Qadimgi davr madaniyati Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana23.04.2023
Hajmi0,62 Mb.
#931286
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2mavzu.Maruza (1)

Qadimgi Xitoy madaniyati 
Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati keskin 
o‘zgaruvchan va mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib Tinch okeani 
havzalariga quyiladigan Xuanxe (Sariq daryo) va Yantszi daryolari Sharqiy Xitoy 
pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida Xuanxe daryosi toshib, 
ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun unga xitoyliklar «Tentak daryo», «Xitoyning 
sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi daryo» deb nom berishgan. Shu daryolarning 
bo‘ylaridagi yerlar unumdor bo‘lib, ilk dehqonchilik vujudga kelgan. Bu o‘lka qadimdan 
o‘simliklar va hayvonot olamiga boy, yerosti qazilma boyliklari ham mashhur bo‘lgan. 
Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3-mingyillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini 
birinchi bo‘lib, tarixchi Sima Szyan 30- bobdan iborat «Tarixiy xotiralar» asarida 
yoritilgan sulolaviy davrlarga bo‘lgan. Qadimgi Xitoyda ko‘hna Mesopotamiya va 
Misr singari qadimiy o‘ziga xos madaniyat yaratilgan. 
Xitoyliklar Shan sulolasi davrida (mil.avv. 2-minginchi yil o‘rtalarida) o‘z yozuvini 
yaratganlar. Bu yozuv bir necha o‘n ming belgiiyerogliflardan iborat. Milodning I 
asrigacha bu iyerogliflar hozirgi yozuv ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Qadimgi Xitoy yozuvi 
asosida keyinchalik Koreya, Vyetnam va Yapon yozuvlari paydo bo‘ldi. 
Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta) muomalaga 
chiqarildi
1
. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, 
Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan 
bayramlardagi mushakbozlikda foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbaletmiltiqlar ham 
dastlab Xitoyda yaratilgan. 
Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘stloq va bambuk 
aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda 
arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisoblangan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi 
maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan. 
Buyuk Xitoy devori qurilishi mil. avv. IV asrda boshlanib, bir necha asrlar 
davomida shimoldagi Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdosotiq 
ishlarini ko‘zlab qurilgan. Devor Leodun qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Shayxayguan shahridan 
boshlanib, g‘arbda Dunxuan qal’asigacha davom etgan. Devorning umumiy uzunligi 
5.000-6.000 km, uning balandligi joyiga qarab 610 metr, qalinligi 5,57 metr bo‘lib, 
soqchilar uchun har 100200 metrda mustahkam baland burj va minoralar qurilgan. 
1
Milodning 700-yili Xitoyda birinchi marta qog‘oz pul muomalaga chiqarilgan.


10 
Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak yo‘liga asos 
solinishidir. Imperator rafiqasi SiLingchi tomonidan mil. avv. 2600-yili ipakning kashf 
etilishi va mil. avv. 128yili Xitoy sayyohidiplomati Chjan Szyan tomonidan Buyuk 
ipak yo‘liga asos solinishi katta tarixiy o‘zgarish bo‘lgan. 
Buyuk ipak yo‘li birgina savdosotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda 
diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarni tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va 
G‘arb sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l bo‘lib, unda Markaziy Osiyo xalqlari vositachilik 
rolini o‘ynaganlar. 
Shuningdek, badiiy madaniyat Bobil, Misr, Hindistonda dinga tobelik xususiyatiga 
ega bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda badiiy asarlar ko‘proq dunyoviy yo‘nalishga ega bo‘lgan. 
Masalan, Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra «Shiszin»ga («Qo‘shiqlar kitobi»ga) madhiyalar, 
xulq va urfodatlar masalalari kiritilgan. She’riyat lirikasida va tasviriy san’atda tabiat 
go‘zalligi har bir kishiga tushunarli tarzda hayotiy, zavq beruvchi tarzda tasvirlangan. 
Haykaltaroshlar dimog‘dor amaldor, laganbardor xizmatchi va holdan toygan qullarning 
og‘ir mehnatini mahorat bilan aks ettirganlar. 
Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda uqalash, igna 
sanchib davolashdan, o‘simlik va hayvonlardan hosil qilinadigan dorilardan, xususan 
jenshen, kiyik shohidan olinadigan panti, choy va boshqa doridarmonlardan keng 
foydalanganlar. O‘sha davrdayoq Xitoy tibbiyotida mingdan ortiq dorilar bo‘lgan. 
Qadimgi Xitoy tabiblari ichida Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur bo‘lgan. Van 
Shu tibbiyotga oid «NeySzin» («Odam tabiati va hayoti»), Ban Sio esa «Qiyinchilik 
haqida kitob» kabi asarlar yozganlar. 
Mil. avv. XIIVI asrlarda Xitoyda dunyoni miflar orqali tasavvur qilishdan falsafiy 
mushohada qilishga o‘tiladi. Falsafa o‘zining «oltin asr» deb nomlangan o‘sha davrning 
cho‘qqisiga chiqadi. Falsafiy qarashlar ichida ikkitasi muhim ahamiyatga ega. 
Bulardan bittasi Konfutsiylik bo‘lib, uning asoschisi Kun Futszi yoki Kuntszu edi. 
U mil. avv. 552--yilda zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lib, 15 yoshidan o‘zi mutolaa qilib, 
ma’lumot olgan. Uning ta’limotida qadimgi urfodatlar va ularga to‘la rioya qilish muhim 
o‘rin tutadi. Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib, uni 
gullabyashnashiga olib keladi deb uqtiriladi. Davlat to‘g‘risidagi ta’limotda «… agar 
podsho haqiqiy podsho o‘rnida bo‘lsa, fuqarolar – fuqaro o‘rnida, ota – ota, ona – ona 
o‘rnida, bola – bola o‘rnida bo‘lsagina davlat gullabyashnaydi» deyiladi. Agar davlat o‘z 
nomiga munosib bo‘lsa, unda yetarlicha oziqovqat, yetarlicha qo‘shinlar bo‘lishi va unga 
ishonch bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi. 
Konfutsiylik ta’limoticha insonparvarlik, odob, yuksak fazilat tufayli jamiyat rivoj 
topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli inson kamolotga erishadi. Uning 
negizida quyidagi hayotiy tamoyillar yotadi: 
1.
«Sen o‘zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning ham erishishiga 
ko‘maklash»; 
2.
«Sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ham ravo ko‘rma».
Konfutsiy mil. avv. 479-yili 72 yoshida vafot etgan. Uning ta’limoti Xitoyda va 
uning tashqarisida hozirgacha ham mashhurdir. Xitoyning Syuyfu shahrida dunyoga 
mashhur «Konfutsiy yodgorlik majmuyi» bunyod etilgan (mil. av. 56 – yil – 1911yillar). 
Ikkinchisi, Daosizm ta’limoti, Dao – xitoycha aql bilan bilib bo‘lmaydigan 
hayotiy butunlik, «Qonun», «Yo‘l» ma’nosini bildiradi. Uning asoschisi – LaoSzi (mil. av. 


11 
VIV asrlar) bo‘lib, uning taxallusi «Dono qariya» bo‘lgan. Daosizm ta’limotining 
markazida tabiat, koinot, inson turadi. Dao – ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz, 
absolut kuch. Dao hamma narsalarni, shu jumladan dunyoni yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo 
doim harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Daosizm «Dao»ga rioya qilish 
insonga «O‘z tabiatini butunlikda saqlab qolishga» imkon beradi, deb da’vat etadi. 
Qadimgi Xitoyda adabiyot ham ancha rivoj topgan. Avvalo, xalq og‘zaki ijodi, 
keyinchalik yozuvning kelib chiqishi bilan yozma adabiyot ham rivojlangan. Jumladan, 
xalq qo‘shiqlari asosida «Shitszin» to‘plami, tarixiy, falsafiy «Chuntsyu» (Bahor va kuz) 
kitoblari diqqatga sazovor. 
Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida mil. avv. 14590yillarda yashagan Sima Szyan 
mashhur bo‘lib, yuqorida qayd qilingan «Tarixiy xotiralar» asarini yozgan. Unda 
Xitoyning eng qadimgi davridan II asrgacha bo‘lgan davri yoritilgan. Milodning 
3292yillarida yashagan Ban Gu o‘zining «Xan podsholigi tarixi» asarini yozgan. 
Qadimgi Xitoyning kulolchilik mahsulotlari, ayniqsa, chinni buyumlar 
hozirgacha o‘zining nafisligi, betakrorligi, pishiqligi bilan ajralib turadi. Ularda 
ishlatilgan rang, tanlangan manzaraning go‘zalligi kishini lol qoldiradi. 
III asrga kelib yagona Xan podsholigining Vey, Shu va U kabi mayda uchta 
davlatlarga bo‘linib ketishi bilan Qadimgi Xitoy davri tugaydi va o‘rta asrlar davri 
boshlanadi. 
Shunday qilib, Qadimgi Xitoy o‘ziga xos betakror madaniyat bilan jahon 
madaniyatini rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning ta’siri, ayniqsa, 
Janubisharqiy Osiyo mamlakatlari madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida 
kuchliroq aks etdi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish