[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim
tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish borasidagi faoliyatini davom ettirishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi — Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib;
Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamg‘armasi — Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta nomlansin.
2. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vasiylik kengashi 10 kun muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilasin.
3. Agentlikning 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimida 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktabni qurish va mavjud 5 ta ijod maktabini ta’mirlash, ularni zarur o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
4. Quyidagilar:
Agentlik tizimidagi maktablarni qurish, ta’mirlash hamda zarur mebel jihozlari, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat (keyingi o‘rinlarda — Manzilli ro‘yxat) 2-ilovaga muvofiq;
Agentlik tizimidagi ijod maktablari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2021 — 2025-yillarda Agentlik tizimidagi maktablarni:
qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;
zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar, Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Manzilli ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladigan qurilish ishlariga buyurtmachi tashkilotlar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
6. Quyidagilar:
Agentlik uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini zamonaviy mebel va jihozlar, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter, multimedia hamda video-kuzatuv vositalari bilan jihozlashning yangi me’yorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qurilish vazirligi obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi bo‘yicha davlat nazoratini o‘rnatsin.
7. Agentlik 2021-yil 1-sentabrga qadar:
xalqaro (International Advanced Levels) dasturlar talablariga muvofiq o‘quvchi va pedagog kadrlarning STEAM fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda ularga xalqaro darajadagi AS va A-LEVEL sertifikatlarini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
Agentlik tizimidagi maktablarni A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash, o‘quvchilarga mazkur kutubxonalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratish;
Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilarini liderlik, tizimli tahlil qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash, notiqlik san’ati, loyihalarni boshqarish ko‘nikmalariga o‘rgatish;
Prezident maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasalarini tanlashda ko‘maklashishga qaratilgan “Maktab maslahatchisi” (School Counsellor) dasturini joriy etish;
malakali mutaxassislar, mentorlar (ustozlar), ekspertlar va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni jalb etgan holda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv IT ta’limni joriy qilish;
Agentlik tizimidagi ijod maktablarida o‘quvchilarning chet el adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun “Yosh tarjimonlar to‘garagi”ni tashkil etish;
Agentlik tizimidagi ijod maktablarida veb-dizayn,
kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san’at, audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash hamda aktyorlik mahorati yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan to‘garaklarni ochish;
O‘zbekiston xalq shoirlari, Xalq yozuvchilari, yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgan adiblar, aktyorlar, rejissorlar hamda boshqa madaniyat va san’at vakillarini Agentlik tizimidagi ijod maktablariga biriktirish, ular ishtirokida mahorat darslarini o‘tkazish hamda mazkur maktablarda “ustoz-shogird” an’analari asosida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish choralarini ko‘rsin.
8. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya to‘lanadi;
b) quyidagilarga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqi beriladi:
Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy ta’lim tashkilotlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida;
(8-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilariga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat oliy ta’lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida;
v) Xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning A va B darajadagi A-LEVEL sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishda sertifikat berilgan fan bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ularga mazkur fandan maksimal ball beriladi.
9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga
qadar kimyo, biologiya, fizika, axborot texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlasin va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
Agentlik tizimidagi maktablarga rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Agentlik tizimidagi maktablar to‘garak rahbarlarining bazaviy tarif stavkasi miqdori davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari oliy ma’lumotli o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasining 80 foizi miqdorida belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 20 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
11. Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilsin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazini tashkil etishga oid Hukumat qarorini qabul qilsin hamda uning faoliyatini lozim darajada yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
12. Agentlik 2022-yil 1-yanvarga qadar:
a) Agentlik huzurida Ilmiy-metodik kengashni tashkil qilsin hamda uning faoliyatiga malakali olimlar hamda pedagog kadrlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin;
b) Ilmiy-metodik kengash bilan birgalikda:
xalqaro ta’lim standartlari va talablari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqsin
va amaliyotga joriy qilsin;
rahbar va pedagog kadrlar uchun uzluksiz malaka oshirish kurslari hamda metodologik o‘quv seminarlarini tashkil qilsin;
rahbar va pedagog kadrlarning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish, ularning kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini ta’minlovchi maxsus elektron platformani ishlab chiqsin va lozim darajada ishlashini ta’minlasin.
13. “O‘zmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan mazkur jamiyatga qarashli “Yoshlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohini Agentlik tasarrufiga beg‘araz o‘tkazish hamda kelgusi 10 yil davomida uning faoliyatini yuritish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobidan qoplash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Agentlik “O‘zmetkombinat” AJ bilan kelishgan holda bir oy muddatda “Yoshlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyatini tashkil etish hamda bolalarni oromgohga jalb qilish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Quyidagilar:
Prezident ta’lim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Agentlikning qo‘shimcha shtat birliklari soni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 17 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
15. Agentlikka quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun ixtisoslik fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yagona maketlarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning tuzuvchilarini tanlash, ekspertizadan o‘tkazish va chop etishni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirish.
16. Belgilansinki, Agentlik va uning tizimidagi ta’lim muassasalari uchun xorijiy davlatlardan olib kelinadigan adabiyotlar, multimedia vositalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar va reaktiv mahsulotlar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.
17. Agentlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli IT-park binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
18. Agentlik:
2023-yil 1-yanvarga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini bittadan yengil avtomobil bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
PQ-5188-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son
qaroriga
1-ILOVA
Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Vasiylik kengashining tarkibi
1.
|
Sh.M. Mirziyoyev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vasiylik kengashi raisi
|
2.
|
A.N. Aripov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari
|
3.
|
Z.Sh. Nizomiddinov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi r�hbari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari
|
4.
|
A.A. Abduvaxitov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
|
5.
|
T.A. Ishmetov
|
—
|
moliya vaziri
|
6.
|
Sh.X. Shermatov
|
—
|
xalq ta’limi vaziri
|
7.
|
A.X. Toshkulov
|
—
|
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
|
8.
|
N.B. Xusanov
|
—
|
bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
|
9.
|
A.S. Sultanov
|
—
|
energetika vaziri
|
10.
|
Sh.M. Sadikov
|
—
|
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
|
11.
|
F.N. Arziyev
|
—
|
tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
|
12.
|
L.Sh. Kudratov
|
—
|
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
|
13.
|
S.S. Saidov
|
—
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
|
14.
|
M.M. Xojimatov
|
—
|
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
|
15.
|
M.K. Kamalov
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi
|
16.
|
J.A. Artikxodjayev
|
—
|
Toshkent shahar hokimi
|
17.
|
Sh.K. Abduraxmanov
|
—
|
Andijon viloyati hokimi
|
18.
|
E.O. Turdimov
|
—
|
Samarqand viloyati hokimi
|
19.
|
Q.S. Sanakulov
|
—
|
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori
|
20.
|
A.X. Xursanov
|
—
|
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi
|
21.
|
R.X. Pirmatov
|
—
|
“O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi
|
22.
|
M.R. Abdullayev
|
—
|
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi
|
23.
|
X.N. Xasilov
|
—
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi
|
24.
|
Sh.B. Umurzakov
|
—
|
“O‘zavtosanoat” AJ raisi
|
25.
|
M.M. Yunusov
|
—
|
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi
|
26.
|
I.U. Xaydarov
|
—
|
“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi
|
27.
|
A.Q. Mirsoatov
|
—
|
“O‘zmilliybank”AJ boshqaruvi raisi
|
28.
|
K.N. Irisbekova
|
—
|
“Aloqa-bank” ATB boshqaruvi raisi
|
29.
|
S.S. �nnaklichev
|
—
|
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi
|
30.
|
N.N. Saydullayev
|
—
|
“Asaka bank” ATB boshqaruvi raisi
|
31.
|
X.O‘. Umarova
|
—
|
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori, Vasiylik kengashi kotibi
|
Izoh.
Vasiylik kengashi faoliyatiga ko‘ngilli tadbirkorlik subyektlari va homiy tashkilotlar ixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarni qurish, ta’mirlash hamda zarur mebel jihozlari, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha 2022 — 2025-yillarga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat
1