7
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan
biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rangbaranglik, boy o‘simlik, hayvonot va
qimmatbaho yerosti boyliklariga ega bo‘lgan. Yarimorolda sersuv Hind va Gang kabi
daryolar mavjud.
Mil. avv. V mingyillikning oxiri IV mingyillikdan
boshlab Hind daryosi
vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV
mingyillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi hind madaniyati
vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik,
savdosotiqning
rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va
uning Panjob viloyatida qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning
MohinjoDaro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. MohinjoDaro hozirda
Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu
yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtdan qurilgan turarjoylar, saroylar,
omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan.
Shaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va kanalizatsiya ham bo‘lgan.
Badavlat kishilarning uylari,
shuningdek, ibodatxonalar 23 qavatli qilib pishiq
g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan.
Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar
qurilishi MohinjoDaro bilan deyarli bir xil. Shaharda me’morchilik, to‘qimachilik,
kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar
o‘zlarining iyeroglif yozuvlariga ham ega bo’lgan
1
. Ikkala shaharda ham yirik g‘alla
omborlari topilgan bo‘lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. Hindlar
dunyoda birinchi bo‘lib paxtadan mato to‘qib,
kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan
kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo‘li va quruqlik
orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi.
Mil. avv. II mingyillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga
ko‘chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo
vohalarining unumdor yerlariga kelib o’rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq
bilan aralashib ketganlar. Oriylar bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi qonli janglar
hindlarning xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bo‘lgan «Mahabxarat» va
«Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan.
Hindlar o‘zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo‘lganlar. Ularda astronomiya va
matematika ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar,
o‘zlarining taqvimlarini tuzganlar. Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi –
Vedalar, gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan.
Vedalarda hayot va o‘lim masalalari bo‘yicha fikr yuritiladi. Bu ta’limotga ko‘ra jon
doimo bo‘ladi va u kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o‘tadi. Hindlarning Veda
ta’limoti inson mutlaq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini boshqara olmasligi, bu juda
qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi to‘g‘risida fikrmushohada yuritiladi.
Ana shu ta’limot asosida yoga harakati kelib chiqqan.
Vedalarda qadimgi Hindiston aholisining Varnalarga (kastalarga) bo‘linishi haqida
ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida qadimgi diniy e’tiqod, Braxmanizm paydo
bo‘lgan. Braxmanizm qadimgi diniy e’tiqodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IXVIII asrlarda
1
Ахмедова Э. Культурология. Мировая культура.105-bet.
8
vujudga kelgan. Bu e’tiqodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni
va odamni yaratgan deb
hisoblagan. Hind ruhoniylari braxmanlar deb atalganlar. Braxmanlarning ta’kidlashicha,
xudo odamlarni o‘z tanasining turli qismlaridan yaratgan. Xususan, xudo o‘z og‘zidan
braxmanlarni; qo‘llaridan kshatrilarni – jangchi, rojalarni; sonlaridan vayshoqlar –
hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlarni; loyga belangan oyoqlardan esa shudralar, ya’ni
xizmatkorlarni yaratgan deb ta’lim beriladi. Shulardan keyin esa eng past toifa – hazar
qilinadiganlar yaralgan. Shunday qilib, braxmanlar ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni
turli toifalarga – kastalarga bo‘lib, bola qaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umrbo‘yi o‘sha
toifada qolishi kerak bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu ta’limotning
asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda mil. avv. 566-476 yoki 563-
473yillari yashagan. Budda so‘zi sanskritcha oliy bilimlarni egallagan, haqiqatga
erishgan ma’nosini beradi. Buddizm braxmanizmdagi odamlarni kastalarga
bo‘linishini qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar teng bo‘lishini e’tirof etadi.
Buddizm ta’limoti to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan:
1.
Turmush azobuqubatlardan iborat;
2.
Azobuqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir:
3.
Azobuqubatdan qutilish uchun kishilar o‘zlarining istak
va nafslarini tiyishlari
kerak;
4.
Azobuqubatlardan xalos bo‘lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga amal
qilishi kerak.
Buddizm ta’limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi insoniy
munosabatda bo‘lish, boshqa tirik mavjudodga nisbatan zo‘ravonlik ishlatmaslik,
ayniqsa, o‘ldirishni man etish g‘oyasi yotadi. Demak, inson axloqida gumanizm asosiy
o‘rin tutadi.
Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul qilinishi bilan
u davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir tomoni bu, boshqa dinlarga nisbatan
murosasizlik qilishdir.
Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga,
Xitoydan Koreya,
Yaponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarqaladi.
Mil. avv. III-II mingyilliklardayoq Hindistonda hisobning o‘nli tizimi tarkib
topgan edi. Shuningdek, nolni bildiradigan belgi birinchi Hindistonda ishlatilgan. Bu
yangilikni dunyoga ommalashtirgan siymo bu buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiydir.
Tabobat olamida hind arboblari kasallikni aniqlash va uni davolashda katta
yutuqlarga erishganlar. Davolashda ishlatiladigan doridarmonlar 1000 ga yaqin bo‘lib,
silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik usullaridan keng foydalanganlar. Hind
kimyogarlari bo‘yoq va turli kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat
o‘yinining vatani hisoblanadi.
Me’morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari g‘isht va boshqa
buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. Mil. av. II – mil. VII asrlarda Bombey
yaqinida tog‘ni o‘yib, 29 ta budda ibodatxona, ya’ni Ajanta majmuasi bunyod etilgan.
Bu
dunyo madaniyatida arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san’atning o‘ziga xos
sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko‘rsatilgan san’at turlarining
hammasidan foydalanilgan. Mil. avv. 950 va milodning 1050yillari davomida
Chandellas sulolasi davrida qurilgan Vxodjuraxo – ertaksifat sevgi bayrami ibodatxonasi
9
o‘zining ajabtovur ko‘rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o‘sha davrdayoq
haykaltaroshlik sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va
insonparvarlikni tarannum
etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarni yaratganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna)
va Shiva timsolidagi haykallarni nisbat berish mumkin.
Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar xalqlari
ma’naviy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, qadimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyasining qadimgi
beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u jahon madaniyati rivojiga o‘z samarali
ta’sirini ko‘rsata olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: