Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet18/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

YANGI DAVR NAFASI

ABDULLA QODIRIY


Qanday murakkab taqdirlar aks ettirilgan, qanchalik fojiaviy voqealar koʻrsatilgan boʻlmasin, oʻqirmanda oʻtmishga nafrat uygʻotmaslik, undan jirkanish paydo qilmaslik Qodiriy romanlariga xos bosh xususiyatdir. Ularda millat hayotining kitobxon gʻururlansa arziydigan, namuna olishi lozim boʻlgan qirralari sanʼatkorlik bilan aks ettiriladi. “Mehrobdan chayon”dan olingan boblarda ham ayni shu jihatlarni koʻrish mumkin.
Asarni oʻrganishga toʻrt soat vaqt ajratilgan. Bitiruvchi sinfda Abdulla Qodiriyning hayot yoʻli alohida soatda batafsil oʻrganilishini koʻzda tutib, 7-sinf oʻquvchilariga yozuvchi umr yoʻlidan uning ijodiga xos yetakchi xususiyatlarni koʻrsatishga xizmat qiladigan hayotiy faktlar haqida qisqacha maʼlumot berish mumkin. Oʻqituvchi adibning mashaqqatli, qahramonlikka yoʻgʻrilgan taqdirini koʻrsatishga xizmat qiladigan, lekin darslikda boʻlmagan ayrim biografik maʼlumotlarni keltirishi mumkin. Bunday maʼlumotlar imkon qadar oʻrganiladigan asarga taalluqli boʻlishi maqsadga muvofiqdir.
Asarni oʻqish va tahlil qilishga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish uchun toʻrt soat ichida qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini oʻqituvchi aniq belgilab chiqishi zarur. Buning uchun adabiyot oʻqituvchisi “Mehrobdan chayon”dan olingan boblarni oʻrganishga bagʻishlangan har bir darsga qanday tarbiyaviy va didaktik maqsadlarni qoʻymoqchi ekanligini ham aniq bilishi darkor. Darslik-majmuaga romanning turli boblaridan olingan oʻz ichiga parchalar kiritilgan. Romanni qismlarga ajratib oʻrganayotganda ana shunga eʼtibor berish kerak.
Fikrimizcha, romandan olingan parchani sinfning oʻzida toʻliq oʻqishga erishish kerak. Oʻqituvchi barcha didaktik tadbirlarni shunga qarab uyushtirishi lozim boʻladi. Ayrim oʻqituvchilar badiiy matnni sinfdagi oʻquvchilarga navbati bilan oʻqitishga harakat qiladilar. Shu yoʻl bilan oʻquvchilarni faollashtirishga urinishadi. Endi tanishilayotgan badiiy matnni bu yoʻsinda oʻqitish uning tarovatini yoʻqqa chiqarishi, binobarin, darsning muvaffaqiyatsizligiga sabab boʻlishi tayin. Shuning uchun ham oʻqituvchi badiiy matnni oʻzi oʻqigani, agar nima sababdandir buning iloji boʻlmasa, oldindan tayyorlantirib, kerakli oʻrinlariga urgʻu berib oʻqishni uddalaydigan bir oʻquvchiga oʻqitgani maʼqul. Bunda oʻqituvchi matnni oʻqishi lozim boʻlgan oʻquvchini oldindan tayinlab qoʻyishi, qiroat mobaynida asarning eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan oʻriilarini belgilab berishi kerak.
Oʻqituvchi matn bilan tanishtirishni uch soat ichida amalga oshirsa, bizningcha, maʼqul boʻladi.
Dastlabki mashgʻulotda “Baxmalbofda faqir bir oila”, “Taniysanmi shu jajji qizni”, “Chin oʻrtoq” boblarini, ikkinchi soatda esa romanning “Maxdumning baxti”, “Ikki sadoqat” boblarini, uchinchi soatda “Xayr endi, Raʼno” va “Qoʻrqinch bir jasorat” boblarini oʻqib chiqish mumkin boʻladi. Har bir soatda asarning oʻqilgan qismi oʻsmirlarning faol ishtirokida didaktik tahlil ham etilishi kerak. Su kechimda oʻquvchilarning asarni qanchalik tushunganliklari maʼlum boʻladi. Ular toʻgʻri anglamagan oʻrinlarni keragiday tushunishning yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatiladi. Soʻnggi soatni esa toʻligʻicha asarning umumiy tahlilga bagʻishlagan maʼqul.
Xoʻsh, oʻqituvchi Qodiriy asarini oʻrganishga ajratilgan toʻrt soat darsning har biriga qanday maqsadlar qoʻyishi mumkin va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun nimalar qilishi kerak?
Maʼlumki, adabiyot oʻqitish metodikasi fani talabiga koʻra adabiyot darslarida qirq besh minutlik mashgʻulot davomida oʻqituvchi oʻrganilayotgan badiiy matn yordamida oʻquvchilarda muayyan axloqiy sifatlarni shakllantirishni (tarbiyaviy maqsad), ularga oldin maʼlum boʻlmagan qandaydir yangi bilim berishni (taʼlimiy maqsad) hamda shakllantirgan axloqiy sifati hamda bergan bilimi yordamida oʻquvchi shaxsining qaysidir darajada oʻsishiga erishishni (rivojlantirish maqsadi) maqsad sifatida belgilaydi. “Mehrobdan chayon” romanidan olingan parchani oʻrgatayotganda oʻqituvchi har bir dars oldiga qoʻyishi mumkin boʻlgan maqsadlarni toʻgʻri belgilab olish saboqlarning samaradorligini oshiradi.
Birinchi soatda oʻtilishi kerak boʻlgan mashgʻulotning maqsadlari quyidagicha belgilanishi mumkin:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish