Qadimgi dunyo fizikasi



Download 218,36 Kb.
bet4/13
Sana14.01.2022
Hajmi218,36 Kb.
#362635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2- МАВЗУ

Demokrit

(460-370)


1. Demokrit (miloddan avval (460-370) yillarda yashagan va u moddalar tuzilishi atom nazariyasining asoschisi hisoblanadi. U dunyoning juda ko’p mamlakatlari: Misr, Vavilion va Eronga safar qilgan. Demokrit matematika, fizika va falsafaga doir ko’plab asarlar yaratgan, lekin bizgacha ularning asl nusxasi saqlanmagan. Uning atom nazariyasi boshqa olimlar asarlarida qayd etiladi. Demokritning moddalar tuzilishi atom nazariyasining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi:

  1. Hyech nimadan hyech nima paydo bo’lmaydi. Bor narsalar yo’qolmaydi. Hamma o’zgarishlar bo’linish va qo’shilishlar tufayli hosil bo’ladi.

  2. Hyech nima tasodifiy paydo bo’lmaydi, ular ma’lum sabab va zarurat tufayli hosil bo’ladi.

  3. Atom va cheksiz sof bo’shliqdan boshqa narsa yo’q. Boshqa hammasi shunday tuyuladi.

4. Atomlar son-sanoqsiz va shakl jihatdan turlichadir.

5. Moddalar orasidagi farq undagi atomlar soni, shakli, miqdori va tartibi bilan belgilanadi.

6. Ruh (jon) ingichka silliq va dumaloq atomlardan tashkil topgan bo’lib, olov atomlariga o’xshaydi. Bu atomlar o’ta harakatchan, barcha jismlar orqali o’ta oladi va shu tufayli hayot yuzaga keladi.

Demokrit fanda deduktiv usulni qo’llaydi. Tabiat hodisalarini mantiqiy mulohazalar orqali tushuntirishga intiladi. Shunday rivoyat bor: Demokrit fikricha, insonning chuqur mulohaza yuritishiga uning ko’rish qobiliyati to’sqinlik qiladi. U fikrini isbotlash uchun o’z ko’zini ko’r qiladi.

U birinchi bo’lib tabiatshunoslikka atom tushunchasini kiritadi. Atom-so’zi «a» - «inkor», «tomas» - bo’linish so’zlaridan olingan bo’lib, «bo’linmas zarracha» degan ma’noni anglatadi. Demokrit shunday mulohaza yuritadi: agar deydi u: «biror narsani ikki bo’lakka bo’lib, uning bir bo’lagini yana ikkiga bo’lsak va shu tartibda bo’lishni davom ettirsak, nihoyat

shunday bir bo’lakchaga duch kelamizki, u boshqa bo’linmaydi». Ana shu bo’linmas zarrachani Demokrit atom deb ataydi. Tabiatdagi barcha narsalar ana shunday atomlardan tashkil topgan deb tushuntiradi.



Hozirgi fan nuqtai-nazaridan fikr yuritadigan bo’lsak, Demokrit nazariyasi kamchiliklardan am holi emas, ya’ni unda atomlar harakati va ularning o’zaro ta’siri to’g’risida so’z yuritilmaydi. Demokrit nazariyasi keyinchalik Epikur tomonidan rivojlantirildi va u moddalar tuzilishining zamonaviy molekulyar-kinetik nazariyasi yaratilishiga asos bo’ldi.


Download 218,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish