Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva


Unsinoy bozvantidagi tangalarni oʻynab



Download 0,81 Mb.
bet23/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Unsinoy bozvantidagi tangalarni oʻynab:
Menga davlat kerak emas, davlat kerak boʻlsa borar edim,— dedi”.
Oʻqituvchi yosh juvonning nazarida tavakkal qilishga arzigulik narsa nima ekanligini bilishga oʻquvchilar eʼtiborini yoʻnaltirishi kerak. Oʻsmirlar buning javobini matndan izlab topishlari lozim. Bu jarayonda oʻsmirlar hikoya matnidagi har bir yashirin maʼnoga eʼtibor qaratishlari zarur boʻladi. Aks holda, yozuvchining maqsadi anglashilmay qolaveradi. “Yonida oʻtirgan kundoshi biqiniga ikki-uch marta turtgandan keyin Unsin boshini koʻtarib, balo-qazoday tikilib turgan dodxoga bir koʻz tashladi-yu, yana boshini egib, lekin dadil javob berdi:
Javob bersangiz... Ganjiravonga ketsam... Bitta goʻrga bitta pichoq emas, oʻnta goʻrga oʻnta pichoq sanchib kelaman...— dedi.
Uning maqsadini kundoshlar darrov fahmlashdi. Lekin dodxo bunday gapni sira kutmagani uchun yanglish tushundi”.
Juvonning javob berishidan oldingi holatini oʻqituvchi, albatta, sharhlatishi yoki sharhlab berishi lozim. Nafrat bilan tikilib turgan zolim va qari eriga bir koʻz tashlashi javob berish uchun oʻzida jurʼat topganligini, yana boshini egishi oʻzbek ayolining gʻoyat chuqur andishasi, eriga itoatkorligini bildirishi aytilgani maʼqul. Unsinning dadil javob berishi uning tiriklar goʻristoni boʻlmish bu yerda yashagandan koʻra har qanday shartga, sinovga tayyorligining ifodasi boʻladi. Shuningdek, kundoshlarining Unsin niyatini darhol payqaganliklari sababi ham tushunarli. Chunki ular ham - ayol. Ayolning holatini faqat ayol yaxshi tushunadi. Qolaversa, Unsinning dilidagi xohish-armonlar: kundoshlik balosidan qutulish, zolim dodho iskanjasidan xalos boʻlish ularning ham koʻnglidan oʻtgan boʻlishi mumkin. Shundan keyin: “Nima uchun dodho kichik xotinining gapini yanglish tushundi?”- tarzida savol qoʻyish mumkin. Uning bunday gapni yosh kelinchakdan sira kutmaganligi bir sabab. Lekin buning zamirida boshqa gap ham bor: ayollarining inson sifatidagi xohish-istaklari, orzu-armonlari bilan dodhoning zarracha ishi yoʻq. Goʻyo ular bir buyum singari narsalardir va bu xildagi koʻngil istaklari boʻlishi mumkin emas. Ayni shu oʻrinda Unsin isyonining sabablari ochiladi: u oʻziga INSON sifatida munosabatda boʻlinmayotganligiga qarshi bosh koʻtaradi. Goʻriston voqeasi qachondir boshlanishi lozim boʻlgan kurashning kutilmaganda tugʻilib qolgan bir imkoni edi.
Shu tariqa insoniy erk yoʻlida jonidan kechishga-da tayyor boʻlgan, oʻzining ruhan ozod va maʼnaviy jihatdan dodxolarga qaraganda necha baravar baland ekanligini koʻrsatgan Unsin timsoli toʻlaroq idrok etiladi.
Oʻsmirlar oʻtilgan har ikki hikoya yuzasidan mustaqil ravishda fikr bildirishlari mumkin. Tahlil davomida oʻquvchilar, koʻproq, matnlardagi tagmaʼnoni ilgʻashga yoʻnaltirilishi lozim. Oʻquvchilarni baholashda ham soʻzlar, gaplar, ifodalar zamiridagi matnda yuzaga chiqib turmagan ishoralarni, badiiy haqiqatlarni koʻra olish salohiyati alohida ragʻbatlantiriladi. Buning uchun oʻqituvchi uyida barcha oʻquvchilarning eʼtiborini tortishi va mulohazaga chorlashi mumkin boʻlgan savollar tuzib kelishi lozim.
Shuningdek, hikoyalar tahliliga katta ishtiyoq bildirgan qobiliyatli oʻquvchilarga uyda Qobil bobo, ellikboshi, amin, Unsin va Olimbek dodho obrazlarining biri haqida oʻz istaklariga koʻra mulohazalarini yozib kelishni tavsiya qilish mumkin. Yuqori saviyada yozilgan mulohazalar sinfda oʻqib eshittirilishi va muhokama qilinishi lozim. Buni darsdan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ular saboqdan keyingi qoʻshimcha mashgʻulot boʻlsa-da, barcha oʻquvchilarning qatnashganlari maʼqul.

MIRTEMIR



Mirtemir sheʼriyati – XX asr oʻzbek poeziyasida oʻziga xos hodisa. Bu sheʼriyat hamon badiiy tarovatini yoʻqotmagan, inson tuygʻulari tebranishlarini nozik ifodalagani sabab betakror samimiyligi bilan ajralib turadi. Shoir lirikasi adabiyot tepasida mafkura qamchisi oʻynagan davrlarda ham sheʼriyat insoniy qiyofasidan ayrilmasligi mumkinligiga yorqin misol boʻladi.
Mirtemir sheʼrlarini oʻrganish uchun adabiyot dasturida ikki soat ajratilgan boʻlsada, shoirning olti sheʼrini uch soat ichida oʻrgatish maqsadga muvofiq boʻladi. Bir soatni shoir Xayriddin Saloh asarlarini oʻrgatishga ajratilgan vaqt hisobidan olish mumkin. Ushbu qoʻllanmada qayta-qayta taʼkidlanganidek, Mirtemirning hayot va ijod yoʻli toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtirmay, toʻgʻridan toʻgʻri uning asarlari bilan tanishib, tahlil qilishdan boshlayverish lozim. Buning uchun oʻqituvchi saboqning maqsadlarini quyidagi tarzda belgilab olgani tuzuk:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish