Qadimgi dunyo fizikasi


Ioniylar davrida fizika fani tarixi



Download 218,36 Kb.
bet2/13
Sana14.01.2022
Hajmi218,36 Kb.
#362635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2- МАВЗУ

Ioniylar davrida fizika fani tarixi


Ioniylar-«Ioniy» so’zi yunon qabilalaridan birining nomidan olingan. Ular miloddan avvalgi IX-VII asrlarda O’rta yer dengizi bo’ylarida Kichik Osiyoning Ђarbiy qirg’oqlarida o’z manzilgohlarini barpo etishgan. Samos, Milet orollarida ilk shaharlar yuzaga kelgan. Ushbu davlat Ioniya deb atalib, u orqali Sharq mamlakatlari Ђarb bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar olib borishgan.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ioniyada yashagan faylasuflar: Falles, Anaksimandr, Anaksimen, Geraklit, Diogen va boshqalar milet maktabi nomoyondalari hisoblanadi. Yunon fanining asoschilaridan biri miletlik Fales (miloddan avvalgi 624-547 yillarda yashagan) tabiatdagi barcha narsalar asosida suv yotadi deb ta’kidlagan. Anaksimandr-noaniq cheksiz narsa-«apeyron» deb, Anaksimen-(mel.avvl. 585-525 y.) havo yotadi, deb tushuntiradi.

Eramizdan avvalgi 490-430 yillarda Sisiliyada yashagan Empedokl (400- 430 mil. avval.) tabiatdagi barcha narsalar to’rt unsurdan ya’ni: olov, suv havo va tuproqdan tashkil topgan, deb aytadi. Bu unsurlar o’zgarmas va abadiy bo’lib, ulardan qanday miqdorda ishtirok etishiga qarab turli xil narsalar yuzaga keladi, deb tushuntiradi. To’rt unsurdan turli-tuman narsalarning vujudga kelish sababi ular o’rtasidagi tortishish va itarish kuchlari, deb tushuntiradi.

Milet maktabining yana bir namoyondasi milloddan avval (580-500 yillarda) yashagan buyuk faylasuf va matematik Pifagor Samoskiy olamdagi barcha narsalar va hodisalar sonlarga bo’ysunadi, deb ta’lim beradi. Pifagor fikricha, barcha sonlar ilohiy hisoblanib, olamni shu sonlar boshqaradi. Pifagor va ularning tarafdorlari Yerni shar shaklida va harakatlanadi, deb aytishadi. Pifagor va uning maktabi ta’limoti asosida tabiat hodisalarini matematik tarzda ifodalash, tahlil qilish boshlanib, bu usul hozirda ham keng qo’llanilmoqda. Pifagor maktabi nafaqat tabiat va unda kechadigan jarayonlarni izohlash bilan cheklanib qolmasdan, balki bizni o’rab olgan olam qanday tuzilganligi, uning harakati sabablari to’g’risida ham ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu maktabning namoyondasi astronom Aristarx Samosskiy (eramizdan avval 320- 250 y.) birinchi marta geliosentrik nazariyani olg’a suradi.

Ioniylarning falsafiy qarashlari zamonaviy fizika va astronomiya faniga asos bo’ldi, ular ta’limotini keyinchalik yunon fani vakillari ellinlar davom ettirishadi. Shu o’rinda bir tarixiy haqiqatni eslatib o’tish lozim.

Fizika fanining ilk markazi qadimgi Yunoniston deb e’tirof etiladi. Ammo tabiiy fanlarning kurtaklari avvalo bizning Ona zaminimizda yuzaga kelgan. O’rta Osiyo hududida bundan 3 ming yillar avval yuksak fan va madaniyat vujudga kelganligini tarixiy hujjatlar ko’rsatmoqda. Mustaqillik tufayli biz milliy qadriyatlarimizni o’rganish baxtiga muyassar bo’layapmiz. Shunday qadriyatlarimizdan biri zardushtiylik dini va uning muqaddas kitobi «Avesto» hisoblanadi. «Avesto» bundan 2700 yil avval ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo’lib, unda bizning atrofimizdagi tabiat hodisalari, olamning asosi, o’zgarishlar to’g’risida chuqur va mukammal bilimlar berilgan. Avestoda olamning asosida to’rt unsur (havo, suv, olov va tuproq) yotganligi qayd etiladi. Shunday fikrni ioniylar asarlarida ham uchrashini yuqorida qayd etgan edik.

Demak, qadimgi Yunonistondan fan va madanyatidan ancha oldin bizning ona zaminimizda fan va madaniyati yuzaga kelganligi ayon bo’ladi. Ammo arab istilochilari va boshqa bosqinlar tufayli qadriyatlarimiz deyarli saqlanmagan.


Download 218,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish