MUSTAQIL ISH
Nukus davlat pedagogika institutining sirtqi bo’lim Matematika va Informatika fakultetining 2-kurs talabasi Ibragimova Go’zalning “Fizika” fanidan “Ichki ishqalanish koeffitsienti va harakat miqdori oqimini hisoblash” mavzusida yozgan mustaqil ishi.
Qabul qiluvchi: Qalmurotova X.
Reja:
1. Ichki ishqalanish
2. Suyuqlikka taʼsir qiluvchi ichki ishqalanish kuchi
3. Nyuton suyuqliklari boʻlmagan suyuqliklar
4. Hajm ustida bosim kuchlari bajargan ishga teng
Ichki ishqalanish — qovushoqlik oquvchan jismlar(suyuqlik va gazlar)ning asosiy xususiyatlaridan biri boʻlib, moddani tashkil etgan bir guruh zarralarning boshqalariga nisbatan koʻchishiga qarshilik koʻrsatishidir. Natijada, bu koʻchishga sarflangan makroskopik ish, issqlik koʻrinishida sarflanadi. Qattiq jismlar (shisha, metallar, yarimo’tkazgichlar, ferromagnetiklar) ham ichki ishqalanish xossasiga ega bo'lishi mumkin. Lekin qattiq jismlardagi ichki ishqalanish hodisasini elastiklik nazariyasi boʻlimida alohida koʻrib chiqiladi. Juda kichik miqdordagi kuchlar taʼsirida oʻz shaklini oʻzgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Ular qattiq jismlardan oʻz zarrachalarining juda harakatchanligi bilan ajralib turadi va oquvchanlik xususiyatiga ega boʻladi. Shuning uchun ular qaysi idishga quyilsa, oʻshaning shaklini oladi.
Gidravlikada suyuqliklar ikki guruhga: tomchilanuvchi suyuqliklarga va gazsimon suyuqliklarga ajraladi. Suyuqlik deganda tomchilanuvchi suyuqlikni tushunishga odatlanilgan boʻlib, ular suv, spirt, neft, simob, turli moylar va tabiatda hamda texnikada ushrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir.
Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:
harorat oʻzgarishi bilan hajmi oz miqdorda oʻzgaradi;
choʻzuvchi kuchlarga deyarli qarshilik koʻrsatmaydi;
sirtida molekulalararo oʻzaro qovushoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi.
Suyuqliklarga taʼsir qiluvshi kuchlar qoʻyilish usuliga qarab ichki va tashqi kuchlarga ajraladi:
ichki kuchlar — suyuqlik zarrachalarining oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi;
tashqi kuchlar — suyuqlikka boshqa jismlarning taʼsirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining taʼsiri, ochiq yuzaga taʼsir qilayotgan havo bosimi va h.k.).
Ishki kuchlar siljituvchi kuchlarga qarshilik sifatida namoyon boʻladi va ichki ishqalanish kuchi deyiladi. Tashqi kuchlarni yuza boʻyicha va hajm boʻyicha taʼsir qiluvchi kuchlar sifatida koʻrish mumkin. Shuning ushun suyuqliklarga taʼsir qiluvshi kuchlar yuza boʻyicha yoki hajm boʻyicha taʼsir qilinishiga qarab yuzaki va massa kuchlarga boʻlinadi.
Suyuqliklarda ichki ishqalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ichki ishqalanish hodisasining roʻy berish mexanizmi quyidagicha: xaotik harakatlanayotgan suyuqlik molekulalari bir qatlamdan boshqasiga impulslarni oʻtkazadi, bu esa tezliklarning tenglashishiga olib keladi.
Suyuqliklarda dinamik(SI sistemasi birligi — Paskal-sekund,Pa{\displaystyle \cdot s} ; SGS sistemasida — puaz,Pz, 1Pa{\displaystyle \cdot s=10Pz} ) va kinematik(SI sistemasidagi birligi — {\displaystyle m^{2}/s} ; SGS sistemasidagi birligi — Stoks; {\displaystyle 1St=10^{-4}m^{2}/s} ; Sistemadan tashqari birligi — Engler burchagi) qovushoqlik turlari farqlanadi. Kinematik qovushoqlikni dinamik qovushoqlikning modda zichligiga nisbati sifatida qarash mumkin. Kinematik qovushoqlikni aniqlash uchun biron aniq yuzali tirqishdan ogʻirlik kuchi taʼsirida oqib oʻtish vaqtini oʻlchash usuli qoʻllaniladi. Qovushoqlikni olchash uchun moʻljallangan qurilmaga viskozimer deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |