Nukus konchilik instituti “Konchilik ishi” yo’nalishi 1b kurs talabasi Yuldashev Shahbozning O’zbekiston yangi tarixi fanidan taqdimot ishi
Nukus konchilik instituti “Konchilik ishi” yo’nalishi 1B Kurs talabasi Yarashov Shahbozning O’zbekiston yangi tarixi fanidan taqdimot ishi Mavzu: O`ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O`ZGARISHLAR MAZMUN MOHIYATI REJA:
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi
O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini,jamiyat xayotini demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada xam Islom Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari,tarixiy an’analari va xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish jarayonini bosqichma-bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim. 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi. 2010-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratikislohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek,o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999-yil.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berarekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib quyilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |