Qabila. Pistanamolar (Burserales) — Сумаховые Oila


Kovuldoshlar (Capparaceae)oilasi



Download 46,31 Kb.
bet9/13
Sana11.04.2022
Hajmi46,31 Kb.
#542099
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
flora shp

Kovuldoshlar (Capparaceae)oilasi. Bu oila 45 ta turkumga oid 850 tur kiradi. Ular tropik va subtropik hamda issik iqlimli hududlarda tarqalgan. O‘zbekistonda 2 ta turkumga mansub 6 turi o‘sadi. Chiqib kelishi jihatidan kovullar gunafshadoshlarga yaqin turadi.
Sistematikasi
Bo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simlikIar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) -Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)(Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные
Ajdodcha (sinfcha) - Dalachoykabilar (Dillemidae) - Диллениевые
Qabila. Kovulnamolar (Capparales) - Каперцовые
Oila. Kovuldoshlar (Capparaceae Juss.) - Каперцовые
Turkum. Kovul (Capparis L.) - Каперцы

Tur. Kovul (Каперцм колючие) - Capparis spinosa L. Kovul kavardoshlar - Capparidaseae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2,5 m gacha yetadigan sershox tikanli, yer bag‘irlab o‘suvchi poyali ko‘p yillik lianasimon o‘t o‘simlik. Barglari yumalnq, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o‘mashgan. Oq rangli, yirik to‘rt bo‘lakli gullari uzun bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Mevasi ko‘p urug‘li, teskari tuxumsimon, sershira bo‘lib, ho‘l mevaga o‘xshab ketadi. Kovul may-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkazda dalalarda, adirlarda, yo‘l bo‘ylarida, ariq va kanallarning qirg‘oqlarida, tepaliklarda, ba’zan
ekinzorlarda o‘sadi.
Dorivorlik xususiyati: Xalq tabobatida kovulning yer ustki qismi, mevasi va ildizi ishlatiladi. Yer ustki qismi o‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va soya yerda quritiladi. Gulini o‘simlik to‘liq gullaganda, mevasini - yetilganda teriladi. Guli soyada, mevasi esa ochiq havoda quyoshda quritiladi. Kovul ildizi erta bahorda yoki kcch kuzda kovlab olinadi, suvda yuvib, tuproqdan tozalanadi va quyoshda quritiladi.Kovulning yer ustki qismi tarkibida 0,32% rutin, kversetin, 150 mg% gacha S vitamin, staxidrin, tioglikozid, saponinlar, bo‘yoq moddalar, mevasida-36% gacha qandlar, 25-25,6mg% S vitamini, 1,46% flavonoidlar, tioglikozid; urug‘ida 25-36% yog‘; ildizida - 1,2% alkaloidlar (staxidrin); 0,44% flavonoidlar, 4,5% qand, kumarinlar va boshqa biologik faol moddalar bor . Abu Ali ibn Sino kovul o‘simligini nafas qisishi, me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda og‘riq qoldiruvchi, yaralarni tuzatuvchi va gijja haydovchi vosita sifatida qo‘llagan. Xalq tabobatida ildizidan tayyorlangan qaynatma shamollaganda, falaj, sariq, bod, taloq kasalliklarini davolashda, yer ustki qismi damlamasi mc’da-ichak kasalliklari, yaralar va astmani davolashda, siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Gulining shirasi bilan yaralar davolanadi, meva qaynatmasi milkni mustahkamlash, tish og‘rig‘ini qoldirish, bavosil va boshqa kasalliklami davolash uchun ishlatiladi. Ildizining nastoykasi va qaynatmasi qon ivishini tezlatish tasiriga ega.

Download 46,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish