Qadimgi dunyo tarixi


Arxidam urushi (mil.avv.431-421 yillar)



Download 32,88 Mb.
bet41/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Arxidam urushi (mil.avv.431-421 yillar)
Mil.avv. 431-421 yillari Peloponnes urushi 1-bosqichi bo’lib o’tdi. Unga Sparta podshosi Arxidam II boshchilik qilib, manbalarda Arxidam urushi deb ham nom olgan. Sparta qo’shinlarining Attikaga bostirib kirishib dehqonchilik vohalarini vayron qildilar. Arxidam qishloq demoslarini Perikl va u tayanuvchi shahar demosiga qarshi qilib qo’yish va shu bilan siyosiy birlikka rahna solmoqchi bo’ldi. Quruqlikdagi Afina qo’shini ko’p jihatlari bilan sparta qo’shiniga qaraganda zaif edi. Spartaliklar ustunliklariga ishonishar va Afinaliklarni jiddiy urushga tortish niyatida bo’lishganlar. Perikl rejasi esa boshqacharoq tartibda bo’lgan: quruqlikda spartaliklar bosib olishi mumkin bo’lgan hududlardan aholilarni uzun mudofaa devorlariga ega bo’lgan Afina va Pirey oraliqlariga vaqtinchalik ko’chirish, hamda dengizdagi ustunlikdan foydalangan holda dengiz blakadasi tashkil etib Korinfni Sisiliya, Janubiy Italiyadagi savdo va iqtisodiy aloqasini uzib tashlamoqchi bo’ldi. Xullas, mil.avv. 431 yili afinaliklar bilan jiddiy to’qnashuv bo’lmadi. Mil.avv. 430 yili yana qaytadan to’qnashuvlar boshlandi. Biroq, baxtga qarshi Afinaga sharqdan yuqimli vabo kasalligi tarqalib juda ko’p odam qirilib ketdi. Oddiy mehnatkash xalq dehqonlar bu kulfatni aybdori deb Periklni ayblashdilar va uni strateglikdan olib tashlashdilar. To’g’ri, yana qayta saylashgan bo’lsalarda qartayib qolgan Perikl ko’p o’tmay vabo ta’sirida vafot etdi. Strateg etib Klion saylangan. Afinada siyosiy kurash keskinlash. Yangi strateg Klion kambag’allashib qolgan demoslar manfaatini ko’zlab ish yuritgan. Mil.avv. 430-426 – yillari Afina muvaffaqiyatli urushlar olib borishganlar. Demosfen va Klion boshchiligidagi Afinaliklar Kifera, Sfakteriya orollarida ham g’alaba qozonishganlar. Sparta sulh so’raganda Klion o’ta og’ir shart qo’ydi. Sparta bu shartga rozi bo’lmay urushni davom ettirishni ma’qul ko’rishganlar va mil.avv. 425-yili Korinf yonidagi jangda Afinaliklarni mag’lubiyatga uchratishganlar. Mil.avv. 424-yili Delin yonida yana afinaliklar butun Peloponnes urushi jarayonidagi eng katta mag’lubiyatga uchradi. Sparta sarkardasi Brasid Xolkidika oroliga yurishni boshlab Amfiopol shahrini zabt etdi. Buni eshitib strateg Klionning shaxsan o’zi bu orolga kelgan va mil.avv. 422 yili spartaliklar bilan jangga kirib bu jangda Klion va Brasidlar halok bo’lishganlar. Shundan so’ng Afina davlati boshlig’i bo’lgan Nikey Sparta bilan mil.avv. 421 yili 50 yilga mo’ljallangan sulh tuzadi.
Sisiliya ekspedisiyasi. Afinaliklar boy Sisiliyani bosib olib Peloponnes ittifoqidagilarni g’alla va boshka mahsulotlardan mahrum qilishmoqchi bo’lishdilar. Aslida Nikiy bunga qarshi edi, biroq Alkiviad boshliq kuchlar g’olib kelib Sisiliya safari boshlandi. Mil.avv. 415 –yili 260 ta harbiy kema 35 ming yosh jangchilar bu ekspedisiyaga olindi. Shu tariqa 2- peloponnes urushi boshlandi. Bunga Alkviad, Nikiy va Lamaxlar boshchilik qilishdi .Ketish oldidan Germes xudosi byustini kimlardir zaralantirgan. Ayb Alkiviadga qo’yildi, lekin u spartaliklar tomon qochib ketdi. Mil.avv. 413 yili Demosfen boshliq Afina floti spartaliklardan mag’lubiyatga uchradi. Nikey, Demosfenlar qatl etildi. Afina ketma-ket mag’lubiyatlarga uchragan. Lekin, afinaliklar dengiz floti birmuncha kuchli edi. Spartaliklar afina floti bilan kurashish uchun Egey dengizida forslardan yordam so’rashganlar. Shu tariqa sparta floti kuchayib, Gellespont yonida ( mil.avv.405 yili) afinaliklar flotini butunlay mag’lubiyatga uchratishganlar . Shundan so’ng afinaliklar ham quruqlikda, ham dengizda mag’lubiyatga uchrashishib, eng yomoni endi Afinaga chetdan keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari yo’li to’silib qo’yiladi. Afinada juda kuchli ocharchilik boshlanib ketadi. Noiloj qolgan Afina mil.avv. 404 yili Spartaga taslimbo’lgan. Afina arxesi tugatilgan. Afina bilan Pireyni bog’lovchi mudofaa devoribuzib tashlangan. Afina Peloponnes ittifoqi tarkibiga kiritilgan. Demokratiya o’rnini aligarxiya egallagan. Afinada xalq majlisi Sparta tazyiqi ostida Feramen taqdim etgan o’ttiz aligarxdan iborat tiraniya saylagan. Kritiy va Feramenlar bu tiraniyaga bosh bo’lganlar. Demokrat Frasibul Afinadagi tiranlar zulmiga qarshi bosh ko’targan va Pireyda mustahkamlanib olgan. Aholi Frasibulni qo’llagan va Munixiya yonidagi jangda Kritiy boshliq tiraniya kuchlari yengilgan. Shunday qilib, mil.avv. 403 yili tiraniya yiqitilib Afinada demokratiya kayta tiklangan. Xullas, 27 yil davom etgan Peloponnes urushida Afina mag’lubiyatga uchragan . Afina demokratik hukumati bir qancha xatolarga yo’l qo’ygan. Bu xatolar ichida eng og’iri Sisiliya ekspedisiyasi bo’lgan. Yana bir sababi Afina demokratiyasining cheklanganligi ham edi. Bu demokratiya o’zi tuzgan arxeda qullarnigina emas, balki o’z ittifoqchilarini hamekspluatasiya qiluvchi gigemonga ham aylangan edi. Bu urush natijasining eng og’ir oqibati Yunoniston davlati iqtisodini juda zaiflashtirib qo’yganligi bo’ldi.
Mil.avv. 1U asrda Yunoniston. Yunonistonning mil.avv. 1U asr 1- yarmidagi tarixi tarixiy manbalarda garchi bir tekisda bo’lmasada umuman qoniqorli darajada aks ettirilgan. Hatto, Yunonistonning Ksenofont tomonidan yozilgan umumiy tarixi ham mavjud. Uning ma’lumotlarini mil.avv. 1U asrda yashagan boshqa avtorlarning : Aristotel, Lisiy va qisman Demosfen asarlari yordamida to’ldirish va anchagina darajada tekshirib ko’rish mumkin. Shuningdek, Aristofan komediyalarida va badiiy adabiyotning boshqa asarlarida ham qimmatli materiallar bor. Diodor, Plutarxlarlarda ham ma’lumotlar bo’lgan. Obida yozuvlari, numizmatik manbalar ham bu davr borasida bilmlarimizni boyitadi.
Peloponnes urushi natijasida Yunoniston iqtisodijuda orqaga ketadi. Urush qullar sonini ko’paytirib yuborib, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiqda qullar mehnatidan keng foydalanila boshlandiki, bu yuqorida zikr etilgan sohalar uchun halokatli bo’ldi. Bu davrda polislarda eski shaxar xalq lashkarlari o’z ahamiyatini yo’qotgan. Sababi fuqoralaring o’rta tabaqasi barham topgan. Vaholanki , bu tabaqa lashkarning asosini tashkil etar edi. Demak, 1U asrdan e’tboran Yunonistonda yollanma askarlar otryadlari soni tez o’sdi. Ular va bu otryadlar askarboshilarining polislar siyosiy hayotida roli oshaboshladi. Yollangan askarlar ba’zan u yokibu joylarda xukumatni ag’darib tashlashib o’z tiranlarini e’lon qilishar edilar. Polislarda sinfiy kurash kuchaygan, hamda sosial-iqtisodiy inqirozlar keskinlashgan. Inqirozlardan qutilish uchun siyosiy arboblar, faylasuflar yo’l izlashganlar. Masalan, Isokrat degan arbob bu chorani yunonlarni Kichik Osiyoga yurish qilib, boy o’ljalarga ega bo’lish bilan belgilagan. Bunda Yunoniston jamiyati boy tabaqalarining manfaati yotadi. Hattoki, bu rejaga Eronning ancha zaiflashib qolganligi ham imkoniyat yaratishi mumkin bo’lgan.
Garchi, Sparta davlati Peloponnes urushida g’olib bo’lib, butun Yunoniston gegemoni bo’lgan bo’lsada, lekin bu vazifani meyorida uddalay olmadi. Bunga uning sosial-iqtisodiy, siyosiy qoloqligi halaqit berdi. Hamda, Sparta davlati ichida ham sinfiy kurash keskinlashib ketgan edi. Peloponnes urushi vaqtida Sparta Erondan yordam olib evaziga Kichik Osiyodagi yunon shaxarlari hukumronligini Eronga bergan bo’lsada, keyinchalik Sparta bu shartni buzdi. Natijada Eron bilan munosabat buzilib mil.avv. 399-394 yillari Sparta-Eron urushi bo’lgan. Eronliklar urushda sustkashlik qilgan bo’lishsada, lekin diplomatik munosabatlarda muhim g’alabani qo’lga kiritganlar. Yunon polislari bilan munosabatni yaxshilab olishganlar.(Fiva,Afina, Korinf, Argos va boshqalari bilan). Nihoyat, bu koalisiya mil.avv.395-387 yillari Spartaga qarshi urishib bu urush Korinf urushi nomi bilan tarixga kirgan. Bu urush mil.avv. 387 yili Suzada Antalkid sulhi bilan to’xtatilgan. Sparta mag’lubiyati bo’lgan. Eron Bolqon yarim orolida o’z mavqyeini mustahkamlab olgan. Peloponnes ittifoqidan boshqa ittifoq bo’lmasligiga kelishilgan. Lekin, Sparta nisbatan zaiflashganidan yana Afina 2- Afina dengiz ittifoqini mil.avv. 378 yili tuzgan. Bu ittifoqqa 7o dan ortiq polislar qo’shilib mil.avv. 374 yili Sparta bu ittifoqni tan olishga majbur bo’lgan. Sparta bilan qattiq kurashgan polis Fiva bo’ldi. Fivaliklar garchi spartaliklar ustidan bir necha marotabo g’olib kelishgan bo’lsalarda butun Yunonistonga gegemon bo’lishga muyassar bo’lishmagan, sababi bunga an’anaviy yunon polislarining birlashuvi to’siq bo’lgan. ( Afina Sparta bilan yaqinlashgan). Xullas, 2- Afina dengiz ittifoqi ham Afinaning gegemonlikka bo’lgan urinishi oqibatida «Ittifoqchilar urushi» ga aylanib ketib 22 yilgina yashadi va tarqalib ketdi.
Umuman aytganda, mil.avv. 1U asr butun Yunoniston uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy inqirozlar asri bo’ldi. Yunoniston oxir-oqibatda juda zaiflashib qoldi.





Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish