Iqtisodiyot fakulteti makroiqtisodiyot mustaqil ish



Download 190,18 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi190,18 Kb.
#263129
Bog'liq
Ishchi kuchi



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT FAKULTETI

MAKROIQTISODIYOT
MUSTAQIL ISH





Bajardi : I-51-guruh talabasi Xo‘shimqulov Alibek




Tekshirdi : Safarov G’

TOSHKENT 2020



Mavzu: Ishchi kuchi va ishsizlik

Jamiyat rivojlanishida inson mehnati asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida yaratilgan mahsulotda inson o‘zining ish kuchini ya’ni jismoniy va aqliy kuchini sarflaydi. Inson sarflangan energiyasini qayta tiklashi lozim ekan u o‘zining ulushiga ega bo‘lishi kerak.Bu albatta yaratilgan mahsulot va daromad taqsimoti orqali yuz berib, bu ulush ish haqi ko‘rinishini oladi.

Ish haqi odamlarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatimizda 2018 yilda aholining umumiy daromadlari tarkibida ish haqi ulushi 71,1% ni, transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 23,5 % ni, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 3,5 % ni, shaxsiy iste`mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 1,8 % ni tashkil etgan.1

Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib “aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish” belgilangan.2

So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Parlamentga Murojaatnomasida 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida “birinchidan, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur”3 deb ta’kidlab o‘tdilar. Shuning uchun ham joriy yilda eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish vazifasi qo‘yildi. Bu esa talabalardan ish haqining mohiyati va iqtisodiy mazmunini chuqur o‘rganish zaruratini belgilab beradi.



Ish haqi korxona miqyosida ishlab chiqarish xarajatlarining katta bir qismi hisoblansa, xodimlar uchun u daromad manbai va ularning iste’moli tarkibini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham ish haqi keng va tor ma’noda talqin qilinadi. Keng ma’noda mazkur tushuncha turli xodimlar, shu jumladan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi (sartarosh, maishiy texnikani ta’mirlovchi master va boshqa) mayda mulk egalarining mehnat haqi, hamda gonorar, mukofot va ular mehnatini rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va boshqalarda)4 ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa5 mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilishi, uning ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lashga harakat qilganlar. Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi qiymatining o’zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma’qullanib kelinmoqda. Masalan, A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydilar6. Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar.



1 www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi sayti ma’lumotlari.

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

3 https://president.uz/uz/lists/view/2228 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

4Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: Printsipi, problemi i politika. T.2. – M.: Respublika, 2002, 156-b.; Ekonomicheskaya teoriya: Ucheb. dlya stud. vissh. ucheb. zavedeniy/ Pod red. V.D.Kamaeva. M.: Gumanitar. izd. tsentr VLADOS, 2014, 175-b.

5 Kurs ekonomicheskoy teorii. Ucheb. posob. pod red. Chepurina M.N., Kiselevoy E.A. Kirov, izd-vo «ASA», 1995, 233-b.; Tojiboeva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma. – T.: «O’qituvchi». 2012, 227-b.


6 Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005. – 544 s.; Shishkin A. F. «Ekonomicheskaya teoriya», uchebnik, kniga 2, M. izd-va «Vlados», 1996, 154 s.

Download 190,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish