15
- traktorlar, boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar bilan ular
mo‘ljallangan asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini (yer haydash, handaqlar qazish,
dalada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, avtokranlar yordamida amalga
oshiriladigan
yuk ortish - tushirish ishlari, machta tayanchlarini o‘rnatish va h.k.)
bajarayotgan vaqtda ro‘y bergan hodisalar (ular asosan foydalanish tartiblarini va
texnika xavfsizligiga rioya qilinmaganlikdan kelib chiqqan hodisalar);
- odamlar hayotidan mahrum etish yoki ular salomatligiga yoxud mulkiga
zarar yetkazishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar natijasida vujudga kelgan
hodisalar;
- jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishga urinishi oqibati hisoblangan
hodisalar;
- tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan hodisalar;
- haydovchi rulda bo‘lmagan paytda xavfsizlik texnikasining buzilishi
natijasida vujudga kelgan hodisalar (dvigatel dastak bilan o‘t oldirish yoki ulamada
turgan dvigatelni o‘t oldirish va h.k.);
- hududi yopiq bo‘lgan tashkilotlarda,
aerodromlarda, harbiy qismlarda va
boshqa qo‘riqlanadigan obektlarda vujudga kelgan hodisalar;
- sport yig‘inlarini o‘tkazish davrida transport vositasining nosozligi yoki
haydovchi-sportchi yoki boshqa qatnashchilarning aybi bilan vujudga kelgan
hodisalar;
- harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik nosozligi bilan
bog‘liq bo‘lgan yong‘inlar.
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida sodir etilgan YTHni oxirgi
10 yil ichida yildan-yilga YTH soni muqobil 10500-10700 tani tashkil etmoqda.
Yevropa davlatlarining transport xavfsizligini ta’minlovchi
soha statistika
xizmatining avtomobil yo‘llarida halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumoti 2.1-
jadvalida keltirilgan.
Jadvaldagi ko‘rsatkichlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir yil ichida eng
ko‘p halok bo‘lganlar Xitoyda bo‘lib 98740 kishini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich
bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Rossiya davlati bo‘lib, unda 34000 kishi har yili
hayotdan ko‘z yumishi kuzatiladi. YTHda 100 ming aholiga halok bo‘luvchilar
soni bilan solishtirilsa, unda Rossiya davlati eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib,
23,7 miqdorni tashkil etadi. Lekin Yaponiya, Angliya davlatlarida har 100 000
kishiga xalok bo‘luvchilar soni 5,39-5,29 tani tashkil etib,
Rossiya davlatidagi
ko‘rsatkichdan 4,4 marotaba kichikdir.
O‘zbekiston Respublikasida YTH umumiy sonining, shuningdek, unda
jarohatlanganlar sonining qator yillar ichida muqobillashgan. Bunday ijobiy
natijalarga erishishning asosiy omillaridan biri Respublika Vazirlar Mahkamasi
qoshida barcha vazirliklar,
uyushmalar, korporatsiya va konsernlarda harakat
16
xavfsizligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirib olib boruvchi «Yo‘llarda harakat
xavfsizligini ta’minlash hay’ati»ning faol ishtirokida murakkab va dolzarb
masalalarning zamon talabiga mos ravishda hal qilinishidir.
2.1-jadval
Davlatlar
YTH jami halok bo‘lganlar
soni (ming kishi)
100 ming aholiga YTH da
halok bo‘lganlar soni
Rossiya
34,00
23,70
Braziliya
34,00
18,24
AQSh
43,44
14,69
Avstriya
0,77
9,41
Hindiston
94,97
8,79
O‘zbekiston
2,2
8,30
Avstraliya
1,64
8,16
Xitoy
98,74
7,56
Daniya
0,33
6,07
Yaponiya
6,87
5,39
Angliya
3,20
5,29
Falokatlilik darajasining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri YTHning og‘irlik
darajasidir. YTHning og‘irlik darajasi bo‘yicha rivojlangan davlatlardagi absolyut
qiymat bo‘yicha qaralganda, O‘zbekiston Respublikasida ularning soni eng past
ko‘rsatkichga ega, agar YTHning og‘irlik darajasi bo‘yicha solishtirish tahlilini har
100 ta YTHda nechta odam halok bo‘lishi ko‘rsatkichi orqali qaraladigan bo‘lsa,
unda yuqorida keltirilgan absolyut ko‘rsatkichlardan farqli natijalar ko‘rish
mumkin (2.2-jadval).
Keltirilgan jadvalning tahlili shuni ko‘rsatadiki, barcha davlatlar uchun
YTHning og‘irlik darajasi shahar tashqarisidagi yo‘llarda 1,5-2,0 barobar katta.
Bunday holatning yuzaga kelishini shahar ko‘chalariga
qaraganda shahardan
tashqaridagi yo‘llarda harakat tezligining yuqoriligi sababli vujudga kelishidir. Tez
yurar yo‘llarda sodir etilgan YTHda tezlik yuqori bo‘lganligi oqibatida
jabrlanuvchilar soni ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: