Sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish.
|
2019-yil
1-iyul
|
Moliya vazirligi,
Markaziy bank,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
|
—
|
—
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan Sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Konsepsiyada:
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish;
barcha majburiy sug‘urta turlarini yagona hujjatga mujassamlashtirish va majburiy sug‘urtalanadigan faoliyat turlarini kengaytirish;
sug‘urta polisining kredit olish uchun mavqeyini oshirish va sug‘urta puli to‘lash tartibini takomillashtirish;
banklarga sug‘urta agenti maqomini berish;
interaktiv, jumladan onlayn sug‘urta xizmatini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
64.
|
Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi ��?shini oshirish.
|
2019-yil
1-aprel
|
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank
|
—
|
—
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
kapital (fond) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeyini hamda investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish;
sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organi faoliyatini xalqaro tashkilotlar, xususan IOSCO tamoyillariga moslashtirish;
mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarga jahonda tan olingan identifikatsiya kodlarining (ISI№, CFI) bevosita Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilishi nazarda tutiladi.
|
65.
|
Davlat aksiya paketlarini “Bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosida sotish tartibini joriy etish.
|
2019-yil
1-aprel
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,
Moliya vazirligi
|
—
|
—
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada davlat aksiyalari savdosiga aholi va investorlarni jalb etishni cheklovchi aksiyalarni yirik miqdorda savdoga chiqarish amaliyotini takomillashtirish nazarda tutiladi.
|
66.
|
Yirik markaziy xalqaro depozitar-kliring tizimlari (EuroClear, ClearStream) hamda Milliy raqamlovchi agentliklar assotsiatsiyasi bilan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
|
2019-yil
1-may
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,
Markaziy bank
|
—
|
—
|
Chora-tadbirlar rejasi.
Rejada chet el investorlari mablag‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiyotga jalb qilishni rag‘batlantirish uchun yirik markaziy xalqaro depozitar-kliring tizimlari (EuroClear, ClearStream), Milliy raqamlovchi agentliklar assotsiatsiyasi va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi hamkorligini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.
|
67.
|
|