’sha yillar ichida Rimliklar shimoliy Italiyani ham o’zlariga tobe qilganlar.
Urushlar natijasida er avv 4 asr o’rtalariga kelib butun o’rta Italiya, yani Po daryosidan tortib to Lukaniya chegrasigacha bo’lgan yerlar Rim hukumronligi ostiga o’tgan.
Er av 3 asr boshlariga kelib Apenin yarim orolining janubida joylashgan, o’zaro urushlar va janubdagi mahalliy qabalalarning ta’ziqi bilan madori ketgan yunon shharlarigina Rimga tobe bo’lmay mustaqil yashab kelgan.
Er avv3 asrning 80 yillarida Lukanlar qabilasi Furiyga hujum qilgan.er av 281 yilda Rimning Tarentga qarshi ochiqdan-ochiq urishi boshlangan. Tarentliklar yordam so’rab Epir podshosi Pirrga murojat qilganlar. Shuhratparast va qollob Pirr g’oyat qobilyatli sarkarda sifatida mashhur bo’lgan
Er avv 280 yilda Pirr o’zining zomanaviy ellinistik harbiy texnika bilan qurollangan, tanlangan fessal otliq askarlari va Apenin yarim orolida bungacha sira ko’rilmagan jangchi fillar bilan ta’minlangan qo’shini bilan Italiyaga kirib kelgan. Gerakliya shahri yonidagi 1 chi qonli jangda Pirr g’alaba qilgan. U Kampaniya va Samnium orqali yurib, Rim ostonasigacha borib etgan. Pirr Shaharga qujum qilishga botinaolmay sulh taklif qilgan, uning taklifiga ko’ra yunon shaharlari mustaqil bo’lib qolishi lozim bo’lgan. Ammo Rim senati yunonlarga qarshi kurash uchun Karfagen bilan harbiy ittifoq tuzishga tayyogarlik ko’rib bo’lgan ekan. Buning ustiga Tarent va boshqa yunon shaharlarining aholisi Pirrdan norozi ekanliga ham ma’lum bo’lib qolgan. Shunga ko’ra senat Pirrning taklifini rad qilgan.
Er avv 279 yilda 2 kunlik hal qiluvchi 2 chi jang Auskul shahri yonida bo’lgan. Pirr yana Rim qo’shinlarini tor-mor qilgan, lekin bu jangda u haddan tashqari ko’p jangchilarini yo’qotib, «Agar biz Rimliklar ustidan yana bir marta g’alaba qilasak, u holda tamomila holok bo’lamiz» deb qichqirib yuborgan ekan.
Er avv 275 yilning bahorida Pirr italiy yunonlariga yordam ko’rsatishni bahona qilib orolni tashlab ketgan va yana italiyaga borib tushgan. Pirr tamomila mag’lubiyatga uchragandan keyin Italiyani tashlab, Gresiyaga jo’nagan, uerda er avv 272 yilda Makedoniya taxti uchun kurash boshlagan va Agros shahrining ko’cha janglarida halok bo’lgan.
Er avv 272 yil Rimliklar Italiya janubidagi mustaqillikning so’nggi tayanchi bo’lmish Tarent shahrini avvolo qamal qilib, so’ngra ishg’ol qilganlar.
Er avv 3 asrning 60 yillariga kelib Rimning Italiyada olib borgan urushlari tugagan. Sizalpina Galliyasi chegarasidagi Rubikon daryosidan tortib Messina bo’g’ozigacha bo’lgan yerlar, xullas butun Italiya Rimga bo’ysingan.
Rim istilo qilgan yerlarni idora qilish tartibi sekin asta, er avv 5-3 asrlar dovomida tarkib topgan.Rim polising imtiyozli holatda bo’lganligi bo’ysindirilgan Italiya qabilalari, halqlari va shaharlarining qaramlik darajalari turli- tumanligi va ularga berilgan huquqlarning xilma-xilligi Rim idora tartibining o’ziga xos xususiyatidir. Istilo qilingan Italiya aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot darajalari xilma-xil bo’lganligidan ularning huquqiy ahvoli ham xilma- xil bo’o’lgan.
Rim fuqorolari yashagan kaloniyalar huquq jihatidan ko’proq imtiyozlardan foydalangan. Koloniyalar aholisi Rim halqining bir qismi bo’lib fuqoralik huquqlariga ega bo’lgan. Koloniyalar ayniqsa urushda qattiq qarshilik ko’rsatgan qabilalar, halqlar va shaharlardan tortib olingan yerlarga joylashtirilgan. Koloniyalarda yashovchi aholi Rim magistiratlarining saylashda ishtirok qilganliklari uchun ular shu magistiratlar tamonidan idora qilinishi lozim deb qaralgan Er avv 4-3 asrlarda Rim jmiyatining murakkab sinfiy va sosial tuzilishi tarkib topgan Rim jamit erkin kishilar va qullarga bo’lingan. Erkin kishilar o’z navbatida, nobillarga, suvoriylarga va juda ko’pchilik qishloq va shahar Plebsiga mayda dehqonlar va shahar hunamandlariga bo’linganlar. Erkin kishilar ichida kam huquqli gruppalar ozodlikka chiqarilgan qullar, kliyentlar, asoratga solingan erkin kishilar bo’lgan. Ulardan ba’zilari erkin kishilar bilan qullar o’rtasidagi muallaq holatda bo’lganlar. Ozod qilingan qullar yuridik jihatdan qullarga yaqin bo’lganlar. Ular o’zlarining sobiq xo’jayinlariga ma’lum to’lov berib, xo’jaynlarning ba’zi ishlarini bajirib turganlar, ular yana qullik holatiga qaytishlari mumkin bo’lgan. Shunday qilib Rim jamiyatini tuzilishi doim o’zgarib turuvchi holatda bo’lgan yangi to’la huquqli, kam huquqli gruhlar, yangi toifalar bo’lgan..