20
Plebeylar orasida ham boybadavlat kishilar bo‘lgan, lekin ularning orasida
kambag‘allar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Rim aholisi ichida qullar huquqsiz
«gapiruvchi hayvon» edilar.
Rimliklar nisbatan jangovar bo‘lganlar va harbiy
jasorat ular uchun oliy
qadriyat hisoblangan. Rim jangchilarning bosqinchilik yurishlari tufayli Rim
imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo‘llar, turarjoylar,
jamoat
uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida respublika va
imperiya boshqaruvi shakllarini yaratib o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining vorislari
hisoblanadilar. Ko‘plab yunon xudolari nomlari o‘zgartirilgan. Chunonchi, Zevs –
Yupiterga, Kronos – Saturnga, Poseydon – Neptunga, Afrodita – Veneraga, Artemida –
Dianaga, Afina – Minervaga aylangan. Rimliklarda oila homiysi xudo Vestaga alohida
e’tibor berganlar. Vesta ibodatxonasi uchun zodagon oilalardan vestalkalarni – yosh
qizlardan tanlaganlar, ular 30 yil mobaynida ibodatxonada
xizmat qilishlari kerak
bo‘lgan. Vestalkalarni juda hurmat qilishgan. Agar vestalkaga jinoyatchi to‘g‘ri
kelib qolsa, jinoyatchining aybi kechirilgan. Vestalka o‘zaro urishayotganlar oldiga
kelsa, janjalni darhol to‘xtatishgan. Ular o‘choqolovni saqlovchi homiylar hisoblangan.
Vestalkalar xizmat davrida bokiraligini saqlay bilishmasa, unda ularni tiriklayin yerga
ko‘mishgan.
Qadimgi Rimdagi kiyimlar ham yunonlarniki kabi burmali bo‘lgan.
Erkaklarning asosiy ustki kiyimlari toga (yarim aylana yoki oval shaklidagi mato)
bo‘lgan. Erkak va ayollarning ichki kiyimlari vazifasini
tunika bajargan ayollar
uning ustidan stola (xiton ko‘rinishidagi keng uzun kiyimlar) va parka (gimmatiyga
o‘xshash) kiyishgan.
Rimliklarning dam olishi ham asosan bir xil bo‘lgan:
hammomlarga borish va u yerdagi mashq maydonchalarida bo‘lish, falsafiy sohada
suhbatlar o‘tkazish, kutubxonalarda shug‘ullanish yoki basseynlarda hordiq chiqarish ular
uchun odatiy hol bo‘lgan.
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kolizey amfiteatri o‘zining
ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o‘zida 50 ming tomoshabin
joylasha olgan. Kolizey aylanasining uzunligi 520 metr, balandligi 48,5 metr, 4 ta yarusdan
iborat bo‘lib, uning qurilishida beton
9
, pishirilgan g‘isht va marmardan foydalanilgan.
Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator birbiri bilan jang
qilgan va yirtqich hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi
yoki o‘ldirilishi masalasini hal qilib, yaratilgan manzarani tomosha qilgan.
Rimliklar orasida sirk o‘yinlari, ayniqsa 4 ta yoki 6 ta ot qo‘shilgan ikki
g‘ildirakli aravalar poygasi mashhur bo‘lgan.
Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: