3. Aristotel – Arastu, sharqda «birinchi muallim» nomi bilan mashhur. U 384 yilda (eramizdan avval) tug’ilgan, Platonning shogirdi. Platon vafotidan keyin u Afinadan safarga chiqib, 343-340 yillarda Yunoniston podshohi Filipp Makedonskiy saroyida yosh Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)ning tarbiyasi bilan shug’ullanadi. 335 yilda Afina shahrida maktab «Likey» ochadi va uni 12 yil boshqaradi. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin, u Afinani tark etishga majbur bo’ladi. 322 yilda 63 yoshida Xalkida vafot etadi. Uning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: «Fizika», «Osmon to’g’risida», «Paydo bo’lish va yo’qolish», «Metrologiya», «Muammolar», «Mexanika». Aristotel, Platon va Pifagorlarning mantiqiy bilish nazariyasini tanqid, qilib, fizikani kuzatishlar va mantiq asosida yaratishga intildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |