SistematikasiBo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simlikIarAjdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) Ajdodcha (sinfcha)- Ra’nokabilar (Rosoidae) — РозоцветныеQabila. Ra’nonamolar (Rosales) - РозоцветныеOila. Ra’nodoshlar (Rosaceae Juss.) - Розоцветные Turkum. Na’matak (Rosa L.) - Шиповник
Tur. May na’matagi- Rosa majialis Herrm. (Rosa cinnamomea L.). bo‘yi 1—1,5 m ga yetadigan buta. Shoxlari yaltiroq, qo‘ng‘ir-qizil rangli po‘stloq bilan qoplangan. Shox-laridagi tikanlari barg bandining asos qismida juft-juft bo‘lib joylashgan. Bundan tashqari, to‘g‘ri yoki biroz qayrilgan ti-kanlar shoxlarning pastki qismida juda ko‘p bo‘ladi. Bargchalari-ning pastki tomonida yopishgan tuklar bor. Bu o‘simlik Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiqbo‘yi, Rossiyaning Yevropa qis-mining o‘rmon va o‘rmon-cho‘l zonasida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirda, Qozog‘istonda uchraydi.Yurak ishini barqarorlashtiradi;Qon bosimini pasaytiradi;Hazm qilish tizimini me’yorga keltiradi;Xolesterin darajasini pasaytiradi;Organizmni hujayra darajasida intoksikatsiya qiladi (na’matak kuchli antioksidant ta’sirga ega);Barcha a’zolar regeneratsiyasini rag’batlantiradi.
Karamdoshlar (Brassicaceae),Gulxayridoshlar (Malvaceae) oilasi
Karamdoshlar oilasi – Brassicaceae. Bu tartibga 4 ta oila kiradi. Ularga kovuldoshlar (Capparidaceae) va karamdoshlar (Brassicaceae)oilalari ham kiradi.
Karamdoshlar (Brassicaceae) oiLasi 380 ta turkum va 3000 ga yaqin turni birlashtirib, gulli o‘simliklarning eng qadimiy shu bilan polimorf oilalaridan biri hisoblanadi. Oila vakillari asosan 1, 2 va ko‘p yillik o.‘t o‘simliklar ba’zi vakillari chala buta va buta shaklida shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq iqlimli hududlarida o‘suvchi o‘simliklar orasida muhim o‘rinni egallaydi. Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada navbatlashib o‘mashgan, yon bargchasiz. Gullari oddiy yoki murakkab shingil, ro‘vakto‘pgulIarda joylashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, qo‘sh gulqo‘rg‘onli kosachabarglari va gultojibarglari 4 tadan, erkin qarama-qarshi bo‘lib, butasimon joylashgan. Chanchisi 6 ta, bulardan 4tasi uzun, ikkitasi qisqa, ikki doirada joylashgan urug‘chisi bitta, ikkita mevabarchalarning qo‘shilib o ‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki, ikki uyali, tumshuqchasi ko‘pincha sharsimon. Mevasi odatda pastdan yuqoriga qarab ikkita pallaga bo‘linadigan ko‘p urug‘li qo‘zoq, qo‘zoqcha yoki bir urug’i chatnamaydigan yong‘oqcha. Ba’zan qo‘zoq chatnamaydigan bo‘g‘imli bo‘lib, faqat bo‘g‘imidan parchalanadi. Urug‘i endospermsiz. Bu oilaga mansub o‘simliklarning ko‘pchiligi sabzavot o‘simliklari hisoblanib, oziq- ovqat sifatida ko‘p ishlatiladi. Boshqa turlari esa dorivor, bo‘yoq beruvchi, yem-xashak va manzarali o‘simliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |