BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIKA FAKULTETI YURISPRUDENSIYA MUTAXASSISLIGI 105-GURUH TALABASI BOLTABOYEVA MADINANING SUD VA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR FANIDAN TAQDIMOT ISHI
QABUL QILUVCHI:
MAVZU: BOJXONA VA SOLIQ ORGANLARI
REJA
1. Bojxona organlarining asosiy vazifalari, printsiplari hamda xizmatga qabul qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi organlarining funksiyalar, huquqlari va ularni tashkil etilishi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi organlari tizimi.
Bojxona organlarining asosiy vazifalari, prinsiplari, tizimi hamda xizmatga qabul qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5414-son Farmoni1 qabul qilinishi bojxona organlari faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Mazkur Farmonda O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo'nalishlari belgilab berildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrdagi (yangi tahrir) “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–502-son qonuni1 qabul qilinishi bojxona organlari faoliyatining huquqiy maqomini belgilab berdi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrdagi (yangi tahrir) “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–502-son qonuni1 qabul qilinishi bojxona organlari faoliyatining huquqiy maqomini belgilab berdi.
Mazkur qonunga koʻra, bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʻminlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;
bojxona toʻlovlarini undirish
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish;
tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish
fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;